31.05.2013 yildagi 644-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Pop tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-apreldagi 01-05/1-433-sonli koʻrsatmasi va Namangan viloyati hokiminiig 2013-yil 25-apreldagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 142-sonli qarorini tumanda bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-apreldagi 01-05/1-433-sonli koʻrsatmasi hamda viloyat hokimining 2013-yil 25-apreldagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 142-sonli qarori rahbarlik va amalda bajarish uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi tuzilsin va tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruhi aʼzolariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 10-iyunigacha tumanda joylashgan har bir koʻp qavatli uy-joylarni yalpi xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablar, maktab-internatlar, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarni 2013-2014-yillar kuz-qish davrida oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishga doir qatʼiy chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir obyektni (maktablar, maktab-internatlar, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarni) 2013-2014-yillar kuz-qish davrida issiqlik, yoqilgʻining zaxira turi va koʻmir bilan taʼminlashni qatʼiy nazorat ostiga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash obyektlari (kasalxonalar, tugʻruqxonalar, poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqalar)ni mavsumda barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari va ularning yotoqxonalarini alohida roʻyxatini tuzish (manzili va rahbarini koʻrsatgan holda) va mavsumga tayyorlashning holatini joyining oʻzida oʻrganib chiqish, oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir aniq chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MFY va xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari raislari bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi yetib bormaydigan koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularni issiqlik bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud qozonxonalar va qozonlarni mukammal hamda joriy taʼmirlash boʻyicha kalendar-jadval ishlab chiqib, bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz taʼminoti past yoki gaz yetib bormaydigan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha muassasalariga koʻmir yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish davrida energotizimni yuklanish eng yuqori boʻlgan soatlarida elektr yuklamasini pasaytirish boʻyicha elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda doimiy amaldagi cheklashlar va oʻchirishlar jadvalini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish davrida isteʼmolchilarni uzluksiz va bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida barcha gaz taqsimlash shoxobchalarini va ulardagi qurilmalarni hamda gaz tarmoqlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tasdiqlangan jadvallarga muvofiq nihoyasiga yetkazishni taʼminlash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi (I. Qoʻchqorova), tuman tibbiyot birlashmasi (M. Ergasheva), shuningdek tegishli tashkilot va korxonalarning rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishi har oyda tuman hokimligining majlislarida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 3-maydagi 552-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xokim B. RAHMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pop sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
644-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 31-maydagi 644-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini muofiqlashtirish tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Komissiya raisi

1.‎ B. Rahmanov‎ —‎ Tuman hokimi‎

‎‎Komissiya raisi oʻrinbosari

2.‎ A. Nazarov‎ —‎ Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari‎

Komissiya aʼzolari

3.‎ A. Abduraxmonov‎ —‎‎ Tuman hokimligining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik va obodonlashtirish boʻyicha bosh mutaxassisi‎
4.‎ I. Hoshimov‎ —‎‎ Tuman hokimligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi‎
5.‎ Z. Xakimov‎ —‎‎ Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi‎
6.‎ I. Qoʻchqarova‎ —‎‎ Tuman xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri‎
7.‎ M. Ergasheva‎ —‎‎ Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari‎
8.‎ J. Ergashev‎ —‎ Tuman moliya boʻlimi boshligʻi‎
9.‎ N. Latipov‎ —‎‎ Tuman elektr tarmoqlari boshligʻi‎
10.‎ G. Abidov‎ —‎‎ “Vodiygaztaʼminot” UK Pop tuman filiali boshligʻi‎
11.‎ X. Rasulov‎ —‎‎ Tuman “Suvoqava” korxonasi boshligʻi‎
12.‎ S. Gʻaniyev‎ —‎‎ Tuman issiqlik manbai ishlab chiqarish korxonasi boshligʻi‎
13.‎ M. Xasanov‎ —‎‎ Tuman IIB YoXB boshligʻi‎
14.‎ M. Islomov‎ —‎‎ Tuman DSENM bosh vrachi‎
15.‎ T. Sodiqov‎ —‎‎ “Toʻraqurgʻonneftbaza” UK tuman ombori mudiri‎
16.‎ Lavozimiga koʻra‎ —‎‎ Tuman kasb-hunar kolleji direktorlari‎