Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Toshkent shahar hududida joylashgan koʻp qavatli uylar yoʻlaklarini taʼmirlash va namunali darajada saqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-yil, 15-son, 122-modda) Qonunining ijrosini taʼminlash, kommunal sohadagi islohotlarni izchillik bilan davom ettirish, turar va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni zamon talablari darajasiga yetkazish, taʼmirlash, namunali saqlash va xizmat koʻrsatish ishlarini sifatli bajarish hamda koʻp qavatli uylarda yashaydigan fuqarolarning havfsizligini taʼminlash maqsadida, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining kommunal xoʻjalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi, Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar boʻlimining koʻp qavatli uylarni zamon talablari darajasiga yetkazish, namunali saqlash, yoʻlaklarni taʼmirlash va kirish eshiklarni qulflar bilan jihozlash boʻyicha takliflari maʼqullansin.
2. Koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklarini taʼmirlash, kirish eshiklariga qulflar oʻrnatish boʻyicha manzilli jadval ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar boʻlimi, tuman hokimliklariga:
koʻp qavatli uylarda yashaydigan uy boshi va yoʻlak boshlarining faoliyatini jonlantirish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan hamkorlikda targʻibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish choralarini koʻrish;
lozim hollarda, koʻp qavatli uylarda yashaydigan obroʻli, vatanparvar, fidoiy fuqarolardan shirkat raislari, fuqarolarni jalb qila oladigan yashovchilarni uy boshi va yoʻlak boshi lavozimlariga qayta saylash masalalarini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
4. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan hamkorlikda koʻp qavatli uylarda yashaydigan fuqarolarning uy-joy fondida yashash qoidalariga rioya etish, yoʻlaklar va yoʻlak eshiklarini namunali ravishda saqlash madaniyati va masʼuliyatini oshirish maqsadida fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish topshirilsin.
5. Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, tuman hokimliklari hamkor tashkilotlar bilan birga namunali faoliyat yuritayotgan xususiy uy-joy mulkdorlarining ilgʻor tajribalarini keng targʻib qilish maqsadida “Eng namunali xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati”, “Eng namunali koʻp qavatli uy”, “Eng namunali koʻp qavatli uy kirish yoʻlak boshi” va “Eng namunali professional boshqaruv kompaniyasi” koʻrik tanlovlarni tuman hamda shahar bosqichlarini yuqori saviyada oʻtkazish tavsiya etilsin.
6. Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkat rahbarlari, uy boshi va yoʻlak boshlariga:
shaharsozlik normalari va qoidalariga zid ravishda taʼmirlash va qayta qurish ishlarini amalga oshirgan, sanitariya-gigiyena qoidalariga koʻp qavatli uylar mulkdorlarini rioya etmayotgan taqdirda ogohlantirish;
aholi oʻrtasida koʻrsatilgan kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari uchun oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirish va vujudga kelgan debitorlik qarzlarni toʻlash boʻyicha alohida tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
7. Toshkent shahar hokimining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi (A. Akramov), Axborot xizmati (X. Ermatov): mazkur qaror “Toshkent oqshomi” va “Вечерный Ташкент” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
8. Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi va tuman hokimliklari ushbu qarorni ijro etilishining borishi toʻgʻrisida 2013-yil 1-iyuliga qadar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga axborot taqdim etsinlar.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining kommunal xoʻjalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga yuklansin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-aprel,
230/4-25-son
Koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklarini taʼmirlash, kirish eshiklariga qulflar oʻrnatish boʻyicha manzilli jadval
| T/r |
Tuman nomi |
Kirish yoʻlaklari umumiy soni |
Bundan |
Bundan |
Ijrochi | ||||||
| taʼmir talabi soni |
qulf |
aprel | may | iyun | | ||||||
| kirish yoʻlaklarini taʼmirlash |
qulf oʻrnatish |
kirish yoʻlaklarini taʼmirlash |
qulf oʻrnatish | kirish yoʻlaklarini taʼmirlash |
qulf oʻrnatish | Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari | |||||
| 1. | Bektemir | 728 | 105 | 643 | 86 | 235 | 10 | 72 | 9 | 381 | |
| 2. | Mirobod | 2308 | 1136 | 1215 | 331 | 520 | 347 | 270 | 466 | 497 | |
| 3. | Mirzo Ulugʻbek | 5418 | 1909 | 2091 | 1010 | 852 | 497 | 616 | 423 | 644 | |
| 4. | Olmazor | 3341 | 1002 | 2179 | 822 | 1948 | 264 | 448 | 60 | 372 | |
| 5. | Sergeli | 3081 | 1242 | 1257 | 1073 | 898 | 229 | 260 | 159 | 193 | |
| 6. | Uchtepa | 3162 | 647 | 938 | 670 | 225 | 107 | 371 | 21 | 340 | |
| 7. | Hamza | 3444 | 1003 | 1214 | 465 | 742 | 174 | 279 | 362 | 352 | |
| 8. | Chilonzor | 5057 | 1904 | 3896 | 1471 | 2466 | 346 | 881 | 358 | 1056 | |
| 9. | Shayxontoxur | 2769 | 884 | 1690 | 650 | 940 | 137 | 411 | 109 | 342 | |
| 10. | Yunusobod | 5160 | 1890 | 3894 | 924 | 1533 | 550 | 841 | 538 | 1800 | |
| 11. | Yakkasaroy | 1647 | 613 | 890 | 245 | 332 | 345 | 266 | 0 | 280 | |
| |
Jami |
36115 | 12315 | 19907 | 3246 | 3666 | 3006 | 4715 | 2505 | 6257 | |