Namangan viloyati Norin tumani hokimining
Qarori
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-apreldagi 01-05/1-433-sonli koʻrsatmasi va Namangan viloyati hokimining 2013-yil 25-apreldagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 142-sonli qarorini tumanda bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-apreldagi 01-05/1-433-sonli koʻrsatmasi hamda viloyat hokimining 2013-yil 25-apreldagi “Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 142-sonli qarori rahbarlik va amalda bajarish uchun qabul qilinsin.
2. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi tuzilsin va tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruhi aʼzolariga:
joriy yilning 10-iyunigacha tumanda joylashgan har bir koʻp qavatli uy-joylarni yalpi xatlovdan oʻtkazish;
maktablar, maktab-internatlar, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarni 2013-2014-yillar kuz-qish davrida oʻz vaqtida tayyorlash maqsadida ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etishga doir qatʼiy chora-tadbirlar belgilash;
har bir obyektni (maktablar, maktab-internatlar, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarni) 2013-2014-yillar kuz-qish davrida issiqlik, yoqilgʻining zaxira turi va koʻmir bilan taʼminlashni qatʼiy nazorat ostiga olish;
sogʻliqni saqlash obyektlari (kasalxonalar, tugʻruqxonalar, poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqalar)ni mavsumda barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlash;
kasb-hunar kollejlari va ularning yotoqxonalarini alohida roʻyxatini tuzish (manzili va rahbarini koʻrsatgan holda) va mavsumga tayyorlashning holatini joyining oʻzida oʻrganib chiqish, oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir aniq chora-tadbirlar belgilash;
MFY va xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari raislari bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi etib bormaydigan koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularni issiqlik bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
mavjud qozonxonalar va qozonlarni mukammal hamda joriy taʼmirlash boʻyicha kalendar-jadval ishlab chiqib, bajarilishini taʼminlash;
gaz taʼminoti past yoki gaz etib bormaydigan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha muassasalariga koʻmir yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
kuz-qish davrida energotizimni yuklanish eng yuqori boʻlgan soatlarida elektr yuklamasini pasaytirish boʻyicha elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda doimiy amaldagi cheklashlar va oʻchirishlar jadvalini ishlab chiqish;
kuz-qish davrida isteʼmolchilarni uzluksiz va bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida barcha gaz taqsimlash shoxobchalarini va ulardagi qurilmalarni hamda gaz tarmoqlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tasdiqlangan jadvallarga muvofiq nihoyasiga yetkazishni taʼminlash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi (I. Boʻstonov), tuman tibbiyot birlashmasi (Gʻ. Xolboyev), shuningdek tegishli tashkilot va korxonalarning rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishi har oyda tuman hokimligining majlislarida koʻrib chiqilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2013-yil 2-maydagi 309-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Xokim A. SULTANOV
Xaqqulobod sh.,
2013-yil 5-iyun,
384-son
Tuman hokimining 2013-yil 5-iyundagi 384-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini muvofiqlashtirish tuman komissiyasi
TARKIBI
| Komissiya raisi | |||
| 1. | A. Sultanov | — | Tuman hokimi |
| Komissiya raisining oʻrinbosari | |||
| 2. | V. Nuraliyev | — | Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari |
| Komissiya aʼzolari | |||
| 3. | B. Yuldashev | — | Tuman prokurori |
| 4. | S. Abdurayimov | — | Tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi |
| 5. | J. Nurmatov | — | Tuman hokimining oʻrinbosari |
| 6. | F. Abdunabiyev | — | Tuman hokimligi bosh mutahassisi |
| 7. | Sh. Mamatqulov | — | Tuman hokimligi iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi v.b |
| 8. | I. Boʻstonov | — | Taʼlim muassasalarining faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish Norin tuman boʻlimi mudiri |
| 9. | Gʻ. Holboyev | — | Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi |
| 10. | Q. Turgʻunov | — | Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi v.b. |
| 11. | B. Mirzayev | — | Tuman bosh arxitektori v.b. |
| 12. | A. Mamadaliyev | — | Tuman hokimligi moliya boʻlimi boshligʻi |
| 13. | D. Umarov | — | Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi |
| 14. | X. Mirzayev | — | “Tumangaztaʼminot” korxonasi boshligʻi |
| 15. | Vakant | — | Tuman “Issiqlik manbai” korxonasi boshligʻi |
| 16. | I. Islomov | — | “Norin ichimlik suv” shoʼba korxonasi rahbari |
| 17. | T. Yulchiyev | — | Tuman IIB yongʻin xavfsizligi boshligʻi |
| 18. | N. Xolmirzayeva | — | Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi |
| 19. | M. Toʻrayev | — | “Mahalla” hayriya jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi |
| 20. | Lavozimiga koʻra | — | Kollej direktorlari |
| 21. | A. Ergashev | — | “Namangan distribyutor plyus” tuman boʻlimi rahbari |
| 22. | Lavozimiga koʻra | — | QFY va MFY raislari |