07.10.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ukraina Vazirlar Mahkamasi, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir Tomon davlatida maxfiylashtirilgan va boshqa Tomon davlatiga berilgan barcha maxfiy axborotning oʻzaro himoyasini taʼminlash niyatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy axborot almashishni nazarda tutadigan, Tomonlar oʻrtasida tuziladigan hamkorlik toʻgʻrisidagi barcha bitimlarga hamda Tomonlar davlatlari tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan kontraktlarga taalluqli boʻladigan maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish qoidalarini belgilashga intilishdan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Atamalarni aniqlash va qiyoslash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda atamalar quyidagi maʼnoda ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxfiy axborot” — Tomonlar davlatlari milliy xavfsizligi manfaatlarida, ularning amaldagi qonunlariga muvofiq ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanadigan va tegishli ravishda maxfiylashtirilgan istalgan shakldagi axborot hamda axborotni oʻz ichiga olgan yoki unga axborot yozilishi mumkin boʻlgan, jumladan hamkorlik doirasida Tomonlar tashkilotlari birgalikda yaratgan va ushbu Bitim mezonlariga muvofiq Tomonlar davlatlarining amaldagi qonunlari asosida maxfiylashtirilgan istalgan hujjat, buyum, modda yoki fizik maydonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“joʻnatuvchi Tomon” — maxfiy axborotni maxfiylashtirgan va bergan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oluvchi Tomon” — maxfiy axborot berilayotgan Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashkilot” — davlatlararo hamkorlikda yoki ushbu Bitim qoidalari taalluqli boʻlgan kontraktlarni bajarishda ishtirok etadigan vazirlik, boshqa davlat organi, yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ” — ushbu Bitimni yoki uning alohida moddalarini bajarish uchun masʼul boʻlgan va ushbu Bitimning 11-moddasiga muvofiq shunday deb belgilangan davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kontrakt” — uning doirasida davlatlararo maxfiy axborotni berish amalga oshiriladigan yoki maxfiy axborot yaratiladigan xalqaro shartnoma (bitim) yoki Tomonlar davlatlarining tashkilotlari oʻrtasidagi kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“buyurtmachi” — kontrakt doirasida buyurtma beradigan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“pudratchi” — kontrakt doirasida buyurtma oladigan tashkilot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Maxfiylik darajalarini taqqoslash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar maxfiylik darajalari quyidagicha taqqoslanadi deb kelishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida‎ Ukrainada‎
Alohida muhim‎ “Osoblivoi vajlivosti”‎
(“Osoboy vajnosti”)‎ (“Alohida muhim”)‎
Oʻta maxfiy‎ “Silkom tayemno”‎
(“Soversheno sekretno”)‎ (“Oʻta muhim”)‎
Maxfiy‎ “Tayemno”‎
(“Sekretno”)‎ (“Maxfiy”)‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Himoya choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitimga va oʻz davlatlari milliy qonunlariga muvofiq beriladigan yoki yaratiladigan maxfiy axborotni himoya qilish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradilar. Ular bunday maxfiy axborotga nisbatan, hech boʻlmaganda, tegishli maxfiylik darajasidagi oʻz maxfiy axborotiga taalluqli xuddi shunday himoyani taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar mazkur maxfiy axborotdan talabiga binoan u maxfiylashtirilgan joʻnatuvchi Tomonning avvaldan beriladigan yozma roziligisiz uchinchi tomonning foydalanishiga yoʻl qoʻymaydilar. Bu qoida, xususan, Tomonlar oʻrnatgan arxivlashtirish va nashr qilish tartibi borasida amal qiladi. Maxfiy axborot faqatgina shartlashilgan maqsadlarda ishlatilishi kerak. Maxfiy axborotdan xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan shaxslarninggina foydalanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxfiy axborotdan foydalanish bunga vakolati boʻlgan shaxslargagina taqdim etiladi. Vakolat berish uchun oʻz davlatining shunga teng maxfiy axborotidan foydalanishga ruxsat olishda qoʻyiladigan talablarga javob bera oladigan foydalanish ruxsatini rasmiylashtirish uchun tekshirish oʻtkazishni koʻzda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar oʻz davlati hududida maxfiy axborotni himoya qilish boʻyicha zarur nazorat tekshiruvlari oʻtkazishni hamda normalarga amal qilinishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Maxfiy axborot berishni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar joʻnatuvchi Tomon maxfiy axborotni oluvchi Tomon tashkilotiga bermoqchi boʻlsa yoki buni oʻz tashkilotiga topshirsa, u oluvchi Tomonning davlat faoliyati tegishli sohasidagi vakolatli organiga oluvchi Tomon tashkiloti zarur maxfiylik darajasidagi maxfiy axborot bilan ishlash uchun tekshiruvdan oʻtganligini va ruxsat olganligini hamda maxfiy axborotning zarur boʻlgan himoyasini taʼminlash uchun tegishli imkoniyatlarga ega ekanligini tasdiqlash xususida avvaldan soʻrov yuboradi. Bu tasdiqlash tekshiruvdan oʻtgan tashkilot amalga oshiradigan himoya choralari sirlarni saqlashning milliy qoidalariga muvofiq kelishini va vakolatli organ ular ustidan nazorat qilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Maxfiy axborot berishni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joʻnatuvchi Tomon vakolatli organi kontrakt doirasida beriladigan yoki yaratiladigan barcha maxfiy axborotga maxfiylik ustxati berilishi uchun masʼul boʻladi. U oluvchi Tomon vakolatli organining soʻrovi boʻyicha topshirilgan maxfiy axborotga berilgan maxfiylik ustxatlarini roʻyxat (maxfiylik ustxatlari roʻyxati) koʻrinishida maʼlum qiladi. Bu holda joʻnatuvchi Tomonning vakolatli organi bir vaqtning oʻzida oluvchi Tomon vakolatli organini pudratchi buyurtmachi oldida oʻz davlati maxfiy axborotining boʻlganidek maxfiy axborotning tegishli himoyasini taʼminlash uchun teng masʼul boʻlishi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Zarur boʻlganida Tomonlarning vakolatli organlari tegishli deklaratsiyalarni (maxfiy axborotni himoya qilish boʻyicha majburiyat) almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxfiylik ustxatlari roʻyxatini olgan vakolatli organ bu toʻgʻrida joʻnatuvchini majburiy ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning vakolatli organlari boshqa Tomonning maxfiy axborotiga nisbatan oʻz davlatining maxfiy axborotiga nisbatan boʻlganidek maxfiylik rejimiga rioya qilishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar subpudratchilar vakolatli organlarning ruxsatini olgan boʻlsa, ushbu moddaning 1 — 3-bandlari ularga taalluqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar kontraktlar tuzilguniga yoki ishlar boshlanguniga qadar pudratchilar maxfiy axborotning himoyasi boʻyicha zarur choralarni koʻrishlarini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Maxfiylik ustxatlarini qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oluvchi Tomon joʻnatuvchi Tomonning maxfiy axborotiga ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq tegishli maxfiylik ustxatlarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Joʻnatuvchi Tomon maxfiy axborotining nusxalari va tarjimalaridan foydalanish, shuningdek ularga maxfiylik ustxatlarini berish asl nusxalar singari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Joʻnatuvchi Tomon yuborgan maxfiy axborot asosida oluvchi Tomon davlatida yaratiladigan maxfiy axborotga yuborilgan maxfiy axborotning maxfiylik ustxatidan past boʻlmagan maxfiylik ustxati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oluvchi Tomon joʻnatuvchi Tomonning talabi boʻyicha yuborilgan maxfiy axborotning maxfiylik darajasini oʻzgartiradi yoki olib tashlaydi. Joʻnatuvchi Tomon maxfiylik darajasini oʻzgartirish yoki olib tashlash niyati toʻgʻrisida oluvchi Tomonni olti hafta avval xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar oʻz tashkilotlariga ushbu Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab bir yil mobaynida boshqa Tomon davlatiga tegishli maxfiy axborotni inventarlash va oʻz davlatlari qonunlarining talablariga rioya qilib, zarur boʻlgan holda, koʻrsatilgan axborotni oshkor qilish yoki maxfiylik darajasini oʻzgartirish boʻyicha chora-tadbirlarni taʼminlash majburiyatini yuklaydilar. Axborotni oshkor qilish yoki maxfiylik darajasini oʻzgartirish toʻgʻrisida bir Tomon tashkilotlari boshqa Tomonning manfaatdor tashkilotlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Maxfiy axborotni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maxfiy axborot bir davlatdan boshqa davlatga, odatda, diplomatik kanallar orqali beriladi. Vakolatli organ maxfiy axborot olinganligini tasdiqlaydi va keyin uni oʻz davlatining maxfiy axborotni himoya qilish boʻyicha qonun chiqaruvchi-meʼyoriy hujjatlariga muvofiq oluvchiga yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organlar alohida holda ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shartlar bajarilganida diplomatik kanallardan foydalanish maxfiy axborotni berishni behuda qiyinlashtirsa, ulardan foydalanmasdan boshqa yoʻl bilan maxfiy axborot berilishi toʻgʻrisida umumiy koʻrinishda yoki cheklashlar oʻrnatilgan holda kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berishni amalga oshirayotgan shaxsga tegishli maxfiylik darajasidagi maxfiy axborotdan foydalanish rasmiylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berishni amalga oshirayotgan tashkilotda berilayotgan maxfiy axborotning roʻyxati qolishi; bu roʻyxatning bir nusxasi keyin vakolatli organga berish uchun oluvchiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy axborotni oʻrab joylash davlat ichida tashish uchun oʻrnatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiy axborotning berilishi uning olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat bilan tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishni amalga oshiruvchi shaxs, Tomonlar davlatlarining qonunlariga muvofiq, tashilayotgan xat-xabarlarning bojxona, chegara va boshqa shunday vakolatga ega boʻlgan organlar tekshiruvisiz maxfiy axborotni davlat chegarasidan olib oʻtishni koʻzda tutuvchi vakolatli organ tomonidan berilgan kuryer guvohnomasiga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Katta hajmdagi maxfiy materiallarni berishda Tomonlarning vakolatli organlari maʼlum bir holda transportda tashish, marshrut va kuzatib boruvchi qoʻriqchilarni belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Tashriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi Tomon vakolatli organining avvaldan berilgan yozma ruxsatnomasi boʻlgan taqdirdagina bir Tomon davlati hududidan boshqa Tomon davlati hududiga tashrif buyuruvchi shaxslar maxfiy axborotdan foydalanishlari va maxfiy axborot ishlanadigan obyektlarga borishlari mumkin. Zarur tekshirishdan oʻtganidan soʻnggina oʻz davlatida maxfiy axborotdan foydalanish huquqi rasmiylashtirilgan shaxslarga ruxsatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashrifni oʻtkazish xususida hududida ana shu tashrif oʻtadigan Tomonning vakolatli organiga shu hududda amal qiladigan qoidalarga muvofiq yozma soʻrov yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashrif uchun soʻrov quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashrif buyuruvchining ismi, familiyasi, tugʻilgan sanasi va joyi, pasportining tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashrif buyuruvchining fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashrif buyuruvchining lavozimi va uni yuborgan tashkilot nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tashrif qiluvchi maxfiy axborotdan foydalanishiga berilgan ruxsatning shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) safar maqsadi va uning koʻzda tutilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular xususida soʻrov berilayotgan tashkilot va obyektlarning nomlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) uchrashish moʻljallangan shaxslarning ism va familiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Tomonlar maxfiy axborotini himoya qilishni buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar maxfiy axborotni ovoza qilish ehtimoli boʻlsa, yoki bu kutilayotgan boʻlsa, yoxud aniqlansa, bu toʻgʻrida boshqa Tomonga zudlik bilan xabar qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa Tomon maxfiy axborotini himoya qilishning buzilishlarini davlati hududida bu hol sodir boʻlgan Tomon davlatining davlat organlari tekshiradi va sudlari koʻrib chiqadi, bunda aybdor boʻlgan shaxslar esa shu davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Tomonlarning vakolatli organlari soʻrov boʻlgan holda tekshirish oʻtkazishda yordam koʻrsatadilar, shuningdek uning natijalari toʻgʻrisida maʼlumot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻz mamlakatlarining maxfiy axborotni almashish bilan bogʻliq boʻlgan hamkorlikni amalga oshiradigan tashkilotlariga kontraktlarda maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish boʻyicha choralarni, maxfiy axborotni ovoza qilish yoki uning moddiy tashuvchilarini yoʻqotish natijasida koʻrilgan ziyonni aniqlash protsedurasini va uni qoplash tartibini belgilash majburiyatini yuklaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining maxfiy axborotini himoya qilish bepul asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlat faoliyatining tegishli sohalarida ushbu Bitimni yoki uning alohida moddalarini bajarishda qaysi davlat organlari vakolatli ekanliklari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Bahsli masalalarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini izohlash yoki qoʻllash xususidagi barcha bahsli masalalar Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Bunday muzokaralar davomida Tomonlar ushbu Bitimga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Maslahatlashishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning vakolatli organlari boshqa Tomon davlati hududida amal qiluvchi maxfiy axborotni himoya qilish qoidalari bilan tanishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimni bajarishda yaqindan hamkorlikni taʼminlash maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari ulardan birining soʻrovi boʻyicha bir-birlariga maslahat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon boshqa Tomon vakolatli organi yoki oʻzaro rozilik boʻyicha belgilangan biror-bir boshqa davlat organi vakillariga boshqa Tomon taqdim etgan maxfiy axborotni himoya qilishning oʻz usul va vositalarini vakolatli organ vakillari bilan muhokama qilish uchun oʻz davlati hududiga tashrif buyurishlariga ruxsat beradi. Har bir Tomon bu vakillarga boshqa Tomon unga taqdim etgan maxfiy axborot yetarlicha himoya qilinganligini aniqlashda koʻmaklashadi. Tafsilotlar vakolatli organlar tomonidan aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Kuchga kirish, amal qilish muddati, oʻzgartishlar, amal qilishning toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisidagi oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon istalgan vaqtda ushbu Bitimga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida yozma ravishda taklif kiritishi mumkin. Tomonlardan biri tegishli taklif kiritganida Tomonlar ushbu Bitimga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazadilar. Ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan protokollar bilan rasmiylashtiriladi hamda ushbu Bitim 14-moddasining 1-bandiga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Tomon 6 oy ilgari diplomatik kanallar orqali yozma bildirishnoma yuborgan holda ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtatilgan holda oluvchi Tomonga berilgan yoki uning pudratchisida yaratilgan maxfiy axborot boʻyicha 3-moddaning qoidalari joʻnatuvchi Tomon davlatida maxfiylashtirish tartibi qancha vaqtni talab qilsa, shuncha muddat davomida oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiyev shahrida 1999-yil 7-oktabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda Tomonlar rus tilida bayon etilgan matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)