19.02.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat suvereniteti, teng huquqlilik va oʻzaro hurmat prinsiplaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq normalariga asoslanib va jinoyat huquqi sohasidagi davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukm etilganlarning jazoni oʻzlari fuqarosi boʻlgan davlatda oʻtashlari jazoni ijro etish maqsadiga samaraliroq erishishga, huquqni buzganlarni jamiyatda normal hayotga qaytarishga koʻmaklashishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumanizm va inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma maqsadlariga erishish uchun quyida koʻrsatilgan atamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) «hukm chiqarilgan davlat» — sudi shaxsni ozodlikdan mahrum etish tarzida jazolash toʻgʻrisida hukm chiqargan Ahdlashuvchi Tomonni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) «hukm ijro etiladigan davlat» — ozodlikdan mahrum etilgan shaxs jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazilayotgan va uning fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) «mahkum» — jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish tarzida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sudi hukm etgan shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) «yaqin qarindoshlar» —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun: qarindosh boʻlgan yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-onalar, aka-ukalar va opa-singillar, er-xotinlar, bolalar, jumladan farzandlikka olinganlar, nabiralar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ukraina uchun: qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ona, ota, er, xotin, bolalar, tugʻishgan aka-ukalar va opa-singillar, nabiralar, buva va buvi, farzandlikka oluvchilar, farzandlikka olinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) «qonuniy vakillar» — har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda shunday deb tan olinganlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) «vakolatli organlar» — mahkumlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarni bajaruvchi Ahdlashuvchi Tomonlarning organlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) «markaziy organlar» —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ukraina uchun — Ukraina Adliya vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnomani bajarish masalalari boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari markaziy organlar orqali bir-birlari bilan aloqada boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Umumiy prinsiplar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Shartnoma shartlariga binoan bir-birlarining soʻrovnomalari boʻyicha hukm chiqargan davlat hududida jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlgan mahkumlarni hukm ijro etiladigan davlatda jazoni oʻtash uchun oʻtkazish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkum fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon sudi hukm chiqargan Ahdlashuvchi Tomonga mahkumni oʻtkazish imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish iltimosi bilan murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudi hukm chiqargan Ahdlashuvchi Tomon mahkum fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonga mahkumni oʻtkazish imkoniyati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish iltimosi bilan murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Mahkumni oʻtkazish protsedurasini qoʻzgʻatish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni u fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonga oʻtkazish protsedurasini qoʻzgʻatish uchun asos boʻlib shu shaxsning yoki uning yaqin qarindoshlarining, yoki uning qonuniy vakilining hukm chiqargan davlatning markaziy organiga yuborilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Mahkumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kelib tushgan soʻrov boʻyicha oʻtkazish uchun rozilik yoki rad etish qarorini ushbu Shartnomaning 8-moddasi 1-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar olingan kundan bir oylik muddatdan kechiktirmay Ahdlashuvchi Tomonning markaziy organi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda u toʻgʻrisida yuborilgan soʻrov yuborilgan shaxsga yoki uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxsga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkumni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Mahkumni oʻtkazish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkum qilingan shaxs ushbu Shartnomaga muvofiq quyidagi shartlar mavjud boʻlsa oʻtkazilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar bu shaxs hukm ijro etiladigan davlat fuqarosi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar hukm qonuniy kuchga kirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) agar oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma olingan vaqtda mahkum yana kamida 6 oy mobaynida jazoni oʻtashi kerak boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) agar mahkum yoki, uning yoshini, jismoniy yoki ruhiy ahvolini eʼtiborga olib, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri buni zarur deb hisoblasa, mahkumning qonuniy vakili oʻtkazishga rozi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) agar hukm chiqarishga asos boʻlgan harakat yoki harakatsizlik hukm ijro etiladigan davlatning qonunlariga koʻra jinoyat deb hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) agar jinoyat tufayli etkazilgan moddiy zarar undirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) agar hukm chiqarilgan davlat va hukm ijro etiladigan davlat mahkumni oʻtkazishga rozi boʻlishsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkumni oʻtkazish imkoniyati va uning yuridik oqibatlari toʻgʻrisida hukm chiqarilgan davlatning jinoiy- ijroiya tizimi boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari tomonidan mahkumga yoki uning qonuniy vakiliga tushuntirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hatto agar mahkumning jazoni oʻtashiga 6 oydan kam vaqt qolgan yoki jinoyat tufayli etkazilgan zarar toʻliq hajmda undirib olinmagan taqdirda ham Ahdlashuvchi Tomonlar mahkumni oʻtkazishga istisno hollarida rozi boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Mahkumni oʻtkazish amalga oshirilmaydigan shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar:

1) ushbu Shartnomaning 5-moddasi 1-bandida sanab oʻtilgan shartlarga rioya qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahkum fuqarosi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon shu Ahdlashuvchi Tomon qonunlariga muvofiq jinoiy taʼqib muddati oʻtganligi oqibatida jazoni amalga oshira olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ushbu Shartnomaning 8-moddasi shartlari soʻrovchi Ahdlashuvchi Tomon tarafidan kerakli tarzda bajarilmagan boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni oʻtkazish amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Maʼlumot taqdim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz zimmalariga quyidagi majburiyatlarni oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgani, shuningdek ularning turish joyi toʻgʻrisida markaziy organlar orqali bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahkumlarga, ularning qonuniy vakillariga, yoki yaqin qarindoshlariga, mahkum fuqarosi boʻlgan davlatga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan istalgan bir Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlariga murojaat qilishlarining imkoniyatini tushuntirish va amalda taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Mahkumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va zarur hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahkumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yozma shaklda tuziladi va unga hukm chiqarilgan davlatning markaziy organi tomonidan quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mahkumning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tutilgan sanasi va joyi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mahkumning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shaxsning hukm qilinishiga asos boʻlgan jinoyat va jazo toʻgʻrisidagi qonun moddalarining matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mahkumning yoki ushbu Shartnomaning 5-moddasi 1-bandi 4-kichik bandida nazarda tutilgan hollarda uning qonuniy vakilining oʻtkazishga rozilik toʻgʻrisidagi yozma arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) hukmning va yuqori turuvchi sud organlarining ish boʻyicha mavjud qarorlarining, hukmning qonuniy kuchga kirishi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jazoning oʻtalgan qismi va jazoning oʻtalishi kerak boʻlgan qismi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qoʻshimcha jazoning, agar u tayinlangan boʻlsa, ijrosi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) mahkum sogʻligʻining ahvoli toʻgʻrisida meditsina xulosasi va xulq-atvorining xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) moddiy zarar mavjudligi va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) boshqa hujjatlarning nusxalari faqat vakolatli organlarning oʻzaro kelishuviga binoan ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanab oʻtilgan barcha hujjatlar bunga vakolati boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Rozilikning ixtiyoriylik kafolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm chiqarilgan davlat ushbu Shartnomaning 5-modda 1-bandining 4-kichik bandiga muvofiq oʻtkazishga rozilik berayotgan shaxs buni ixtiyoriy va bunday rozilikning huquqiy oqibatlarini toʻliq tushunib qilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm chiqarilgan davlat hukm ijro etiladigan davlatga rasmiy shaxs yordamida mahkum shaxsni oʻtkazishga rozilik shu moddaning 1-bandiga muvofiq olinganligini tekshirish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Mahkumning oʻtkazish protsedurasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumni oʻtkazish joyi va tartibi Ahdlashuvchi Tomonlarning jazoni ijro etuvchi organlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar faqat hukm chiqarilgan davlat hududida vujudga kelgan xarajatlardan tashqari, hukm ijro etiladigan davlat tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Jazoni ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm ijro etiladigan davlat, bunda oʻz milliy qonunchiligiga amal qilib, jazoni toʻliq hajmda ijro etilishini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm ijro etiladigan davlat mahkumning ahvolini yomonlashtirmagan holda oʻz qonunlariga muvofiq jazoni oʻtashning davom etishini taʼminlaydi. Hukmni boshqa Ahdlashuvchi Tomon ijro etishi bilan bogʻliq masalalar Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining qonunlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahkumga belgilangan jazo hukm chiqarilgan davlat sudining hukmiga asosan oʻtaladi. Hukm ijro etiladigan davlat sudi chiqarilgan hukmdan kelib chiqib uni ijro etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar hukm ijro etiladigan davlat qonunlari boʻyicha mazkur qilmish uchun ozodlikdan mahrum qilishning cheklangan muddati hukm boʻyicha tayinlangan muddatdan kam boʻlsa, hukm ijro etiladigan davlat sudi ushbu davlatning qonunlarida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etishning eng koʻp muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar hukm ijro etiladigan davlatda bittasi yoki bir nechtasi jinoyat deb eʼtirof etilmaydigan ikki yoki undan ortiq qilmishlarga taalluqli boʻlsa, ushbu davlat sudi jazoning jinoyat deb hisoblanadigan qilmishga nisbatan qoʻllanadigan qismini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻshimcha jazoni ijro etish toʻgʻrisidagi qaror, agar bunday jazo sodir etilgan qilmish uchun ushbu davlat qonunlarida nazarda tutilgan boʻlsa, hukm ijro etiladigan davlat sudi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Afv etish va amnistiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻtkazilgan mahkumga afv etish va amnistiyani qoʻllashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Sudlarning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻtkazilgan mahkumga nisbatan hukmning asosliligini qayta koʻrib chiqish qonuniy huquqiga faqat hukm chiqarilgan davlat egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukm qayta koʻrib chiqilgan taqdirda uni chiqargan davlat hukm ijro etiladigan davlatga sudning hukm bekor qilingani yoki oʻzgartirilgani toʻgʻrisidagi qarorining tasdiqlangan nusxasini darhol joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar mahkum jazoni oʻtash uchun oʻtkazilgandan keyin hukm chiqarilgan davlatda hukm bekor qilingan va ishni yangidan koʻrib chiqish yoki sudda koʻrish nazarda tutilgan boʻlsa, bu toʻgʻridagi qaror nusxasi, jinoiy ish materiallari hamda mahkum yoʻqligida mumkin boʻlgan zarur protsessual harakatlarni oʻtkazish natijalari boʻyicha boshqa materiallar, jinoiy ishning barcha materiallari rus tiliga tarjima qilingan holda, hukm ijro etiladigan davlatga ushbu davlat qonunlariga koʻra jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oqlash asosidagi qoʻshimcha tergov natijalari boʻyicha jinoiy ish toʻxtatilgan yoki sud tomonidan oqlov hukmi chiqarilgan holda asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortish tufayli shaxsga etkazilgan zarar asossiz ravishda hukm qabul qilingan davlat tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar mahkum jazoni oʻtash uchun oʻtkazilgandan keyin hukm uni chiqargan davlat tomonidan oʻzgartirilsa, bu toʻgʻridagi qaror nusxasi va boshqa zarur hujjatlar hukm ijro etiladigan davlatning markaziy organiga joʻnatiladi. Hukm ijro etiladigan davlat sudi bunday qarorni ijro etish toʻgʻrisidagi masalani ushbu Shartnomaning 12-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Oʻtkazishning huquqiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukm ijro etiladigan davlatga jazoni oʻtash uchun oʻtkazilgan shaxsga nisbatan ham xuddi shunday qilmishlarni sodir etganlik uchun ushbu davlat hududida hukm etilgan shaxslarga nisbatan hukm qilishning xuddi shunday huquqiy oqibatlari sodir boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning sudi chiqargan hukmni ijro etish uchun oʻtkazilgan shaxs hukm ijro etiladigan davlat hududida qonuniy kuchga kirgan hukmni chiqarishga sabab boʻlgan ayni shu qilmish uchun qayta jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Tranzit olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunlariga muvofiq, agar boshqa Ahdlashuvchi Tomon unga shunday iltimos bilan murojaat qilsa va agar murojaat qilgan Ahdlashuvchi Tomon uchinchi davlat bilan shunday shaxsni uning hududiga yoki uning hududidan oʻtkazish toʻgʻrisida kelishgan boʻlsa, uning hududi boʻylab mahkum shaxsni tranzit tarzda olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimosni qondirishi mumkin. Bunda mahkumni qamoqda saqlashning zarur sharoitlari taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahkum shaxsni tranzit tarzda olib oʻtishni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni shunday olib oʻtish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat qilgan Ahdlashuvchi Tomon qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Vujudga keladigan masalalarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomani qoʻllashda paydo boʻladigan masalalarni Ahdlashuvchi Tomonlarning markaziy organlari hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Til
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomani bajarishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlat tillaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat tillarida bajarilgan hujjatlarga rus tilidagi tasdiqlangan tarjimalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Qoʻllash vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning amal qilishi Ahdlashuvchi Tomonlar sudlari tomonidan Shartnoma kuchga kirgunicha hukm etilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning ular qatnashchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Kuchga kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinadi va Ahdlashuvchi Tomonlar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashgandan keyin oʻttiz kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shartnoma belgilanmagan davrga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnomaning amal qilishi Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomasini olgan sanadan boshlab olti oy oʻtgach toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiyev shahrida 1998-yil 19-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma matnini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilida bayon qilingan matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)