Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Xorazm viloyati iste’molchilarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

6-ILOVA
Xorazm viloyati iste’molchilarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar REJASI

*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
tabiiy gazni (gaz quvurlari orqali) Xorazm viloyatining 3-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aholi punktlariga yetkazib berish — “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Shimolgazta’minot” unitar korxonasi tomonidan;
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
oxirgi iste’molchilargacha yetkazib berish sharti bilan maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni Xorazm viloyatining 4-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha aholi punktlariga yetkazib berish — “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan, ko‘mirni (briketlangan ko‘mirni) yetkazib berish — “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta’minlanadi.
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Xalq banki” DATBning “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalari bo‘yicha ajratiladigan, 5-ilovaga* muvofiq prognoz jadvali bo‘yicha qaytariladigan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha 11,7 mlrd so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari — filiallarni tashkil etish ishlarini, shu jumladan zarur qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zamonaviy transport vositalari, yuklash-tushirish mashinalari, texnologik, axborot-kommunikatsiya uskunalari sotib olishni moliyalashtirish;

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

Tashkiliy tadbirlar

1.

Qattiq yoqilg‘i bug‘qozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini o‘rnatgan holda chakana va ulgurji iste’molchilarning bir qismini ko‘mirdan (briketlangan ko‘mirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“O‘ztransgaz” AK,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

Xorazm viloyati hokimligi

2.

Iste’molchilarni jadvalga muvofiq tabiiy gaz o‘rniga qattiq yoqilg‘i bug‘qozon agregatlarini va tegishli gaz priborlarini o‘rnatgan holda ko‘mirdan (briketlangan ko‘mirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga o‘tkazish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

2013-yil
15-avgustgacha

“O‘ztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

3.

Xorazm viloyatida “on-line” orqali qabul qilingan buyurtmanomalar bo‘yicha oxirgi iste’molchilarga yetkazib berish yo‘li bilan ko‘mirni (briketlangan ko‘mirni) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotishning yangi tizimini keng tushuntirishga doir tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

doimo

MTRK, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zbekko‘mir” OAJ, “O‘ztransgaz” AK, Xorazm viloyati hokimligi, “Mahalla” fondi

4.

Ko‘mirdan (briketlangan ko‘mirdan) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazdan foydalanishga o‘tilishi munosabati bilan iste’molchilarning, kelgusida foydalaniladigan, qayta uskunalanadigan yoki almashtiriladigan bug‘qozon va pech uskunalari ro‘yxatini aniqlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“O‘ztransgaz” AK,

“Sanoatgeokontexnazorat” DI, Xorazm viloyati hokimligi

5.

Xulosaga muvofiq bug‘qozon agregatlarini qayta uskunalash va keyinchalik ko‘rsatibo‘tilganishlarnimoliyalashtirishnazardatutilganijtimoiy

soha va budjet tashkilotlari obyektlarini balansida saqlovchilar tomonidan tegishli materiallar va hisob-kitoblarni tayyorlash.

2013-yil
10-avgustgacha

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus,

kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, yuqori tashkilotlar — balansida saqlovchilar,

Xorazm viloyati hokimligi

Briketlangan ko‘mirni ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz yetkazib berish tadbirlari

6.

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar ko‘chasi manzilida joylashgan binolar va inshootlarni (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Shovot-Kulovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasining bo‘sh turgan garaji va omborxonalarini) briketlangan ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish uchun, mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymati bo‘yicha, davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga berish.

2013-yil
20-iyulgacha

Davlat raqobat qo‘mitasi,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

7.

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UKga berilgan binolar va inshootlarni ta’mirlash-qurish ishlarini, briketlangan ko‘mir ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish.

2013-yil
15-iyulgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

8.

Briketlangan ko‘mir ishlab chiqarish bo‘yicha uskunalarni montaj qilish va sozlash.

2013-yil
25-iyulgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

9.

Briketlangan ko‘mir ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish va uning ishlab chiqarish faoliyatini boshlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

10.

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UKning ko‘mirni aniq manzil bo‘yicha yetkazib beradigan qo‘shimcha 6 ta filialini tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

11.

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK filiallarini tashkil etish, zarur qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zamonaviy transport, yuklash-tushirish mashinalarini, texnologik uskunalarni sotib olish va quyidagilarni dasturiy ta’minlash uchun 11,7 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish:

mustaqil baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan qiymatning 80 foizi miqdoridagi diskont bilan, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining davlat mulkida bo‘lgan aksiyalarini garov ta’minotiga berish;

2013-yil
15-iyulgacha

Davlat raqobat qo‘mitasi,

“O‘zbekenergo” DAK,

“Xalq banki” DATB

ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha moliyalashtirishni ochish.

2013-yil
20-iyulgacha

“Xalq banki” DATB,

“O‘zbekko‘mir” OAJ

12.

Ko‘mirni (briketlangan ko‘mirni) tashish uchun “Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UKga “ISUZU” rusumli 22 ta va “MAN” rusumli 6 ta ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillarini “O‘zavtosanoat-lizing” MChJ orqali lizing asosida yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish va ularni yetkazib berish.

2013-yil
1-sentabrgacha

“O‘zavtosanoat” AK,

“O‘zbekko‘mir” OAJ

13.

12 ta frontal yuklagichlar sotib olish yuzasidan import kontrakti tuzish va ularni sotib olish.

2013-yil
1-sentabrgacha

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

“O‘zbekko‘mir” OAJ

14.

Ko‘mirni aniq manzil bo‘yicha yetkazib berish filiallarini “O‘zbekko‘mir” OAJning o‘z va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga qo‘riqlash, yong‘inga qarshi xavfsizlik, aloqa, signalizatsiya, elektrlashtirish vositalari, samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan boshqa texnika bilan jihozlash, shuningdek shtatdagi xodimlar bilan ta’minlash.

2013-yil
1-sentabrgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK

Gaz ballonlari ishlab chiqarish va suyultirilgan gaz yetkazib berishni tashkil etish tadbirlari

15.

“O‘ztransgaz” AKning “Janubiygazqurilish” OAJ negizida yiliga
15,0 mingta maishiy gaz ballonlari ishlab chiqarishni tashkil etish.

2013-yil
1-noyabrgacha

“O‘zbekneftgaz” MXK,

“O‘ztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

16.

14,1 mlrd so‘m miqdoridagi jalb etilgan mablag‘lari hisobiga:

maishiy gaz ballonlarini to‘ldirish bo‘yicha 1 ta gaz to‘ldirish stansiyasi va 3 ta gaz to‘ldirish punktlari;

2013-yil

1-noyabrgacha

“O‘zbekneftgaz” MXK,

“O‘ztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

“Shimolgazta’minot” UKning maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotish bo‘yicha 6 ta tuman servis punktlarini tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

17.

Maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni tashish uchun “Shimolgazta’minot” UKga “ISUZU” rusumli 33 ta ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillarini “O‘zavtosanoat-lizing” MChJ orqali lizing asosida yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzish va ularni yetkazib berish.

2013-yil
1-sentabrgacha

“O‘zavtosanoat” AK,

“O‘ztransgaz” AK,

“Shimolgazta’minot” UK

18.

“O‘ztransgaz” AKning o‘z va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni sotish bo‘yicha tuman servis markazlarini qo‘riqlash, yong‘inga qarshi xavfsizlik, aloqa, signalizatsiya, elektrlashtirish vositalari, samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan boshqa texnika vositalari bilan jihozlash, shuningdek shtatdagi xodimlar bilan ta’minlash.

2013-yil
1-avgustgacha

“O‘ztransgaz” AK,

“Shimolgazta’minot” UK

Xom ashyo bilan ta’minlash tadbirlari

19.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha har yili 103,5 ming tonna hajmida ko‘mir yetkazib berishni amalga oshirish.

jadvalga muvofiq

“O‘zbekenergo” DAK,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK

20.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha har yili 16,8 ming tonna suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirish.

jadvalga muvofiq

“O‘zbekneftgaz” MXK,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK

21.

Xorazm viloyati iste’molchilariga energiya resurslari yetkazib berishga jalb etilgan “Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK va “Shimolgazta’minot” UKga yonilg‘i-moylash materiallarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.

doimo

“O‘zbekneftgaz” MXK,

“O‘ztransgaz” AK,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgazta’minot” UK

Logistika tizimini tashkil etish tadbirlari

22.

Iste’molchining axborot pasportini shakllantirgan holda ko‘mirga (briketlangan ko‘mirga) va suyultirilgan gazga ehtiyojmand bo‘lgan har bir uyni xatlovdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi maxsus guruhlar tashkil etish.

2013-yil
15-iyulgacha

“O‘ztransgaz” AK,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgazta’minot” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

23.

Har bir iste’molchiga shaxsiy abonent hisob raqami bergan holda ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish.

2013-yil
15-avgustgacha

“O‘ztransgaz” AK,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgazta’minot” UK,

Xorazm viloyati hokimligi

24.

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK va “Shimolgazta’minot” UK huzurida “O‘zbekko‘mir” OAJ va “O‘ztransgaz” AKning o‘z va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga ko‘mirga va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazga buyurtma berish bo‘yicha interaktiv xizmatlar ko‘rsatadigan “on-line” tizimiga ega bo‘lgan call-markazlar tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

Davlat aloqa qo‘mitasi,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgazta’minot” UK

25.

Ko‘mir (briketlangan ko‘mir) va suyultirilgan gaz yetkazib berish yuzasidan namunaviy shartnomani (elektron shartnomani) ishlab chiqish.

2013-yil
1-avgustgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK,

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Adliya vazirligi

26.

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” va “Shimolgazta’minot” UKlarining iste’molchilarga interaktiv xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z shaxsiy veb-saytlarini tashkil etish.

2013-yil
1-avgustgacha

Davlat aloqa qo‘mitasi,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK

27.

“O‘zbekko‘mir” OAJ va “O‘ztransgaz” AKning jalb etilgan o‘z mablag‘lari hisobiga call-markazlarni dasturiy axborot ta’minoti va zarur kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash.

2013-yil
15-avgustgacha

Davlat aloqa qo‘mitasi,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK

28.

Axborot tizimini call-markaz, SMS va Internet orqali buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha servis, shuningdek, plastik kartochkalar yoki Paynet orqali to‘lovlar tizimi bilan integratsiyalash.

2013-yil
25-sentabrgacha

Davlat aloqa qo‘mitasi,

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK,

“Xalq banki” DATB

29.

Ko‘mirni (briketlangan ko‘mirni) va maishiy gaz ballonlaridagi suyultirilgan gazni har haftada kamida bir marta oxirgi iste’molchilargacha yetkazib berish bo‘yicha iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jadvallarini tasdiqlash.

2013-yil
1-sentabrgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK,

Xorazm viloyati hokimligi

30.

GPRS — qabul qiluvchilar o‘rnatish va ular orqali yuk tashish mashinalari yo‘nalishlarini kuzatish.

2013-yil
1-sentabrgacha

“O‘zbekko‘mir” OAJ,

“O‘ztransgaz” AK,

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” UK,

“Shimolgazta’minot” UK


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi