09.07.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy oborotiga qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik vositalar, psixotrop moddalar (bundan keyin narkotiklar deb ataladi) va prekursorlarning noqonuniy oboroti milliy xavfsizlikka, ular xalqlarining salomatligi va farovonligiga jiddiy tahdid qilishini hamda jamiyatning siyosiy va iqtisodiy tuzilmalariga, ijtimoiy va madaniy sohalariga daxldor muammo ekanligini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1961-yildagi Narkotik vositalar toʻgʻrisidagi Yagona konvensiyaning, 1971-yildagi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiyaning va 1988-yildagi BMTning narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasining maqsadlaridan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 24-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida abadiy doʻstlik toʻgʻrisida shartnoma qoidalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash ikki tomonlama hamkorlik doirasida muvofiqlashtirilgan harakatni talab qilishini tan olib hamda bir-birlariga zarur koʻmak berishga qatʼiy ahd qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday noqonuniy oborotning, jumladan narkotik va prekursorlarning tranziti uchun oʻz davlatlarining hududi, havo boʻshligʻi va hududiy suvlaridan foydalanishga urinishlarning oldini olish maqsadida hamkorlikni rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum tan olingan prinsip va normalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim maqsadlarini amalga oshirish uchun quyidagilar vakolatli organlar boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qoʻriqlash boʻyicha qoʻmita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qirgʻiziston Respublikasi uchun — Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Narkotiklar nazorati boʻyicha davlat komissiyasi, Qirgʻiziston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Adliya vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona inspeksiyasi, Qirgʻiziston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki, Qirgʻiziston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan har biri oʻzining vakolatli organlari roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritilishi toʻgʻrisida boshqa Tomonni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organlar ushbu Bitimni bajarish maqsadida bir-birlari bilan bevosita aloqa qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq narkotiklarni suiisteʼmol qilishni bartaraf etish, giyohvand bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish, narkotik va prekursorlarning qonuniy oboroti ustidan nazorat, shuningdek ularning noqonuniy oborotiga qarshi kurash sohalarida muvofiqlashtirilgan dasturlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlarni BMT Nizomida hamda ikkala davlat ishtirokchilari boʻlgan boshqa asosiy xalqaro hujjatlarda belgilangan xalqaro huquq prinsiplariga muvofiq bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotini bartaraf etishda hamkorlik qiladilar va zarur hollarda ishchi uchrashuvlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning hamkorligi ularning vakolatli organlarining qoʻshma bitim va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning narkotiklar ustidan nazorat sohasidagi milliy dasturlari asosida va ularni bajarish maqsadida tegishli vakolatli organlar zarur boʻlganida muayyan oʻzaro harakatning, narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotiga, ularni suiisteʼmol qilishga qarshi kurashni tashkil etishdagi tadbirlarning, shuningdek narkotiklarning qonuniy oboroti ustidan nazoratning yoʻnalishlari va sohalari toʻgʻrisida qoʻshma hujjatlar qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolatli organlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi axborot bilan almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) narkotik va prekursorlar noqonuniy oborotga kelib tushishining manbalarini aniqlash shakllari va usullari hamda ularning tarqatilishini bartaraf qilish boʻyicha choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotini tashkil etuvchi jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va tergov qilish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tomonlardan biri davlatining hududiga narkotik va prekursorlarni noqonuniy oʻtkazish hamda ularni yashirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Tomonlar davlatlarining tegishli qonunlari va ularni tatbiq etish amaliyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) narkotik va prekursorlarning noqonuniy oborotidan olingan daromadlarni qonunlashtirish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) noqonuniy oborotdan chiqarib olingan narkotiklarning yangi va nomaʼlum turlarining namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Tomonlardan biri hududiga narkotik va prekursorlarni kontrabanda yoʻli bilan oʻtkazishga urinishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat chegarasini kesib oʻtishda qoʻllaniladigan noqonuniy narkotik va prekursorlarning turkumini yashirish yoʻllari, shuningdek ularni aniqlash usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) narkotik va prekursorlarni noqonuniy tashuvchilar deb topilgan shaxslar, ularni tashishning aniqlangan marshrutlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar narkotik va prekursorlarning noqonuniy turkumlarini aniqlash texnologiyasi va usuliyatini oʻrganish maqsadida mutaxassislar bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar zarur boʻlganda ushbu Bitim doirasida bir-birlaridan olinadigan axborotning maxfiyligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida olingan axborot uchinchi tomonga berilishi zarur boʻlgan holda uni taqdim qilgan vakolatli organning yozma roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro foydali asosda ushbu Bitim maqsadlariga muvofiq ravishda kadrlar malakasini oshirish sohasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunlariga muvofiq “nazorat qilinadigan yetkazib berish” usulini oʻzaro qoʻllash imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha vakolatli organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi narkotiklar ustidan nazorat boʻyicha davlat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro kelishuv boʻyicha ushbu Bitim koʻzda tutgan vakolatli organlar oʻrtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish maqsadida Tomonlar davlat komissiyalarining va ularning ishchi organlarining rahbarlari zarur boʻlganida maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari qonunlariga muvofiq nazorat ostida boʻlgan narkotik va prekursorlarning milliy roʻyxatlarini almashadilar hamda ularga kiritiladigan oʻzgartishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlikni amalga oshirishda Tomonlar rus tilini ishlatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirokchilari boʻlgan boshqa ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllash va talqin qilish boʻyicha bahs va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar ularni muzokara va maslahatlashishlar yoʻli bilan hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning roziligi bilan ushbu Bitimga alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bu protokollar ushbu Bitim 15-moddasining qoidalariga muvofiq kuchga kiradi va ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali olingan oxirgi bildirishnoma sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilmagunicha oʻz kuchida qoladi. Bu holda boshqa Tomon bunday bildirishnomani olganidan soʻng olti oy oʻtgach, ushbu Bitim amal qilishini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 1999-yil 9-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilish uchun rus tilidagi matn ishlatiladi.

(imzolar)