Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-apreldagi PQ–1954-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 6-iyun,
160-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 160-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshidagi “Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti” soʻzlari “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qarori)” 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 12-son, 96-modda) 1-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga donor-mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 29-martdagi 90-son qarorida:
a) 1-ilovaning 15-satridagi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti” soʻzlari “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 35-satridagi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti” soʻzlari “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 306-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)