19.02.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina, bundan keyin — Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlat, ularning yuridik shaxslari va fuqarolari huquq hamda manfaatlarini samaraliroq himoya qilish, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida oʻzlarining konsullik munosabatlarini rivojlantirish istagiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1963-yil 24-apreldagi Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi qoidalarini rivojlantirish uchun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyada koʻrsatilmagan masalalar boʻyicha xalqaro odat huquqlari va Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashgan xalqaro shartnomalar qoʻllanilishini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyani tuzishga qaror qildilar va quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-qism
Tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyada keltirilgan atamalar quyidagi maʼnoga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “konsullik muassasasi” har qanday bosh konsulxona, konsulxona, vitse-konsulxona yoki konsullik agentligini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “konsullik okrugi” konsullik muassasasiga konsullik vazifalarni bajarish uchun ajratilgan nohiyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “konsullik muassasasi boshligʻi” shu sifatda harakat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) “konsullik mansabdor shaxsi” shu sifatda konsullik vazifalarini bajarish yuklatilgan har qanday shaxsni, jumladan konsullik muassasasi boshligʻini ham anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) “konsullik xizmatchisi” konsullik muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) “xizmat koʻrsatuvchi xodim” konsullik muassasasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) “konsullik muassasasi xodimlari” konsullik muassasasi mansabdor shaxslari, konsulxona xizmatchilari va konsullik muassasasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) “oila aʼzolari” konsullik xodimining xotini (eri), farzandlari, ota-onasi hamda u bilan birga yashayotgan va uning qaromogʻida boʻlgan boshqa shaxslarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) “fuqaro” vakolat bergan davlat yoki konsulxona joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq shu davlatlar fuqarosi boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) “konsullik binolari” kimning mulki boʻlishidan qatʼi nazar, faqatgina konsullik muassasasi uchun foydalaniladigan binolar yoki ularning qismlarini, yoki ushbu bino yoxud bino qismlariga xizmat qiluvchi yer maydonlarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) “konsullik arxivlari” oʻz ichiga saqlash va saqlanishi taʼminlanishi uchun moʻljallangan barcha qogʻozlar, hujjatlar, xat-xabarlar, kitoblar, filmlar, maʼlumot toʻplash, saqlash va foydalanish texnik vositalari, shifrlar, kodlar, kartotekalar va har qanday jihozlar bilan birga konsullik muassasasi reyestrlarini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) “kema” vakolat bergan davlat bayrogʻini koʻtarish huquqiga ega boʻlgan har qanday kemani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) “havo kemasi” vakolat bergan davlat belgisini ishlatish huquqiga ega boʻlgan har qanday fuqarolik havo kemasini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-qism
Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Konsullik muassasasini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasi konsulxona joylashgan davlat hududida faqat shu davlatning roziligi bilan ochilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik muassasasining manzilgohi, uning darajasi va konsullik okrugi, shuningdek bu masaladagi har qanday oʻzgarish vakolat bergan davlat va konsulxona joylashgan davlatning kelishuvi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Konsullik muassasasi boshligʻini tayinlash va faoliyatini boshlashga ruxsat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasi boshligʻini tayinlashda vakolat bergan davlat oldindan konsulxona joylashadigan davlatning roziligini olishi kerak. Agar konsulxona joylashadigan davlat rozilik bermasa, u oʻz qarorining sabablarini xabar qilishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolat bergan davlat konsulxona joylashgan davlat Tashqi ishlar vazirligiga konsullik patenti yoki konsullik muassasasi boshligʻini tayinlash haqida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik patenti taqdim etilishi bilan konsulxona joylashgan davlat imkoni boricha qisqa vaqt ichida konsullik muassasasi boshligʻiga ekzekvatura beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsullik muassasasi boshligʻi konsullik joylashgan davlatning ekzekvaturasini olishi bilan oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsullik joylashgan davlat ekzekvatura bergunga qadar konsullik muassasasi boshligʻiga oʻz vazifalarini vaqtincha bajarishiga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konsullik muassasasi boshligʻiga ekzekvatura yoki vaqtincha oʻz vazifalarini bajarish uchun ruxsatnoma berilgach, konsullik joylashgan davlat bu haqda konsullik okrugining maʼmurlariga xabar beradi va konsullik muassasasi boshligʻiga oʻz vazifasini bajarishi va ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan huquq, imtiyoz va immunitetlardan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar konsullik muassasasi boshligʻi oʻz vazifasini bajara olmasa yoki konsullik muassasasi boshligʻi lavozimi vakant boʻlsa, konsullik muassasasi boshligʻining vazifasi vaqtincha konsullik boshligʻi vazifasini bajaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini bajaruvchining toʻla ismi va familiyasi, konsullik muassasasi boshligʻi tomonidan, agar u buni qila olmasa, vakolat beruvchi davlatning har qanday vakolatli idorasi tomonidan konsulxona joylashgan davlat Tashqi ishlar vazirligiga oldindan xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona joylashgan davlatning vakolatli organlari konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini bajaruvchiga yordam koʻrsatadilar va himoya qiladilar. Konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini bajarish davrida unga ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan konsullik boshligʻiga tegishli qoidalar ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Konsullik joylashgan davlatni ishga tayinlanish, kelish va ketish haqida xabardor qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolat bergan davlat oʻzining vakolatli organlari orqali konsullik joylashgan davlat Tashqi ishlar vazirligini quyidagilar haqida yozma ravishda oldindan xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsullik muassasasi xodimlarining familiyasi, ismi, fuqaroligi, lavozimi, ularning kelish va ketish yoki vazifalarining tugatilish vaqti, shuningdek konsullik muassasasida ishlash mobaynida uning maqomidagi har qanday oʻzgarishlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir konsullik muassasasi xodimi oila aʼzolarining familiyasi, ismi, fuqaroligi, kelish hamda ketish kuni, shuningdek biron bir shaxs oila aʼzoligiga kirgani yoki chiqqani haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlari shu davlat qonunlariga muvofiq konsullik muassasasi xodimlariga va ularning oila aʼzolariga ularning maqomini konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari sifatida belgilovchi guvohnomani bepul asosda beradilar, konsullik joylashgan davlat fuqarosi boʻlgan yoki u yerda doimiy yashaydigan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining fuqaroligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxslari vakolat bergan davlat fuqarolari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
“Persona non grata” yoki nomaqbul boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi joylashgan davlat istagan vaqtda u yoki bu konsullik mansabdor shaxsini “persona non grata” yoki konsullik muassasasi xodimlarining birortasini nomaqbul deb vakolat bergan davlatni xabardor qilishi mumkin. Konsullik muassasasi joylashgan davlat oʻz qarorining sababini asoslashga majbur emas. Bunday holda vakolat bergan davlat konsullik muassasasi xodimini chaqirib olishi kerak. Agar vakolat bergan davlat bu majburiyatni oqilona vaqt ichida bajarmasa, konsullik joylashgan davlat bu shaxsni konsullik muassasasi xodimi deb tan olishdan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-qism
Konsullik vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolat bergan davlat, uning fuqarolari va huquqiy shaxslarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yordam va koʻmak berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Savdo, iqtisodiy, huquqiy, turistik, ekologik, ilmiy-texnik, axborot, madaniy, gumanitar aloqalarni hamda vakolat bergan va konsulxona joylashgan davlat oʻrtasidagi sport va maʼrifat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek boshqa tarzda ular oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo, iqtisod, madaniyat, ilmiy hayotdagi vaziyatlar va voqealarni barcha qonuniy yoʻllar bilan aniqlash, ular haqida vakolat bergan davlat hukumatiga xabar qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolat bergan davlat tomonidan konsullik muassasasiga yuklatilgan konsulxona joylashgan davlatning qonun va qoidalariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Fuqarolik va fuqarolik holatiga oid vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. vakolat bergan davlat fuqarolarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. fuqarolik masalalari boʻyicha har qanday arizalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlaridan vakolat bergan davlat fuqarolarining tugʻilishi va oʻlimi haqida maʼlumotlar olish, ularning tugʻilishi va oʻlimini qayd qilish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. vakolat bergan davlat qonunlariga muvofiq vakolat bergan davlat fuqarolari oʻrtasida nikoh tuzishni va nikohni bekor qilishni qayd qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan qoidalar manfaatdor shaxslarni konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonun va qoidalariga rioya etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Pasport va vizalarga oid vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolat bergan davlat fuqarolariga pasportlar berish, yangilash, olib qoʻyish, bekor qilish, ularning amal qilish muddatini choʻzish, ularga zarur belgilar qoʻyish, shuningdek fuqarolarga chegaradan oʻtishga huquq beruvchi boshqa hujjatlarni berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolat bergan davlat hududiga kirish va undan chiqish, shuningdek uning hududidan tranzit oʻtish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish va bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Legalizatsiya va notarial harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni bajarish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. har qanday fuqaroning arizasi asosida vakolat bergan davlatda va uning tashqarisida foydalanishi uchun akt va hujjatlarni tuzish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. vakolat bergan davlat va konsulxona joylashgan davlat vakolatli idoralari rasmiy hujjatlaridagi imzolar va muhrlarning, agar Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan xalqaro shartnomalarda boshqacha tartibi koʻrsatilmagan boʻlsa, haqiqiyligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. rasmiy hujjatlar aslini legalizatsiya qilish va ularning nusxalarini, koʻchirmalarini, bu hujjatlar tarjimalarini haqiqiyligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. vakolat bergan davlat qonunlarida koʻzda tutilgan har qanday boshqa notarial harakatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik mansabdor shaxsi tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan va zarurat yuzasidan legalizatsiya qilingan hujjatlar, agarda ular konsulxona joylashgan davlat qonunlari va normalariga zid kelmasa, konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan va zarurat yuzasidan legalizatsiya qilingan hujjatlar kabi yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Fuqarolarning ushlangani, hibsga olingani, qamalgani va ularni borib koʻrish haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlatning vakolatli organlari vakolat bergan davlat fuqarosining ushlanganligi, hibsga olinganligi yoki uning ozodligini har qanday boshqa cheklash holi yuz bergani haqida tegishli konsullik mansabdor shaxsini zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari kechiktirmasdan konsullik muassasasiga ushbu shaxs tomonidan berilgan har qanday maʼlumotni yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari vakolat bergan davlat fuqarosining ushlangani, hibsga olingani yoki uning ozodligini boshqacha cheklash holi yuz bergan vaqtdan boshlab kechiktirmasdan konsullik mansabdor shaxsining bu fuqaro bilan uchrashish yoki u bilan bogʻlanish, hamda unga zarur yordamni, jumladan huquqiy yordamni koʻrsatish huquqini amalga oshirishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari vakolat bergan davlatning tegishli fuqarosini ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq uning huquqlari haqida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar, agar konsulxona joylashgan davlat qonun va qoidalari ularni bekor qilmagan taqdirda, ular asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Vakolat bergan davlat fuqarolariga yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. konsullik okrugida joylashgan vakolat bergan davlatning istalgan fuqarosini kelib koʻrish va u bilan aloqa qilish huquqiga ega, bunda konsulxona joylashgan davlat vakolat bergan davlat fuqarolari va konsullik muassasalari oʻrtasidagi aloqalarga toʻsqinlik qilmaydi va fuqarolarning konsullik muassasasiga kelishlarini cheklamaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. agar bu konsulxona joylashgan davlat qonunlariga zid boʻlmasa, vakolat bergan davlat barcha fuqarolaridan vaqtincha saqlash uchun mulk, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar va hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. vakolat bergan davlat fuqarosiga daxldor boʻlgan moddiy zarar va kishilar halokati, avtotransport ushlanishi hamda baxtsiz hodisalarga olib kelgan har qanday voqealarga oid maʼlumotlarni konsulxona joylashgan davlatning vakolatli organlaridan tezlik bilan berishni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. konsulxona joylashgan davlat vakolatli idoralariga vakolat bergan davlatning bedarak yoʻqolgan fuqarolarini topishda yordam berishni soʻrab murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. konsullik muassasasi oʻzi joylashgan va vakolat bergan davlatning huquqni himoya qilish idoralari tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish masalalari 1993-yil 22-yanvarda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari oʻrtasida tuzilgan Jinoiy, oilaviy va fuqarolik ishlari boʻyicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam haqidagi Konvensiyada koʻrsatilgan tartibda hal qilinishiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolat bergan davlat fuqarosi oʻz huquq va manfaatlarini konsulxona joylashgan davlat qonunlariga asosan oʻz vaqtida himoya qilishga qodir boʻlmasa, konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlat sud va boshqa vakolatli idoralarida uning nomidan vakillik qilishi mumkin yoki fuqaro oʻz vakilini tayinlagunicha yoxud oʻz huquq va manfaatlarini oʻzi himoya qilish imkoniyati paydo boʻlguniga qadar vakil bilan taʼminlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Vasiylik va homiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlatning vakolatli idoralari kechiktirmasdan vakolat bergan davlatning belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolari, shu jumladan voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik yoki homiylik oʻrnatish zarurligi haqida xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga asosan vakolat bergan davlatning belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari, shu jumladan voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlarini himoya qilish va zarur boʻlganda bunday shaxsga vasiy va homiy tavsiya qilish yoki tayinlash va vasiylik va homiylikka tegishli harakatlarni kuzatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Oʻlganlik haqida xabar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolat bergan davlat fuqarosi konsulxona joylashgan davlatda oʻlsa, konsulxona joylashgan davlatning vakolatli organlari bu haqda konsullik muassasasiga zudlik bilan xabar qiladilar. Ular konsullik muassasasining iltimosiga binoan unga oʻlganlik haqida guvohnoma yoki oʻlganlik haqida boshqa hujjatlarni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Meros mulkiga daxldor vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlatning vakolatli organlari konsullik muassasasiga uning okrugi hududida vakolat bergan davlat fuqarosining oʻlganligi haqida imkon darajasida qisqa vaqt ichida xabar qiladilar, shuningdek meros mulki, vasiyatnoma borligi yoki konsulxona joylashgan davlatda yashovchi yoki vakil qilingan shaxs ushbu mulkni boshqaruvchi etib tayinlangani haqida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik mansabdor shaxsi ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan meros bor boʻlgan holda konsullik joylashgan davlat vakolatli organlari tomonidan uni roʻyxatga olishda qatnashish huquqiga ega va meros mulkini qoʻriqlash boʻyicha tegishli choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolat bergan davlat fuqarosi konsulxona joylashgan davlatda oʻlgan shaxsning, uning fuqaroligidan qatʼi nazar, merosini olish huquqiga ega boʻlsa, bu davlatning vakolatli organlari konsullik muassasasini bu haqida darhol xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolat bergan davlat fuqarosi konsulxona joylashgan davlatda meros olish huquqiga ega yoki meros olishga daʼvogar boʻlsa, biroq u yoki uning vakili meros haqidagi ish koʻrilishida qatnasha olmasa, konsullik mansabdor shaxsi oʻzi yoki vakili orqali konsulxona joylashgan davlat sud yoki boshqa idoralarida ushbu fuqaro nomidan vakillik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsullik mansabdor shaxsi vakolat bergan davlatning konsulxona joylashgan davlatda doimiy yashamaydigan fuqarosi nomidan konsulxona joylashgan davlatdagi unga tegishli har qanday turdagi merosni ushbu shaxsga berish uchun olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar vakolat bergan davlatning konsulxona joylashgan davlatda doimiy yashamaydigan fuqarosi oʻlsa, konsullik mansabdor shaxs oʻlgan shaxsning shaxsiy narsalarini, hujjatlarini, pul mablagʻlarini merosxoʻrlariga, boshqaruvchisi yoki boshqa vakil shaxslarga berish uchun vaqtincha saqlash uchun olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolat bergan davlat fuqarosi konsulxona joylashgan davlat hududida boʻlmasa, konsullik mansabdor shaxsi ushbu shaxs nomidan har qanday shaxsning oʻlimi bilan bogʻliq holda huquqi boʻlgan pullarni va boshqa mulklarni, shu jumladan meros mulkini, baxtsiz hodisa bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlari haqidagi qonunlarga muvofiq qilingan toʻlovlarni, shuningdek hayotni sugʻurta qilish bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurta hujjatlari boʻyicha toʻlovlarni suddan, maʼmurlardan yoki ayrim shaxslardan olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Konsullik mansabdor shaxsi ushbu moddaning 4-, 5-, 6-, 7-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish vaqtida konsulxona joylashgan davlatning qonun va qoidalariga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Vakolat bergan davlat kemalariga koʻmaklashuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik mansabdor shaxsi oʻz konsullik okrugi doirasida vakolat bergan davlatning konsulxona joylashgan davlat hududiy dengiz yoki ichki suvlaridagi kemalariga, ularning kapitani va ekipaj aʼzolariga yordam berish huquqiga ega, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. kema bortiga chiqish, kapitan va xohlagan ekipaj aʼzosini soʻroq qilish, kema faoliyati, suzish jarayoni va uning yuki haqida maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. konsulxona joylashgan davlat maʼmurlari huquqlariga zid boʻlmagan holda suzish paytida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. kapitan va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi nizolarni, shu jumladan yollash toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan ish haqi va majburiyatlar bilan bogʻliq nizolarni bartaraf etish hamda kema bortidagi xavfsizlikni taʼminlashga doir choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. kema kapitani va istalgan ekipaj aʼzosiga tibbiy yordam koʻrsatish yoki oʻz vataniga qaytarishni taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. kemaga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish, tuzish, imzolash yoki tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. vakolat bergan davlat topshirigʻi asosida kemaga taalluqli boshqa muammolarni hal etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona joylashgan davlatning qonun va qoidalarini buzmagan holda kapitan va ekipaj aʼzolari bevosita konsullik mansabdor shaxsi bilan bogʻlanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Vakolat bergan davlat bayrogʻi ostida suzuvchi kemaga qarshi majburiy choralar qoʻllangan taqdirda himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik joylashgan davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlari vakolat bergan davlat kemasida biror bir majburiy choralar qoʻllamoqchi boʻlsalar yoki qandaydir tekshiruv oʻtkazishni topshirmoqchi boʻlsalar, ular konsullik muassasasini konsullik mansabdor shaxsi yoki uning ishonchli vakili bu harakatlarni amalga oshirish davomida ishtirok etishi uchun oldindan ogohlantiradilar. Agar shoshilinch boʻlgani tufayli ogohlantirishning imkoni boʻlmasa, konsullik muassasasi konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar toʻgʻrisida, konsullik mansabdor shaxsining iltimosiga koʻra esa — amalga oshirilgan harakatlarning natijalari toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari tomonidan quruqlikda kema kapitani yoki biron bir ekipaj aʼzosiga nisbatan amalga oshirilgan harakatlarga ham taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlari qoidalari konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari tomonidan bojxona, port maʼmuriyati, karantin, chegara nazorati masalalarida amalga oshiriladigan kundalik tekshiruvlarga hamda dengizda qatnov xavfsizligini taʼminlash yoki suvlarni ifloslantirishni oldini olishga qaratilgan choralarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agarda konsulxona joylashgan davlat tinchligi, xavfsizligi va jamoat tartibi buzilmasa, konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari vakolat bergan davlat kemasi ichki ishlariga, aralashishi mumkin emas. Kema kapitanining shaxsiy iltimosi yoki roziligi yoxud vakolat bergan davlat konsullik mansabdor shaxsi roziligi bilan amalga oshiriladigan harakatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ichki suvlarda va hududiy dengizlarda halokatga yoki avariyaga uchragan, sayoz joyga tushib qolgan yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra mustaqil suzishni davom ettira olmaydigan kemalarga koʻrsatiladigan yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar vakolat bergan davlat bayrogʻi ostida suzuvchi kema halokatga yoki avariyaga uchrasa, sayoz joyga tushib qolsa yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra mustaqil harakatni davom ettira olmasa, konsullik joylashgan davlat vakolatli organlari konsullik muassasasini kema bortidagi odamlar, yuk va boshqa mollarni qutqarish borasida koʻrilgan choralar haqida zudlik bilan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik joylashgan davlat vakolatli organlari konsullik muassasasi mansabdor shaxsiga halokatga yoki avariyaga uchragan, sayoz joyga tushib qolgan yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra mustaqil suzishni davom ettira olmaydigan kemaga, uning ekipajiga va passajirlariga yordam berishiga toʻsqinlik qilmaydi va shu maqsadda konsullik mansabdor shaxsi konsulxona joylashgan davlat maʼmurlariga yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona joylashgan davlat vakolatli organlari agar vakolat bergan davlat kemasi halokatga yoki avariyaga uchrasa, sayoz joyga tushib qolsa yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra mustaqil suzishni davom ettira olmasa yoxud kemaga taalluqli biror bir predmet yoki yuk qirgʻoqdan topilsa yoki konsulxona joylashgan davlat portiga keltirilsa-yu, bunda kema kapitani, kema egasi, kema agenti yoki sugʻurta kompaniyasining vakili ishtirok eta olmasa yoki bularni saqlash yoki tasarruf qilish choralarini koʻra olmasa, konsullik muassasasini zudlik bilan ogohlantiradilar. Bunday sharoitda konsullik mansabdor shaxsi ular nomidan zarur choralar koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Halokatga yoki avariyaga uchragan, sayoz joyga tushib qolgan yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra mustaqil suzishni davom ettira olmaydigan vakolat bergan davlat kemasining yuki va mulki uchun hech qanday boj toʻlovlari olinmaydi, konsulxona joylashgan davlatda ularning sotilgan yoki foydalanilgan hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsullik mansabdor shaxsi konsulxona joylashgan davlat vakolatli idoralari tomonidan kemaning avariyaga uchraganligi, sayoz joyga tushib qolganligi yoki uning mustaqil harakatni davom ettira olmasligi sabablari aniqlanayotgan paytda qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Vakolat bergan davlatning havo kemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolat bergan davlatning kemalariga taalluqli boʻlgan ushbu Konvensiya qoidalari, agar ular vakolat bergan davlat va konsulxona joylashgan davlat oʻrtasidagi boshqa ikki tomonlama shartnomalarda yoki bu ikkala davlat ishtirokchilari boʻlgan koʻp tomonlama shartnomalarning qoidalariga zid kelmasa, vakolat bergan davlatning havo kemalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Huquqiy hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxsi, agarda bu konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalarida ruxsat etilgan boʻlsa, sud hujjatlarini va sudga taalluqli boʻlmagan hujjatlarni topshirish huquqiga ega. Agar vakolat bergan davlat bilan konsulxona joylashgan davlat oʻrtasida boshqa shartnomalar amal qilsa, ularning qoidalarini qoʻllash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Konsullik vazifalarini bajarish uchun belgilangan hudud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxsi konsullik vazifalarini konsullik okrugi doirasida bajarishi mumkin. Konsulxona joylashgan davlatning roziligi bilan konsullik mansabdor shaxsi oʻz vazifalarini konsullik okrugi hududidan tashqarida ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Konsulxona joylashgan davlat maʼmurlari bilan aloqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxs oʻz konsullik okrugi mahalliy maʼmurlariga, diplomatik vakolatxona boʻlmagan holda esa, konsulxona joylashgan davlat qonun-qoidalari va urf-odatlari ruxsat etadigan darajada markaziy vakolatli maʼmurlariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Vakolat bergan davlat fuqarolariga aloqasi boʻlgan konsulxona joylashgan davlat qonunlariga kiritilgan oʻzgarishlar haqida xabar qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona joylashgan davlat konsullik muassasasiga konsulxona joylashgan davlat qonunchiligiga kiritilgan vakolat bergan davlat fuqarolari huquqi va manfaatiga aloqasi boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar haqida xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-qism
Ustunliklar, imtiyozlar va immunitetlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Konsullik muassasasi va konsullik muassasasi xodimlariga koʻmak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlat konsullik muassasasiga oʻz vazifalarini bajarishi uchun barcha imkoniyatlarni namoyish etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona joylashgan davlat konsullik muassasasi xodimlariga tegishlicha eʼtibor bilan qaraydi va ushbu Konvensiyaga asosan konsullik vazifalarini bajarishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Konsullik va turar joy binolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlat vakolat bergan davlatga oʻzining hududida oʻz qonun va qoidalariga muvofiq konsullik muassasasi uchun zarur boʻlgan binolar sotib olishda koʻmaklashadi yoki boshqacha yoʻl bilan binolarni olishiga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona joylashgan davlat zarurat boʻlsa, konsullik muassasasiga uning xodimlari uchun qulay turar joy olishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddadagi hech narsa konsulxona joylashgan davlatning binolarni konstruksiyasi va joylanishini, shuningdek shaharni rejalashtirish va nohiyalarga boʻlishni tartibga soluvchi qonun va qoidalariga rioya etmagani uchun vakolat bergan davlatni javobgarlikdan ozod etadi deb sharhlanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Davlat gerbi va bayrogʻidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasi konsullik muassasasi binosiga davlat gerbi hamda vakolat bergan davlat va konsulxona joylashgan davlat tillarida konsullik muassasasi nomi yozilgan yozuvni oʻrnatib qoʻyish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik muassasasi konsullik binolariga, konsullik muassasasi boshligʻi qarorgohiga va rasmiy vazifalarni bajarayotganda transport vositalariga davlat bayrogʻini oʻrnatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslar turar joylarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslarining turar joylari daxlsizdir. Konsulxona joylashgan davlat maʼmurlari organlarining vakillari konsullik binolariga va konsullik mansabdor shaxslarning turar joylariga konsullik muassasasi boshligʻi yoki konsulxona joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxona boshligʻining yoxud ular tomonidan tayinlangan shaxsning ruxsatisiz kira olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona joylashgan davlat konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslarining turar joylarini har qanday tajovuz yoki zarar yetkazishdan muhofaza qilish hamda konsullik muassasasi tinchligini har qanday buzish yoki uning qadr-qimmatini haqorat qilishning oldini olish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Konsullik binolarini majburiy olishga qarshi immunitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik binosi, konsullik muassasasining barcha mulklari, shuningdek uning harakat vositalari davlat mudofaasi yoki jamoat ehtiyojlari maqsadida majburiy olib qoʻyishning har qanday turiga qarshi immunitetga egadir. Binolarni koʻrsatilgan maqsadlar uchun olib qoʻyish zarurati tugʻilgan holda konsullik vazifalarni bajarish uchun toʻsiqlarni yoʻqotish boʻyicha barcha zarur choralar qoʻllaniladi hamda vakolat bergan davlatga zudlik bilan tegishli va samarali kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Konsullik arxivlarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik arxivlari ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, hamma vaqt daxlsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Harakat erkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirishi taqiqlangan hududlar haqidagi qonun va qoidalarga zid boʻlmagani uchun yoki davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan tartibga solingani uchun konsulxona joylashgan davlat barcha konsullik muassasasi xodimlariga uning hududida harakat qilish yoki sayohat erkinligini taʼminlashi zarur. Bunda barcha hollarda konsulxona joylashgan davlat konsullik mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda
Aloqa erkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlat konsullik muassasasining barcha rasmiy maqsadlar uchun aloqalar erkinligiga ruxsat etadi va himoya qiladi. Konsullik muassasasi vakolat bergan davlat hukumati, diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsullik muassasalari bilan aloqa qilishda barcha mos keladigan vositalardan, jumladan: diplomatik va konsullik kuryerlaridan, kodlangan va shifrlangan depeshalardan, diplomatik va konsullik valizalaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik muassasasining rasmiy xat-xabarlari daxlsizdir. Konsullik valizasi ushlanishi va ochilishi mumkin emas. U uning xarakterini koʻrsatuvchi koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak va faqatgina rasmiy xat-xabar, rasmiy hujjatlar yoki rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan ashyolardan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik kuryeri vakolat bergan davlatning konsulxona joylashgan davlatda doimiy yashamaydigan fuqarosi boʻlishi kerak. U konsulxona joylashgan davlatda diplomatik kuryer ega boʻlgan ustunlikdan, imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolat bergan davlat yoki konsullik muassasasi ad hoc konsullik kuryerini tayinlashi mumkin. Bunday hollarda ushbu moddaning 3-bandi qoʻllaniladi, biroq bunday kuryerning immunitetlari unga topshirilgan konsullik valizasini manzilga olib kelib topshirishi bilan tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsullik valizasi vakolat bergan davlat kemasi kapitani yoki havo kemasi komandiriga ishonib topshirilishi mumkin. U valizani tashkil etgan joylarning soni koʻrsatilgan rasmiy hujjatga ega boʻlishi kerak, ammo u konsullik kuryeri boʻlib hisoblanmaydi. Konsullik muassasasi xodimlari kema kapitani yoki havo kemasi komandiriga bemalol va bevosita konsullik valizasini topshirishi va ulardan konsullik valizasini qabul qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda
Konsullik yigʻimlari va bojlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasi konsulxona joylashgan davlat hududida konsullik harakatlari uchun vakolat bergan davlat qonun va qoidalariga asosan yigʻimlar va bojlar olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan yigʻimlar va bojlar konsullik joylashgan davlatda barcha yigʻim, boj va soliqlardan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar va ularni ushlash va hibsga olish mumkin emas. Konsulxona joylashgan davlat ularning erkinligi va qadr-qimmatiga tajovuz qilinishiga qarshi zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda
Yurisdiksiyadan immunitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik mansabdor shaxslar 1961-yil 18-apreldagi Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq diplomatik agent kabi barcha diplomatik imtiyoz va immunitetlardan toʻlaligicha foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik xizmatchilari konsulxona joylashgan davlatda xizmat burchini bajarayotgandagi harakatlariga nisbatan yurisdiksiyaga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilganlar fuqarolik daʼvolariga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. konsullik xizmatchisi tomonidan vakolat bergan davlat agenti sifatida bevosita yoki bilvosita majburiyat olmasdan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. uchinchi tomonning konsullik joylashgan davlatda yoʻl transporti, kema va samolyot bilan yuz bergan hodisa tufayli keltirilgan zarar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda
Guvohlik koʻrsatmalarini berish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik mansabdor shaxsi guvohlik koʻrsatmalari berishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik xizmatchilari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar konsulxona joylashgan davlatda sud yoki maʼmuriy ishlar yurgizilayotganda guvohlik koʻrsatmalarini berish uchun chaqirilishi mumkin. Ushbu moddaning 3-bandida keltirilgan holatlardan boshqa hollarda ular guvohlik berishdan bosh tortishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik xizmatchilari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻzlarining vazifalariga oid masalalar boʻyicha koʻrsatma berishga yoki ularning vazifalariga oid hujjat va xat-xabarlarini koʻrsatishga majbur emas. Konsullik muassasasi boshligʻining roziligi bilan ular vakolat bergan davlat qonunchiligi boʻyicha ekspert sifatida guvohlik koʻrsatmalarini berish huquqiga ega, ammo ular ekspert sifatida guvohlik koʻrsatmalarini bermaslik huquqiga ham ega. Guvohlik koʻrsatmalarini berishdan bosh tortgan hollarida ularga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsulxona joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlariga biron-bir konsullik xizmatchisi yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimning koʻrsatmasi kerak boʻlsa, ular bu shaxs tomonidan uning xizmat majburiyatlarini bajarishida xalaqit bermasliklari kerak. Bu maʼmurlar oʻsha shaxsning koʻrsatmalarini imkoniyat boʻlganida uning yashash joyida, konsullik muassasasi binosida eshitishlari yoki undan yozma ravishda koʻrsatmalarni qabul qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda
Majburiylikdan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi xodimlari konsulxona joylashgan davlatda barcha shaxsiy, jamoat majburiyatlaridan va harbiy majburiylikdan, shuningdek konsulxona joylashgan davlat qonun va qoidalarida koʻrsatilgan chet el fuqarolarining roʻyxatdan oʻtishi va yashashi uchun ruxsat olishiga oid biror-bir talablarni bajarishdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda
Soliq va yigʻimlardan ozod qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlat quyidagilarni soliq va yigʻimlardan ozod qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. vakolat bergan davlat ijaraga olgan yoki egalik qilgan, vakolat bergan davlat yoki uning vakili nomidan olingan konsullik binolari va konsullik muassasasi xodimlarining turar joylari, shuningdek bunga tegishli shartnoma va aktlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. konsullik muassasasi tomonidan rasmiy maqsadlar uchun qonuniy olingan koʻchar mulk va transport vositalari, shuningdek ularni sotib olish, egalik qilish va qarash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. maxsus xizmatlar uchun toʻlov sifatida olinadigan soliq va yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. vakolat bergan davlat yoki uning vakili bilan shartnoma tuzgan shaxsdan konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq olinadigan soliq va bojlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda
Konsullik muassasasi xodimlarining soliqlardan ozod qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasi xodimlari, shuningdek ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari barcha shaxsiy va mulkiy, davlat, tuman va munitsipal soliq va bojlardan ozod etiladi, quyidagilar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. tovar va xizmat bahosiga kiritiladigan bilvosita soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. 38-moddada koʻrsatilganlar istisno holda konsulxona joylashgan davlat hududidagi shaxsiy koʻchmas mulkka solinadigan soliq va bojlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. 43-moddaning 2-bandida koʻrsatilganlar istisno holda meros mulkiga solinadigan soliqlar, merosga solinadigan bojlar, mulkning oʻtishi bilan bogʻliq soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. konsulxona joylashgan davlatda manbaga ega boʻlgan sarmoyalardan olinadigan daromadlarni oʻz ichiga olgan xususiy daromadlarga solinadigan soliq va bojlar, shuningdek konsulxona joylashgan davlatdagi tijorat yoki moliyaviy korxonalardagi sarflangan mablagʻga solinadigan soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. 38-moddada koʻrsatilgan holatlar istisno holda aniq xizmat turlari uchun olinadigan soliq va bojlar, roʻyxatga olish, sud va reyestrlar bojlari, ipoteka va gerbli yigʻimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik muassasasi xodimlarining konsullik muassasasida bajargan vazifalari uchun oladigan ish haqi soliqlar, bojlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona joylashgan davlatda ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinmagan shaxslarni yollagan konsullik muassasasi xodimlari daromad soligʻi solinishini belgilagan qonun va qoidalardagi majburiyatlarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda
Bojxona koʻrigi va bojlaridan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik joylashgan davlat oʻz qonun va qoidalariga asosan saqlash, tashish va shunga oʻxshash xizmatlardan tashqari quyidagilarni boj toʻlovlaridan ozod qilib olib kirish va olib chiqishga ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. konsullik muassasasidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan buyumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. konsullik mansabdor shaxsining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. konsullik xizmatchilari va konsullik muassasasi xizmat koʻrsatuvchi xodimlari birinchi marta kelayotganda olib kelayotgan buyumlarini, shu jumladan maishiy buyumlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi 1.2.- va 1.3.-kichik bandlarida koʻrsatilgan buyumlar tegishli shaxslarning shaxsiy foydalanishi uchun zarur boʻlgan miqdordan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik mansabdor shaxsining shaxsiy yuki bojxona koʻrigidan ozod etiladi. U konsullik joylashgan davlat vakolatli organlari tomonidan shu moddaning 1-bandi 1.2.-kichik bandida koʻrsatilgan buyumlardan tashqari narsalar yoki olib kelish va olib chiqish konsullik joylashgan davlat qonunlari yoxud karantin qoidalari bilan taqiqlangan narsalar bor deb hisoblashga jiddiy asoslar mavjud boʻlsa, koʻzdan kechiriladi. Bu holda koʻzdan kechirish konsullik mansabdor shaxsi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda
Oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasi xodimlarining oila aʼzolari konsullik muassasasining tegishli xodimi foydalanadigan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari konsulxona joylashgan davlat fuqarosi boʻlgan yoki ushbu davlatda doimiy yashaydigan yoxud konsullik joylashgan davlatda daromad olish maqsadida tijorat yoki kasb faoliyati bilan shugʻullanadigan oila aʼzolariga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda
Imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona joylashgan davlat fuqarosi boʻlgan yoki shu davlatda doimiy yashaydigan konsullik xizmatchisi va konsullik muassasasi xizmat koʻrsatuvchi xodimlari 36-moddaning 3-bandida koʻrsatilgan hollardan boshqa ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning oila aʼzolari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona joylashgan davlat ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan konsullik muassasasi faoliyatiga toʻsqinlik vujudga keltirmaslik shaklida yurisdiksiyani amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda
Konsullik muassasasi xodimi va uning oila aʼzosining meros mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda konsullik muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi vafot etgan holda konsulxona joylashgan davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vafot etgan shaxsning konsulxona joylashgan davlatda sotib olgan, u oʻlgan vaqtda ularning olib ketilishi man qilingan buyumlardan tashqari koʻchadigan mulkini olib ketishga ruxsat berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vafot etgan shaxsning koʻchar mulkiga vorislikka solinadigan bojlar va merosga solinadigan barcha soliqlardan ozod qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda
Konsullik imtiyoz va immunitetlarning boshlanishi va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik muassasasining har bir xodimi ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan konsullik joylashgan davlat hududiga kirib oʻz xizmat joyiga ketayotgan vaqtdan boshlab, yoki u shu davlat hududida boʻlsa, konsullik muassasasida oʻz vazifasini bajarishga kirishgan paytdan boshlab foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik muassasasi xodimlarining ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan konsullik joylashgan davlat hududiga kirib kelishlari bilan yoki oila aʼzosi boʻlgan paytdan boshlab foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik muassasasi xodimi vazifasi tugaganda, u va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlari konsullik joylashgan davlatdan chiqqan paytda yoki chiqishi uchun oqilona muddat oʻtishi bilan tugaydi. Konsullik muassasasi xodimi oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlari uning oila aʼzoligidan chiqqan vaqtdan boshlab tugaydi. Biroq, agar ushbu shaxslar oqilona muddat ichida konsullik joylashgan davlatdan chiqib ketmoqchi boʻlsa, u holda ularning imtiyoz va immunitetlari joʻnab ketgunlariga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsullik muassasasi xodimi vafot etsa, u bilan birga yashagan oila aʼzolari berilgan imtiyoz va immunitetlardan konsullik joylashgan davlatdan chiqib ketgunga qadar yoki konsullik joylashgan davlatdan chiqib ketish uchun oqilona muddat oʻtgunga qadar foydalanishda davom etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolat bergan davlat ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq konsullik muassasasi xodimlari foydalanadigan har qanday imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin. Barcha hollarda bunday voz kechish aniq ifodalangan boʻlishi va bu toʻgʻrida konsulxona joylashgan davlatni yozma ravishda bildirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday shaxs tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan hollarda daʼvo qoʻzgʻashi agar asosiy daʼvo bilan bogʻliq qarshi daʼvo mavjud boʻlsa, bunday shaxsni yurisdiksiyaga qarshi immuniteti borligini dalil qilib keltirish huquqidan mahrum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy yoki fuqarolik ishlarga nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan voz kechish sud qarorlarining ijrosi boʻyicha immunitetdan voz kechishni anglatmaydi. Bunga nisbatan yozma ravishda alohida voz kechish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya qoidalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalari bajarilgan hollarda tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik vazifalarini bajarish topshirilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining familiyalari diplomatik vakolatxona joylashgan davlat Tashqi ishlar vazirligiga yoki shu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik vazifalarini bajarishda diplomatik vakolatxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. konsullik okrugi mahalliy maʼmurlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. tegishli xalqaro bitimlarga yoki diplomatik vakolatxona joylashgan davlat qonun-qoidalariga va urf-odatlariga zid boʻlmasa, shu davlat markaziy maʼmurlariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 2-qismida koʻrsatilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining imtiyoz va immunitetlari diplomatik aloqalarga oid xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-qism
Konsulxona joylashgan davlat qonun va qoidalarini hurmat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlarga ziyon yetmagan holda ushbu imtiyoz va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslar konsulxona joylashgan davlat qonun va qoidalarini, jumladan yoʻl transport qoidalarini hurmat qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik binolaridan konsullik vazifalarini bajarishga toʻgʻri kelmagan maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsullik muassasasi, konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari konsulxona joylashgan davlatning transport vositalarini sugʻurta qilish borasidagi qonun va qoidalarini hurmat qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolat bergan davlat konsullik muassasasi xodimlari konsulxona joylashgan davlatda tijorat va kasbi boʻyicha faoliyatni amalga oshirolmaydilar, rasmiy vazifalarni bajarish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-qism
Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishuvga asosan ushbu Konvensiyaga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda
Ratifikatsiya, kuchga kirishi, denonsatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgach, oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya noaniq muddatga tuziladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilish haqidagi oʻz qarorini yozma ravishda diplomatik yoʻllar bilan xabar qilgan kundan boshlab 6 oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiyev shahrida 1998-yil 19-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilishda tafovut yuz bersa, Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)