22.12.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlar, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida 1992-yil 30-maydagi Shartnomaga va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi qatnashchilari boʻlgan davlatlar oʻrtasida «Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida» 1992-yil 26-iyundagi Bitimga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1968-yil 1-iyuldagi Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma tartibini mustahkamlashga sodiqlikni tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishga va odamlar farovonligining oʻsishiga yordam berishini, shuningdek eng yangi ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga va tabiiy organik yoqilgʻi resurslarini saqlab qolishga koʻmaklashishini qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi qatnashchilari boʻlgan davlatlarning Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishdagi hamkorlikni rivojlantirish, yadro qurilmalarining xavfsizligini oshirishning 1997-yil 17-yanvardagi istiqbol rejasiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi, yadro texnologiyalari, ekologiya, shuningdek yadro, texnika va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi muammolarning hal etilishi uchun oʻz xalqlari va xalqaro hamjamiyat oldidagi javobgarlikni anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish, ishlar, xizmatlar va oʻzlarining milliy yadro dasturlarining talablari va ustunliklariga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida kelishilgan siyosatni ishlab chiqish uchun oʻzlarining tegishli tashkilotlari orqali hamkorlikni rivojlantiradilar va chuqurlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim prinsiplariga amal qilib, Tomonlar hamkorlikni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radioaktiv materiallar ishlab chiqarish, jumladan Tomonlarning kelishib olingan mavjud qarorlariga nisbatan ilgari rejalashtirib qoʻyilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi va radioaktiv materiallar ishlab chiqarish sohasida ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlari xavfsizligi muammosi boʻyicha tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna, butlovchi buyumlar, asboblar, ehtiyot qismlar va materiallar, jumladan yadro materiallari hamda yoqilgʻi etkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining xom ashyo va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda yadro yoqilgʻisi siklini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan yadro yoqilgʻisini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydonlarni foydalanishdan chiqarish, radioaktiv qoldiqlardan xoli qilish, tiklash yoki atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlarini konservatsiya qilingan holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlarining yadro va radiatsiya jihatdan xavfsizligini taʼminlovchi namunaviy foydalanish hujjatlarini va meʼyoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro materiallarini hisobga olish va ularni nazorat qilish hamda atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlarini jismoniy himoya qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro va radiatsiya xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish hamda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi, radioaktiv materiallar ishlab chiqarish sohasida ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlarining yadro, radiatsiya va texnik jihatdan xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda hodisalarning oldini olish va bunday holatlardagi harakatlarga oid ishlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan kelishib olingan nomenklatura boʻyicha uskuna, asbob, buyumlar va materiallarni qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro materiallari va radioaktiv moddalarni tashish, jumladan Tomonlar davlatlari hududlari orqali ularning tranziti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar omborlari va ular koʻmiladigan joylarni tashkil etish va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash boʻyicha ishlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro va radiatsiya xavfsizligi boʻyicha qoidalar va meʼyorlarni hamda transport-joylash-oʻrash komplektlariga sertifikat-ruxsatnomalarni oʻzaro tan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarida va oʻquv-mashq markazlarida kadrlarni kelishilgan dasturlar boʻyicha tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim bilan nazarda tutiladigan hamkorlik quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma ilmiy-texnik dasturlarni rejalashtirish va ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma ilmiy va texnik tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasidagi yadro qurilmalari va ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlaridan foydalanishda, radioaktiv materiallar ishlab chiqarishda, yadro qurilmalari uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish va tuzatishda, ehtiyot qismlar bilan taʼminlashda, uskunalar tayyorlash sifatini nazorat qilish va ularni qabul qilib olishda, favqulodda holatlardagi harakatlarga oid tadbirlarni oʻtkazishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro qurilmalari, atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlaridan xavfsiz foydalanish, favqulodda holatlardagi harakatlarga tayyorlik, xodimlar malakasi darajasini baholashni birgalikda nazorat qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro qurilmalari va atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat kompleksi obʼektlaridan foydalanish masalalari boʻyicha tezkor axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maslahatlashishlar oʻtkazish va fan-texnika yutuqlari va ishlab chiqarish tajribasi bilan tanishish uchun mutaxassislarni safarga joʻnatish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra hamkorlikning boshqa shakllaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtirish va ushbu Bitimning bajarilishini nazorat qilish uchun Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma komissiyasi tuziladi. Bu komissiya ushbu Bitimni bajarish davomida hamkorlikni samarali amalga oshirish, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining manfaatdor tashkilotlari tomonidan taklif etilgan hamkorlikning aniq loyihalari va dasturlarini tasdiqlash va loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun vakolatli tashkilotlarni aniqlash uchun zarur boʻladigan harakatlarni qiladi va tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan komissiya majlislari muntazam ravishda, lekin yilda kamida bir marta navbati bilan Oʻzbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini bajarish uchun quyidagilar vakolatli organlar boʻlib hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tomonidan — «Oʻzsanoatkontexnazorat» davlat qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Tomonidan — Rossiya Federatsiyasining Atom energiyasi boʻyicha vazirligi, Yadro va radiatsiya xavfsizligi boʻyicha Rossiya Federal nazorati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq ishlab chiqiladigan qoʻshma dasturlar Tomonlarning vakolatli hukumat organlari tomonidan tasdiqlanadi va qoʻshma dasturlarda belgilangan organlar tomonidan ularga ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz moliyaviy mablagʻlari doirasida moliyaviy jihatdan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim bajarilishi uchun Tomonlarning korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida kontraktlar (shartnomalar) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tomoni quyidagilarni kafolatlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasidan import qilinadigan yadro materiallari, asbob-uskunalari, maxsus yadroviy boʻlmagan materiallar va tegishli texnologiyalar, shuningdek ular asosida yoki ularni ishlatish natijasida ishlab chiqariladigan yadro va maxsus yadroviy boʻlmagan materiallar, qurilma va uskunalar Yadro qurollarini tarqatmaslik toʻgʻrisida 1968-yil 1-iyuldagi shartnomaga mos kelmaydigan maqsadlar uchun, shuningdek har qanday harbiy maqsadlar uchun qoʻllanilmaydi va ularni ishlatish mumkin boʻlgan butun vaqt mobaynida MAGATE kafolati ostida boʻladi, agar Tomonlar oʻrtasida boshqa kelishuv boʻlmasa, eksport qilinmaydi yoki uchinchi tomonga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasidan olinadigan yadro materiallari qoʻshimcha ravishda boyitilmaydi yoki qayta ishlanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasidan etkazib berilgan yadro materiallari, radioaktiv moddalar va ular asosida ishlab chiqarilgan buyumlar, asbob-uskunalar yoki qurilmalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, biroq MAGATEning koʻzda tutilgan tegishli tavsiyanomalaridan kam boʻlmagan darajada jismoniy himoya bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etiladigan texnika obʼektlari, intellektual (sanoat) mulklar, ilmiy-texnika mahsulotlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqi Tomonlar davlatlari qonunlariga muvofiq hamkorlikni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat komplekslari korxonalari va tashkilotlarining assotsiatsiya, konsern, moliya-sanoat guruhlari, qoʻshma korxonalarga va boshqa korxonalarga birlashishga koʻmaklashadilar va ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatida ularni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim bilan nazarda tutilgan hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasiga yangi yadro yoqilgʻisini etkazib berish va keyinchalik radioaktiv chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish sharti bilan ishlatilgan yadro yoqilgʻisini qayta ishlash uchun Rossiya Federatsiyaga joʻnatish shartlari ushbu hamkorlik hududida amalga oshirilayotgan Tomon davlatining qonunlari bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan kontraktlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekiston Respublikasiga yadro ashyolarini eksport qilib etkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan oʻzining barcha yadroviy faoliyatini MAGATE kafolati ostiga qoʻyishi protseduralari tugallanishi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar shartnoma asosida atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat komplekslarining faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur boʻlgan texnologik asbob-uskunalar, yadro va boshqa materiallarning keltirilishi va olib ketilishi ustidan bojxona nazoratini amalga oshiradilar, ushbu obʼektlarda ishlash uchun jalb qilinadigan mutaxassislarning va ularning oila aʼzolarining toʻsiqsiz koʻchishlarini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar atom energetikasi sohasidagi ilmiy-sanoat komplekslarini yadro va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha MAGATE tavsiyanomalariga rioya qiladilar, shuningdek zarur boʻlganda kelishib olingan qarorlarni ishlab chiqish uchun maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimning amal qilish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston va Rossiya korxonalari va tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasida berilayotgan axborotlarning maxfiyligini (jumladan, «nou-xau» va tijorat sirlarini) saqlashni taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim qoidalaridan tijorat afzalliklari olish maqsadida yoki boshqa Tomonning tijoratchilik aloqalarida qiyinchiliklar tugʻdirish uchun foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari hududlari orqali yadroviy materiallarni tranzit holda oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarning hal etilishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning ular uchinchi tomonlar bilan tuzgan bitimlardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida ulardan birining iltimosiga koʻra maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan bahslar oʻzaro maslahatlashishlar va muzokaralar yoʻli bilan yoki xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan boshqa protseduralar yordamida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganlari toʻgʻrisidagi oxirgi bildirishnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim 5 yilga tuziladi va agar Tomonlardan birontasi ham ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz niyatini tegishli muddat tugagunga qadar b oy oldin ikkinchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan navbatdagi 5 yillik davrlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning yozma ravishdagi roziliklari bilan ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1997-yil 22-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)