26.05.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Terrorizmga, siyosiy, diniy hamda boshqa xildagi ekstremizmga, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er yuzida terrorizm hodisasining turli shakl va koʻrinishlarda keng yoyilishi davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarga tahdid solishi, inson huquqlarini poymol etishi, jamiyatning asosiy erkinliklari hamda demokratik negizlariga putur yetkazishidan tashvishlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz davlatlari fuqarolarining hayoti, huquqi va qonuniy manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan ishonchli muhofaza etishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlar xavfsizligini izdan chiqarishga, millatlar orasida mojaro keltirib chiqarishga, konstitutsion va ijtimoiy tuzumni kuch ishlatib oʻzgartirish maqsadida siyosiy, diniy va boshqa xildagi ekstremizmdan foydalanishga urinishlar yoʻlini toʻsish niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishi ular xalqlarining sogʻligʻi hamda turmush farovonligiga jiddiy xavf soladigan, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy negizlariga daxl qiladigan muammo ekanligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash, davlatlar oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik, doʻstona munosabatlar hamda hamkorlikni rivojlantirish borasidagi maqsad va prinsiplariga sodiq ekanliklarini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim qoidalari hamda oʻz davlatlarining qonunlari va xalqaro majburiyatlariga amal qilgan holda terrorizmga, siyosiy, diniy va boshqa xildagi ekstremizmga, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (bundan keyin — giyohvandlik moddalari)ning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashda oʻz vakolatli organlari orqali hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimga binoan quyidagilar vakolatli organlar deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi uchun — Ichki ishlar vazirligi, Xavfsizlik vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻz vakolatli organlari roʻyxatiga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisida bir-birlariga zudlik bilan xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitimni bajarishda vakolatli organlar bir-birlari bilan bevosita hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar konstitutsiyaviy va ijtimoiy tuzumni kuch ishlatib oʻzgartirishga, oʻz davlatlari hududiy yaxlitligining buzilishiga, terrorizmga, siyosiy, diniy va boshqa xildagi ekstremizmga, giyohvandlik moddalarini noqonuniy yurgizishga urinishlariga qarshi kelishilgan harakatlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, ushbu Bitimning 2-moddasi qoidasini eʼtiborga olib hamda oʻz davlatlarining qonunlaridan kelib chiqib, quyidagi jinoiy qilmishlarning oldini olish, aniqlash, bartaraf etish hamda ochib tashlashda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizm va qoʻporuvchilik holatlari, siyosiy, diniy va boshqa xildagi ekstremizm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy, diniy va boshqa xildagi ekstremistlarni tayyorlash boʻyicha yashirin markazlarning tashkil etilishi hamda faoliyat yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
millatlar oʻrtasida mojaro keltirib chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirishda quyidagi shakllarda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarga aloqador jismoniy hamda yuridik shaxslarni, tashkilotlarni aniqlash, jinoyatlarning oldini olish va ochib tashlashga yordam beradigan maʼlumotlarni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshigʻich qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy taʼqibdan yoki jazoni oʻtashdan qochib yurgan, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar, voqealar, narsalar va hujjatlar, giyohvandlik moddalarini kontrabanda qilishning yoʻnalish va usullari, yangi giyohvandlik moddalari va ularni tayyorlash texnologiyasi, shuningdek unga qarshi kurashning metodlari va vositalari toʻgʻrisidagi axborotni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuzasidan tajriba almashish, jumladan stajirovkalar, konsultatsiyalar, seminarlar va oʻquv kurslarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar va boshqa xil meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni almashish, oʻquv va metodik asarlarni almashishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamkorlikning koʻlami hamda konkret shakllari manfaatdor vakolatli organlar tarafidan, ehtiyoj va sharoitning oʻzgarishiga qarab, shuningdek ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida hamkorlik Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari yordam soʻrab bergan soʻrovlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yordam soʻrab beriladigan soʻrovlar yozma shaklda yuboriladi. Yordam toʻgʻrisidagi soʻrovning haqiqiyligi yoki uning mazmuni borasida shubha tugʻilsa, uni tasdiqlab berish soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yordam soʻrab beriladigan soʻrovda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yordam berishni soʻrayotgan vakolatli organning va soʻrov yoʻllanayotgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish mohiyatining bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrovdan maqsad va uning asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻralayotgan yordamning mazmuni koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shu jumladan, zarurat va imkoniyatga qarab, soʻrovda quyidagilar ham boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishga aloqador shaxslarning ismi va familiyasi, laqabi, ularning tugʻilgan vaqti va joyi, fuqaroligi, kasb-kori, doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishga aloqasi boʻlgan yuridik shaxslar, muassasa va tashkilotlarning nomlanishi va joylashgan oʻrni haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qilmish yoki voqeaning bayoni, jinoiy ishlar boʻyicha esa — soʻrayotgan Tomon davlatining qonunlariga muvofiq qilmishning toifasi hamda qoʻllanadigan qonun tegishli moddasining matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) javob olinishi kerak boʻlgan savollar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soʻrovni bajarish chogʻida amal qilish kerak boʻlgan alohida tartib bayoni hamda bu zaruratning asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) soʻrovni bajarishda foydasi tegishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday maʼlumotni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Bitim doirasida maʼlumotlarni vakolatli organlar bir-biriga oʻz tashabbuslariga koʻra soʻrovsiz yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻrovni bajarish soʻralayotgan Tomon davlatining milliy xavfsizligi yoki boʻlak manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin boʻlsa, yoxud uning milliy qonunlari yoinki xalqaro majburiyatlariga zid kelsa, ushbu Bitim doirasida yordam koʻrsatishdan toʻla yoki qisman voz kechilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar soʻrovda koʻrsatilgan qilmish soʻralayotgan Tomon davlatining qonunlariga koʻra jinoyat deb hisoblanmasa, soʻrovni bajarish rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovni bajarishni rad etishga qaror qilingan taqdirda soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi rad etish sababini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻrovni bajarish uchun zarurati bor deb topgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻrovni tezda, toʻlaligicha hamda sifatli qilib bajarish uchun barcha choralarni koʻradi. Soʻrovni bajarishga toʻsqinlik qiladigan yoki uni sekinlashtiradigan sabablar mavjud boʻlsa, bu toʻgʻrida soʻrayotgan vakolatli organ darhol xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovni bajarishda soʻralayotgan Tomon davlatining qonunlari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi iltimosiga koʻra, soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻrov va uning mazmuni maxfiyligini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻradi. Soʻrov maxfiyligini saqlagan holda uni bajarishning iloji topilmasa, soʻralayotgan Tomon davlati bu toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organini xabardor qilib, bunday sharoitda soʻrovni bajarish- bajarmaslikni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organi iltimos qilsa, soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻrovni bajarishning borishi toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organi soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organini soʻrovni bajarish natijalaridan zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari qonunlari va imkoniyatlari doirasida, jumladan har qanday uchinchi davlat bilan oʻzaro maqbul kelishuvlar asosida, oboroti maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan narsa, vosita va moddalarni nazorat qilinadigan yetkazib berish usulini bu narsa, vosita va moddalarning noqonuniy oborotida ishtirok etuvchi shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy taʼqib etish maqsadida tegishlicha ishlatishni koʻzda tutadigan zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz davlatlarining vakolatli organlariga ularning hududlarida jinoyatlarning oldini olish, ochish va tekshirish, jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash, jinoyatchilarni qidirish boʻyicha qoʻshma oshigʻich qidiruv tadbirlarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishga rozi boʻldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Tomon davlati vakolatli organlarining vakillari tegishli soʻrovlar asosida va ruxsat olinganidan keyin xizmat topshiriqlarini bajarish, oshigʻich qidiruv tadbirlarni va tergov harakatlarini oʻtkazishda koʻmaklashish uchun boshqa Tomon davlati hududiga xizmat safariga yuborilishlari mumkin. Xizmat safariga yuborilgan xodimlarga ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, xizmat safarida boʻlish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etishda zarur koʻmak beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim 9-moddasining 2-bandida koʻzda tutilgan hollarda koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan va soʻrayotgan vakolatli organlarning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarining maqsadi va uning muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro harakat miqyoslari va amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport toʻgʻrisida maʼlumotlar (agar avtotransport vositalarida borish rejalashtirilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan shaxsiy qurol, unga oʻq-dorilar, maxsus vositalar va individual himoya vositalari (qurol va mazkur vositalar bilan xizmat safari rejalashtirilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa zarur axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday soʻrov boʻyicha qaror soʻralayotgan vakolatli organ tomonidan soʻrov olingan daqiqadan boshlab besh kunlik muddatdan kechiktirmay qabul qilinadi va u toʻgʻrisida soʻrayotgan vakolatli organga darhol maʼlum qilinadi. Zarur holda soʻralayotgan vakolatli organ soʻrayotgan vakolatli organdan qaror qabul qilish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar olish huquqiga ega, soʻrovni qondirishga rozilik esa maʼlum shartlar bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xizmat safariga yuborilgan xodimlarning biriktirilgan shaxsiy quroli, unga oʻq-dorilar, maxsus vositalar va individual himoya vositalari bilan boʻlishiga ruxsatni soʻralayotgan Tomon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlari vakolatli organlarining xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini hududida bu tadbirlar oʻtkazilayotgan davlatning vakolatli organlari ishtiroki va nazoratida hamda uning qonunlariga rioya qilgan holda oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tadbirlar hududida bu tadbirlar amalga oshirilayotgan davlatning tegishli vakolatli organi ularni toʻxtatish toʻgʻrisida talab qoʻyishi bilanoq toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitim doirasida bir-birlaridan olinadigan axborotning, agar bu axborot yopiq xarakterga ega boʻlsa yoki beruvchi Tomon uning tarqatilishini nomaqbul deb hisoblasa, maxfiyligini taʼminlashga rozi boʻldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim doirasida olingan axborot, texnik vositalar, qurilma va materiallarni uchinchi tomonga berish zarurati boʻlsa, ularni taqdim etgan Tomonning yozma roziligini olish talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar bir-birlaridan olgan axborot faqatgina ushbu Bitimda belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin. Beruvchi Tomon axborotning toʻgʻriligini, shuningdek zarur boʻlganida, tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalarni berishni taʼminlaydi. Axborotni qabul qilish, roʻyxatga olish, saqlash, ishlatish va yoʻq qilish milliy qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. Barcha hollarda Tomonlar begona shaxslarning axborotdan foydalanishlaridan, uning ruxsatsiz oʻzgartirilishi, yoʻq qilinishi yoki tarqatilishidan samarali himoyani taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlati vakolatli organlari yoki ularning xodimlari boshqa Tomon davlati jismoniy va yuridik shaxslariga yetkazgan ziyon shu Tomon davlati qonunlariga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha xarajatlarni Tomonlar mustaqil ravishda, ular oʻz majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur boʻlgan chegaralarda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur boʻlganida Tomonlar ushbu Bitimdan kelib chiqadigan harakatlarni amalga oshirish uchun birgalikdagi xarajatlarni qoplaydilar, bu tegishli kelishuvlar orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar bir-birlariga bepul, jumladan ushbu Bitim doirasida jinoyatlarning oldini olish boʻyicha aniq masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan qurilma va materiallar bilan yordam berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasida hamkorlikni huquqiy tartibga solishni mukammallashtirishga, terrorizm uchun, siyosiy, diniy va boshqa ekstremizm uchun, giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishi uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi milliy qonunlarni yaqinlashtirishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlar oʻrtasida ikkala davlat vakolatli organlari oʻzaro harakatining shartlari va tartibi yanada batafsil belgilanadigan boshqa bitimlarning imzolanishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni mustahkamlash va samaradorligini oshirish masalalarini koʻrib chiqish maqsadida Tomonlar oʻz davlatlari vakolatli organlarining teng sonli vakillaridan Idoralararo qoʻshma komissiya tuzishga qaror qildilar. Bu komissiya oʻz vakolati doirasida qarorlar chiqaradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Komissiya oʻz ishining reglament va protsedurasini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo qoʻshma komissiya, zaruratga qarab, Tomonlar davlatlarining hududlarida navbatma-navbat yigʻiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash yoki talqin qilish boʻyicha har qanday bahslarni Tomonlar maslahatlashish va muzokaralar orqali hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarishda Tomonlar rus tilidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning ular ishtirokchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning roziligi bilan ushbu Bitimga alohida protokollarda rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va besh yil davomida amal qiladi. Agar Tomonlar boshqa qaror qabul qilmasalar, Bitim keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi. Tomonlardan har biri boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilish yoʻli bilan ushbu Bitimni bekor qilishi mumkin. Boshqa Tomon bunday xabarnomani olgan kundan boshlab olti oy oʻtgach, Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjand shahrida 1999-yil 26-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)