Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2014 29.03.2013 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 - 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 190-sonli “2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil uchun oldindan kelishilgan hamda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan begʻaraz texnik koʻmak (grantlar) loyihalari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2015-yillar uchun donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan begʻaraz texnik koʻmak (grantlar) loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish uchun taklif etilayotgan begʻaraz texnik koʻmak (grantlar)ning eng ustuvor loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha takliflarining belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida va har tomonlama ishlab chiqilishi, sifatli va samarali amalga oshirilishi, ularni amalga oshirishning boshlanishini taʼminlash uchun zarur tayyorgarlik tadbirlari olib borilishi, shuningdek begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlaridan (grantlardan) qatʼiy maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ushbu qarorga 1, 2 va 3-ilovalarga* kiritilgan begʻaraz texnik koʻmak (grantlar)ning boshqa oluvchilari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliyaviy institutlardagi Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar idoralari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 1-ilovasiga kiritilgan loyihalar boʻyicha hujjatlarning uzil-kesil kelishilishi, maʼqullanishi va rasmiylashtirilishiga oid zarur tartib-qoidalar bajarilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal etish yuzasidan donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlarni faollashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 3-ilovasiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etish masalalarini donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan puxta ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq roʻyxatlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etiladigan begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlaridan (grantlardan) maqsadli va samarali foydalanilishini belgilangan tartibda tizimli tekshirish ishlarini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga grantli begʻaraz texnik koʻmakni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qarorining 5—7-bandlari, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, donor mamlakatlarning begʻaraz texnik koʻmagini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 9-martdagi 40-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning begʻaraz texnik koʻmagini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-martdagi 75-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-dekabrdagi 794-f-son farmoyishi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 179-modda, 23-son, 306-modda, 40-son, 528-modda)