Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1790-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 11-sentabrdagi 41-son, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 9-sentabrdagi 209-MN-son, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-sentabrdagi 21/4-sonli ““Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1790-2, 22.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 209-modda), “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 330-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2008-yil 10-martdagi 22, 301-V, 10-8/719-son qarori (roʻyxat raqami 1790, 2008-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 16-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-iyun,
58-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-iyun,
12/7-son
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-iyun,
27-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 58, 12/7, 27-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlaridan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Talab qilib olinguncha maxsus depozit hisobvaraqlarini ochish, yopish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek boshqa bankka oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan belgilanadi.”.
2. 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 6-oktabrdagi 25/4-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (roʻyxat raqami 1080, 10.11.2001-y.)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 17-bandning “b” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 41-bandning “e” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli hududiy organlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan “Oʻzbekiston pochtasi” OAJda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni toʻlash hamda ushbu operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar tartibi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2394, 2012-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 40-son, 470-modda) bilan tartibga solinadi.”.
6. 43-bandda:
a) “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli hududiy organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy organlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 13-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 329-modda)