05.02.2011 yildagi Q-27-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”da viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit va yengilliklar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy viloyati Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi va uning viloyat hududida joylashgan tarkibiy tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi, tuman va shahar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari hamda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarma (boʻlim)lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini muhandislik taʼminotiga ulashda mazkur tartibga qatʼiy rioya etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tartibning tegishli idoralarga yuborilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi (Q. Sanaqulov)ga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli masʼullarni belgilash va nazorat qilish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A. Eshonqulov va viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi (J.Raxmonov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimi E. TURDIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimining 2011-yil 5-fevraldagi Q-27-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatida Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat buruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy va Zarafshon shaharlari hamda Uchquduq tumanidagi tadbirkorlik subyektlariga mazkur Tartibga asosan Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda matnda NKMK) muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish (energiya, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti) uchun texnik shartlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida nomlari keltirilgan tuman va shaharlarning tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda matnda inspeksiya), tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlim)lari hamda NKMK tadbirkorlik subyektlarini muhandislik kommunikatsiyasiga ulashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Obyektlar qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmi hisob-kitobi bilan birgalikda loyihalashtirishga topshiriq tuzish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun ariza beruvchi Inspeksiyaga tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1 yoki 1a-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha ariza beradi. Arizaga tuman (shahar) hokimining yangi qurilish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklama hajmlari hisob-kitoblari bilan loyihalashtirish Inspeksiyaning masʼul xodimi tomonidan bir kun muddatda tayyorlanadi. Bunda zarur hollarda hisob-kitoblar ariza beruvchi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inspeksiya bir kunlik muddatda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga hokimning yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori nusxasini va muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalarning hisoblab chiqilgan hajmlari bilan birgalikda loyihalashtirishga topshiriqni ilova qilgan holda tegishli buyurtma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarma(boʻlim)lari 18 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda yer uchastkasining geodeziya-topografiya kartasi ishlab chiqilishini va ayni bir vaqtda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlar olinishini va arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarma(boʻlim)lari elektr, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti boʻyicha texnik shart olish uchun NKMKga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 245-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Suv taʼminoti va suvoqava kommunal tizimidan foydalanish Qoidalari talablari asosida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer uchastkasini tanlash dalolatnomasi”ning imzolangan va tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik taʼminoti chizmalarining belgilangan 1:1000 masshtabdagi bosh reja nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, yaʼni loyiha obyektiga tavsif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qaroriga asosan tashkil etilgan muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalarning hisoblab chiqilgan hajmlari yuzasidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalarining 22 va 26-bandlari, Issiqlik energiyasidan foydalanish Qoidalarining 25-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv taʼminoti va suvoqava kommunal tizimidan foydalanish Qoidalarining 2.3-bandiga muvofiq inspeksiya elektr taʼminoti korxonasining (kombinatning) ruxsati bilan muhandislik tarmogʻiga ulangan isteʼmolchilarni (tadbirkorlik subyektlarini) oʻz tarmoqlariga boshqa tadbirkorlik subyektlarini subisteʼmolchi sifatida ulatish majburiyatini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda isteʼmolchi oʻz muhandislik tarmogʻiga subisteʼmolchini (arizachini) ulashni asossiz rad etsa, ushbu masala sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Umumiy (kompleks) qurilishlarda, mulk egalarining sonidan qatʼiy nazar muhandislik taʼminotiga ulanish uchun texnik shart olishda NKMKga yagona buyurtma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Muhandislik taʼminotiga ulanish uchun texnik shart olishda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning masʼul xodimi tomonidan shaxsan NKMKga hujjatlar ish kunlari soat 8 00 dan 11 00 ga qadar taqdim etilishi va tayyorlangan texnik shartlarni qabul qilib olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Muhandislik taʼminotiga ulanishda texnik shart olish uchun Navoiy shahri boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminotiga ulanish boʻyicha texnik shart olish uchun NKMK Birlashgan energiya xizmati boshligʻi nomiga (NKMK OES);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya taʼminotiga ulanish uchun texnik shart olishda NKMK Podstansiya va tarmoqlar sexi boshligʻi nomiga (NKMK SSiP);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarafshon shahri boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKMK markaziy kon boshqarmasi bosh energetigiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq tumani boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKMK Shimoliy kon boshqarmasi bosh energetigiga hujjatlarni taqdim etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) elektr, suv taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti boʻyicha NKMKdan texnik roʻyxatdan oʻtkazish shaklida tegishli texnik shartlarni oladi (texnik roʻyxatdan oʻtkazish — ulash nuqtalari (uzellarini), yuklamalar hajmini, shoxobchaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini koʻrsatgan holda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga obyektning ulanishini hisobga olish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. NKMKning tegishli tashkilotlari tomonidan texnik shartlarni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak. NKMK tomonidan soʻralayotgan parametrlarda texnik shartlarni berish imkoni boʻlmagan taqdirda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga 3 ish kuni mobaynida asoslangan rad etish va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yozma javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) NKMKdan olingan yozma javob xatiga asosan 3 ish kuni mobaynida Inspeksiyaga asoslangan rad etish va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yozma javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tomonidan texnik shartlarning soʻralayotgan parametrlarini berish rad etilishining asosligi oʻrganib chiqiladi. Rad etish asossizligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) orqali NKMKga qaytarishga haqlidir. Bunday hollarda NKMK ruxsat beruvchi hujjatlarni muddatining ushbu bosqichida, yaʼni jami 18 kun muddatda rasmiylashtirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish asosli boʻlgan taqdirda Inspeksiya rad etilgan kundan keyingi kundan kechikmay bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda maʼlum qiladi. Ariza beruvchi bilan kelishgan holda texnik shartlar uchun parametrlar oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik shartlar berishning rad etilishi ustidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) tomonidan taqdim etilgan va muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklama hajmlari hisob-kitoblari bilan loyihalashtirish yuzasidan topshiriq, hokimning yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori asosida arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ( I va II qismlar) ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YAKUNIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnik shartlarni belgilangan muddatlarda berilishini nazorat qilish tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.