Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining
Qarori
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2077-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 52-son, 589-modda)ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 13-yanvardagi 10-8/125, 1-QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 5-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-aprel,
20-mh-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-aprel,
11-QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2013-yil 23-apreldagi 20-mh,11-QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2 va 10-bandlardagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3, 11, 14 va 16-bandlardagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2013-yil 18-aprel
“Oʻzbekiston pochtasi” OAJ bosh direktori R. QOSIMOV
2013-yil 18-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 272-modda)