Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF–3932-sonli Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 19-apreldagi PF–4533-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 19-apreldagi PQ–1958-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-sonli “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 19-apreldagi PF-4533-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-iyun,
185-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 185-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 63-modda):
a) Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
3-bandga quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“meliorativ obyektlardagi oldindan koʻrib boʻlmaydigan ishlar — meliorativ obyektlardan foydalanish davomida aniqlangan Davlat dasturi bilan qamrab olinmagan bajarilishi zarur boʻlgan taʼmirlash-tiklash ishlari”;
oʻn yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn sakkizinchi — yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin;
6-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 16-bandning oltinchi xatboshidagi “mexanizmlar” soʻzi “boshqa mexanizatsiyalash vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “chora-tadbirlarni” soʻzlari “va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “meliorativ texnika” soʻzlari “melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “meliorativ texnika” soʻzlari “melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi oʻrinlarda QKBD deb ataladi);
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Fermerlari kengashi” soʻzlari qoʻshilsin;
16-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Meliorativ ekspeditsiya” soʻzlari “Meliorativ ekspeditsiya bilan birgalikda QKBD” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “va korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “tumanlar hokimliklari rahbarlari” va “energetika va aloqa boshqarmalari boshliqlari” soʻzlaridan keyin tegishli ravishda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar Fermerlar kengashlari” va “QKBD” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi va yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarning xarajatlari smetalari boʻyicha takliflar;
viloyatlar va texnika turlari boʻyicha “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi bilan kelishilgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini taqsimlash boʻyicha takliflar;
30-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlarni va ulardagi inshootlarni, vertikal drenaj quduqlarni, nasos stansiyalarini, kuzatish tarmoqlarini, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini tiklash va taʼmirlash, shuningdek meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlar – QKBD;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga topshiriqlar:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha — Departament tomonidan;
meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha — QKBD tomonidan meliorativ ekspeditsiyalar bilan birgalikda tayyorlanadi.
Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqishga topshiriqlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari mutasaddi rahbarlari, havza boshqarmalari, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy organlari, zarurat boʻlganda — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlari rahbarlari bilan kelishiladi”;
37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlarni taʼmirlash va tiklash ishlari ishchi loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Meliorativ nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlarni taʼmirlash va tiklash ishlari boʻyicha ishchi loyihalar havza boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishchi komissiyalar tomonidan tuzilgan nuqsonlar dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ishchi komissiya tarkibiga QKBD, meliorativ ekspeditsiya, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi, Departament, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tegishli suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Favqulodda hollarda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlar Departament bilan kelishgan holda alohida lokal smetalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Lokal smetalar loyiha tashkilotlari tomonidan tuziladi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy ekspertiza boshqarmalarida ekspertizadan oʻtkaziladi va QKBD tomonidan tasdiqlanadi”;
VII boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish, kelishib olish va tasdiqlash
SXEMASI
SXEMASI
1. 1-maygacha meliorativ obyektlarning texnik holatini va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini oʻrganish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish, muhokama qilish, shuningdek tumanlar hokimlari bilan kelishish.
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni umumlashtirish va 15-maygacha boʻlgan muddatda QKBD va meliorativ ekspeditsiyaga taqdim etish.
3. Ishchi guruhlarning takliflarini tahlil qilish va umumlashtirish, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturni shakllantirish va havza boshqarmasi suv xoʻjaligi kengashi aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tumanlar hokimlari (viloyat hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi) huzurida uning taqdimotini oʻtkazish.
4. 25-maygacha boʻlgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni koʻrib chiqish uchun Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etish.
5. 1-iyungacha boʻlgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni tahlil qilish, ekspertizadan oʻtkazish va umumlashtirish, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining ITK va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish kengashi majlisida muhokama qilish.
6. 5-iyungacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish.
7. Koʻrib chiqish va 15-iyungacha boʻlgan muddatda xulosalar berish.
8. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha takliflar va xulosalarni oʻrganib chiqish hamda 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarma Kengashiga taqdim qilish.
9. Kelgusi yil uchun manzilli dasturni hamda amalga oshirish yoʻnalishini muhokama qilish va tasdiqlash.
10. Loyihani amalga oshirish”;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning gʻaznachilik hisob raqamida jamlanadi”;
ikkinchi xatboshiga “Davlat budjeti” soʻzlaridan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanadigan yagona yer soligʻi boʻyicha tushumlarga muvofiq boʻlgan Davlat budjetidan ajratmalar Jamgʻarma mablagʻlarining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida ajratiladi”;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Meliorativ tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga taqdim etilgan buyurtmanomalari asosida Jamgʻarmaning gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. Departament Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalarining manzilli dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtiradi.
Loyihalarning tasdiqlangan manzilli roʻyxati, buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan kontrakt va boshqa moliyaviy hujjatlar moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi”;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Departament Jamgʻarma mablagʻlarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, magistral kollektorlarni taʼmirlash va tiklash obyektlari boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi, shuningdek qaytarish asosida mablagʻlar berish yoʻli bilan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari (keyingi oʻrinlarda melioratsiya texnikasi deb ataladi) xarid qilinishini moliyalashtiradi.
Departament tumanlararo kollektorlarni, xoʻjaliklararo kollektor-drenaj tarmoqlarini, meliorativ nasos stansiyalari (agregatlari)ni, vertikal drenaj quduqlarini va kuzatish tarmoqlarini taʼmirlash va tiklash obyektlari boʻyicha moliyalashtiruvchi organ hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi oʻrinlarda QKBD deb ataladi) esa — buyurtmachilar va Jamgʻarma mablagʻlarining quyi taqsimlovchilari hisoblanadilar”;
quyidagi mazmundagi 91 va 92-bandlar qoʻshilsin:
“91. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga loyihalarni moliyalashtirish qatʼiy ravishda kapital qoʻyilmalarning ajratilgan limitlari doirasida amalga oshiriladi.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda Davlat dasturi boʻyicha nazarda tutilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda, shu jumladan foydalanish tusidagi ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Loyihalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish qatʼiy ravishda kapital qoʻyilmalarning ajratilgan limitlari doirasida amalga oshiriladi.
92. Qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Magistral kanallarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxatlari, magistral kollektorlar bundan mustasno, tegishli QKBD tomonidan tayyorlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashga, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, melioratsiya texnikasini xarid qilishga Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Departamentning xarajatlar smetasi va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlar asosida amalga oshiriladi.
Meliorativ obyektlardagi taʼmirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish favqulodda hollarda (meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlari va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlar) nuqsonli dalolatnomalar asosida tuzilgan tasdiqlangan lokal smetalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
11. Pudrat meliorativ ishlarni moliyalashtirish Buyurtmachi bilan uning pudratchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida obyektma-obyekt quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qurilishning prognozlashtirilayotgan yiliga qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida tanlov savdolari (tenderlar) natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda avans toʻlovlari ajratish;
ajratilgan avansni mutanosib ushlab qolish hisobga olingan holda bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolat muddati tamom boʻlgandan keyin obyekt qiymatining 5 foizini toʻlash”;
12 va 14-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi”;
15-banddagi “belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari” soʻzlari “tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Departament tomonidan asoslangan amaldagi xarajatlar boʻyicha tegishli mutaxassislar ishtirokida QKBD tomonidan tuzilgan lokal smetalar asosida amalga oshiriladi.
Bunda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlariga va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarga avans berish irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining boshliqlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan nuqsonli dalolatnomalarga muvofiq xarajatlar qiymatining 50 foizigacha miqdorda amalga oshiriladi, uzil-kesil moliyalashtirish esa tasdiqlangan lokal smetalar doirasida amalda bajarilgan ishlar qabul qilib olingandan keyin amalga oshiriladi.
Meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarni amalga oshiruvchi loyiha va pudrat tashkilotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari (viloyat hokimining oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan protokol qaror bilan tayinlanadilar”;
17-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Melioratsiya texnikasini xarid qilishga mablagʻlar Jamgʻarmaning asosiy parametrlarida tasdiqlangan limitlar doirasida ajratiladi”;
III boʻlimga quyidagi mazmundagi 181—1811-bandlar qoʻshilsin:
“181. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan gʻaznachilikning hududiy boshqarmalariga quyidagilar taqdim etiladi:
loyihalarning manzilli roʻyxati (loyiha-qidiruv hujjatlari va ilmiy-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati);
loyihaning titul roʻyxati (qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha);
buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish uchun shartnoma va tanlov savdolari (tender) natijalari toʻgʻrisida buyurtmachining hisoboti nusxalari;
qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha) Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasining ruxsatnomasi nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasining xulosasi nusxasi (zaruriyat boʻlganda).
182. Loyihalarni moliyalashtirish Departament tomonidan berilgan “tayinlash sertifikatlari” asosida amalga oshiriladi.
183. Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Departamentning gʻaznachilik hisob raqamiga tushadigan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun bosh pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan bosh pudrat shartnomalari sonidan qatʼi nazar, ikkitadan ortiq boʻlmagan ikkilamchi depozit hisob raqamlari (moliyalashtirish hisob raqamlari) ochiladi. Bunda bir hisob raqami – rekonstruksiya qilish va qurish obyektlari uchun, ikkinchi hisob raqami – taʼmirlash va tiklash obyektlari uchun.
“Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi uchun melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish boʻyicha Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni oʻtkazish va hisobga olish uchun maxsus alohida ikkilamchi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochiladi.
184. Departament taʼminoti Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasiga berilgan qarz mablagʻlari boʻyicha marja shaklida olinadigan Jamgʻarma daromadlari hisobiga Gʻaznachilikning hududiy boshqarmasida ochiladigan alohida hisob raqamidan amalga oshiriladi.
185. Meliorativ obyektlardagi taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha, magistral kanallar bundan mustasno, buyurtmachining xizmatlari uchun haq toʻlash yuzasidan QKBD taʼminoti belgilangan tartibda tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetalarida taʼmirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
186. Hududiy boshqarmalarning shaxsiy hisob raqamidan pul mablagʻlarini oʻtkazish buyurtmachi tomonidan toʻlov topshirigʻi taqdim etilgan kundan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
187. Buyurtmachi toʻlov topshiriqlari qurilishning manzilli yoki titul roʻyxatiga qatʼiy muvofiqligi uchun javob beradi.
Toʻlov topshirigʻiga “maʼlumotnoma – hisob raqami – faktura” yoki bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi hisob raqami – faktura ilova qilinadi.
188. Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari qonun hujjatlariga muvofiq mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradilar.
189. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning manzilli yoki titul roʻyxatiga va unda koʻrsatilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq boʻlmagan toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
1810. Joriy moliyalashtirish Departament tomonidan har oyda qurilish ishlarining amalda bajarilgan hajmlari hisobga olingan holda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.
1811. Loyihani amalga oshirish qatnashchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
5-iyungacha – joriy yilda Jamgʻarma asosiy parametrlarining kutilayotgan ijrosini va meliorativ tadbirlar turlari boʻyicha, shuningdek kelgusi yilda melioratsiya texnikasini xarid qilishga xarajatlar prognozini tahlil qiladi;
10-iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kelgusi yilda meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish prognozini taqdim etadi”;
“Jamgʻarma mablagʻlari xarajatlari prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan” soʻzlari “Jamgʻarma mablagʻlari xarajatlari prognozi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Departament tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlarini va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarni moliyalashtirish uchun zaxira tashkil etilishi nazarda tutilishi kerak (taʼmirlash-tiklash ishlariga mablagʻlar hajmining 5 foizigacha miqdorda)”;
26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Jamgʻarma Kengashi kelgusi yilga Jamgʻarma xarajatlari prognozi olingan kundan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli dasturini;
meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning manzilli dasturini;
loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining manzilli dasturini;
xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi roʻyxatini;
meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlariga va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarga zaxira xarajatlar miqdorini;
Davlat dasturiga kiritilgan boshqa ishlarni Departament va Kengash aʼzolari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
27. Departament bir hafta muddatda tegishli hududda amalga oshiriladigan meliorativ obyektlarni taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning tasdiqlangan manzilli dasturlarini QKBDga yuboradi”;
ikkinchi xatboshidagi “meliorativ ekspeditsiyalar” soʻzlari “QKBD” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “va boshqa asbob-uskunalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. QKBD va “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi Departament tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish toʻgʻrisida oylik, yil choragi va yillik hisobotlarni Departamentga taqdim etadilar”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisobotlarini, meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash xarajatlarini, shu jumladan meliorativ obyektlardagi avariya-tiklash ishlariga va oldindan koʻrish mumkin boʻlmagan ishlarga xarajatlar boʻyicha materiallar va hisobotlarni olish;
gʻaznachilikning hududiy boshqarmalaridan va banklardan pudrat qurilish tashkilotlari boʻyicha materiallarni hamda maxsus va hisob-kitob raqamlaridagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish”;
oltinchi va toʻqqizinchi xatboshidagi “meliorativ ekspeditsiyalar” va “meliorativ ekspeditsiyalardan” soʻzlari tegishli ravishda “QKBD” va “ QKBDdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidan “belgilangan tartibda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “jazo” soʻzi “taʼsir koʻrsatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “b” kichik bandining sakson toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 969-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)