Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Va Gretsiya Respublikasi Hukumati Oʻrtasida
Bitim
INVYeSTISIYaLARNI RAGʻBATLANTIRISh VA OʻZARO HIMOYaLASh TOʻGʻRISIDAGI
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gretsiya Respublikasi Hukumati, bundan buyon «Ahdlashuvchi Tomonlar» deb yuritiladi,
har ikki davlatning oʻzaro manfaatlari uchun uzoq muddat asosidagi iqtisodiy hamkorlikni jadal surʼatlarda rivojlantirishni istab,
bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalari uchun qulay sharoitlar yaratishni maqsad qilib,
mazkur Bitim asosida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash ushbu sohadagi tashabbuslarni quvvatlashini inobatga olib,
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
1-modda
Taʼriflar
Taʼriflar
Ushbu Bitim maqsadlari uchun:
1. «Investitsiyalar» atamasi boyliklarning istalgan koʻrinishini va xususan quyidagilarni, ammo nafaqat ularni anglatadi:
a) mol-mulk va koʻchmas mulk hamda ularga boʻlgan servitut, uzufrukt, ipoteka, chegirib qolish yoki garov singari har qanday huquqlar;
b) kompaniyalarning paylari, aksiyalari va qarz majburiyatlari hamda kompaniyadagi ishtirokning har qanday boshqa shakllari;
s) pul talabnomalari yoki investitsiya bilan bogʻliq boʻlgan zayomlar kabi iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bajarish talabnomalari;
d) intellektual va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlar, patentlar, savdo markalari, texnik jarayonlar, «nou-xau», «gud-vil» va shu singari har qanday boshqa huquqlar;
e) qonun yoxud kontraktga muvofiq yoki iqtisodiy faollikni quvvatlash uchun qonunga muvofiq berilgan har qanday litsenziyalar yoxud ruxsatnomalarning afzalligi tufayli ruxsat etilgan har qanday huquqlar.
Investitsiyalar amalga oshirilgan shaklda yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarish ularning investitsiya sifatidagi kvalifikatsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
2. «Daromadlar» atamasi, xususan investitsiyalar natijasida olingan summalarni, ammo nafaqat ularni, shu jumladan daromadlar, foizlar, sarmoyalarning oʻsishi, dividendlar, royalti va mukofotlarni oʻz ichiga oluvchi summalarni bildiradi.
3. Ahdlashuvchi Tomonlarga nisbatan «qonunlar» yoki «qonunchilik» atamasi Ahdlashuvchi Tomon davlatining amaldagi «qonunlari» yoki «qonunchiligi»ni anglatadi.
4. «Investor» atamasi har bir Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan quyidagilarni bildiradi:
a) oʻzining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, tegishli tarzda Oʻzbekiston Respublikasi yoki Gretsiya Respublikasining fuqaroligiga mansub boʻlgan shaxslar;
b) shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar.
5. «Ahdlashuvchi Tomonning hududi» atamasi bir tomondan Oʻzbekiston Respublikasi, va ikkinchi tomondan Gretsiya Respublikasi suvereniteti ostida boʻlgan hududni, shu jumladan hududiy suvlar, shuningdek ana shu davlat xalqaro huquqqa munofiq oʻzining suveren huquqlari yoki yurisdiksiyasini amalga oshiradigan kontinental shelfni anglatadi.
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini ragʻbatlantiradi hamda oʻz qonunchiligiga muvofiq bunday investitsiyalarni qabul qiladi.
2. Oʻz hududida investitsiyalarga ruxsat bergan Ahdlashuvchi Tomon, bunday investitsiyalar hamda litsenzion bitimlar va texnikaviy, savdo yoki maʼmuriy koʻmaklashuv boʻyicha kontraktlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan ruxsatnomalar berishda yordam koʻrsatadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, zaruriy hollarda, chet el fuqaroligiga mansub boʻlgan konsultantlar va boshqa mutaxassislar faoliyatiga taalluqli boʻlgan tegishli ruxsatnomalar berish borasida barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
3. Ahdlashuvchi Tomon investorlarning investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida har doim adolatli va teng huquqli rejim yaratiladi hamda ularning toʻla himoyasi va xavfsizligi taʼminlanadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining oʻz investitsiyalarini boshqarishi, yuritishi, sarflashi, egalik qilishi yoki tasarruf etishi hech qanday nohaq yoki diskriminatsion choralar bilan buzilmasligini taʼminlaydi.
4. Investitsiyalar va reinvestitsiyalardan kelgan daromadlar hamda ulardan olingan foyda ham dastlabki investitsiyalar kabi himoyaga egadir.
5. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari boʻyicha majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan har qanday boshqa majburiyatlarga rioya qiladi.
3-modda
Investitsiyalar rejimi
Investitsiyalar rejimi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, rejimlardan qaysi biri qulayroq ekanligiga bogʻliq ravishda, oʻz hududida. boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlari amalga oshiradigan investitsiyalari uchun oʻz investorlarining investitsiyalari yoki istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari uchun yaratganidan kam boʻlmagan qulay rejim yaratadi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, rejimlardan qaysi biri qulayroq ekanligiga bogʻliq ravishda, oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari bilan bogʻliq faoliyatlari borasida oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlariga yaratganidan kam boʻlmagan qulay rejim yaratadi.
a) uning mavjud yoki kelgusida tashkil etiladigan bojxona ittifoqi, iqtisodiy ittifoq, mintaqaviy iqtisodiy integratsion bitim yoki har qanday shu singari xalqaro bitimlardagi, yoki
b) butunlay yoki qisman soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday xalqaro bitim yoxud ahdlashuvdagi ishtiroki.
4-modda
Ekspropriatsiya
Ekspropriatsiya
1. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomonning investitsiyalariga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ekspropriatsiya qilish, natsionalizatsiya qilish yoki oqibat natijasi ekspropriatsiya qilish yoki natsionalizatsiya qilishga oʻxshash (quyida «ekspropriatsiya» deb yuritiladi) boshqa tadbirlar qoʻllanilmaydi, davlat manfaatlari yoʻlida, aynan bir xil va foydali tovon toʻlovlari bilan, qonuniy tarzda iodiskriminatsion asosda amalga oshiriladigan choralar bundan mustasno. Bunday kompensatsiya investitsiyalarga bu choralarning qoʻllanishi arafasida yoki bunday choralar xususida barchaga ovoza qilingan vaqtda, avval qanday hol yuz berishiga bogʻliq ravishda, investitsiyalarning belgilangan bozor narxiga muvofiq boʻladi; kompensatsiya toʻlovlari investitsiyalar ekspropriatsiya qilingan kundan boshlab, hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning odatdagi bank foizlari boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilayotgan sanagacha investitsiyalar qiymatining foizlarini qamrab olishi hamda erkin ravishda erkin muomaladagi valyutaga istalgan joyga oʻtkazilishi lozim.
2. Mazkur moddaning 1-bandi qoidalari, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonning amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻz hududining istalgan qismida tashkil topgan kompaniya aktivlarini ekspropriatsiya qilgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investori shu hududda sarmoyaga ega boʻlgan hollarda tatbiq etiladi.
5-modda
Zararlar uchun kompensatsiya
Zararlar uchun kompensatsiya
1. Investitsiyalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida sodir boʻlgan urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, fuqarolik tartibsizliklari yoki shunga oʻxshash boshqa voqealar oqibatida etkazilgan zararlarni qoplash uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining investorlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon restitutsiya, tovon toʻlovi, kompensatsiya yoki boshqa toʻlovlar borasida ana shu Ahdlashuvchi Tomon, rejimlardan qaysi biri qulayroq ekanligiga bogʻliq ravishda, oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlariga oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlari uchun yaratganidan kam boʻlmagan kulay rejim yaratadi.
Bunday toʻlovlar kechiktirilmasdan amalga oshiriladi va ular erkin tarzda erkin muomaladagi valyutaga oʻtkaziladigan boʻlishi lozim.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga ziyon keltirmagan holda, shu bandda qayd etilgan har qanday vaziyatda bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida zarar etkazilgan investorlariga quyidagilardan kelib chiquvchi hollarda, har qanday vaziyatda ham tezda, aynan bir xil va samarali restitutsiya yoki kompensatsiya toʻlanadi:
a) investitsiyalarni yoki ularning bir qismini qurolli kuchlar yoki hokimiyat tomonidan rekvizitsiya qilish; yoki
b) investitsiyalarni yoki ularning bir qismini qurolli kuchlar yoki hokimiyat tomonidan nobud qilish.
6-modda
Investitsiyalar va daromadlar repatriatsiyasi
Investitsiyalar va daromadlar repatriatsiyasi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga nisbatan investitsiyalar va ulardan olinadigan daromadlarning cheklanmagan tarzda oʻtkazilishini kafolatladi.
Pul oʻtkazish oʻsha sanada amalda boʻlgan bozor almashtirish kursi boʻyicha erkin muomaladagi valyutada kechikmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Bunday toʻlovlar belgilangan barcha soliqlar toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
2. Bunday toʻlovlar xususan quyidagilarni, ammo nafaqat ularni oʻz ichiga oladi:
a) sarmoya summalari va investitsiyalarni quvvatlash yoki koʻpaytirish uchun kiritilgan qoʻshimcha summalar;
b) foyda, foizlar, dividendlar va oʻzga joriy daromadlar;
s) zayomlarning puli qaytariladigan summalar;
d) royalti va mukofotlar;
e) investitsiyalarni butunlay yoki qisman sotishdan kelgan tushumlar;
f) 4 va 5-moddalarga asosan belgilangan kompensatsiyalar.
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandiga qaramay, Ahdlashuvchi Tomonlar valyuta oʻtkazish yoki boshqa toʻlov hujjatlari boʻyicha hisobot va oʻz qonunchiligini adolatli, nodiskriminatsion vijdonan qoʻllash yoʻli bilan fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy protseduralarda sud qarorlarining bajarilishini kafolatlashni talab qilishlari mumkin.
7-modda
Subrogatsiya
Subrogatsiya
1. Agar Bir Ahdlashuvchi Tomon investorining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalari huquqiy kafolatlar tizimiga asosan notijorat xavfidan sugʻurtalangan boʻlsa, mazkur Bitimning 9-moddasiga asosan, investorning huquqlariga ziyon keltirmagan holda, ana shu sugʻurta shartlariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon sugʻurtachining yuqorida qayd etilgan investor huquqlariga boʻlgan har qanday subrogatsiyasini tan oladi.
2. Sugʻurtachi investor amalga oshirishi mumkin boʻlgan huquqlardan tashqari boʻlgan huquqlarni amalga oshirishga haqli emas.
3. Ahdlashuvchi Tomon va sugʻurtachi oʻrtasidagi nizolar imkoniyatga koʻra ushbu Bitimning 9-moddasi qoidalariga muvofiq hal etilishi lozim.
8-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki koʻllashga taalluqli har qanday nizolar imkon kadar diplomatik kanallar orqali muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
2. Agar nizo muzokaralar boshlangan vaqtdan boshlab olti oy mobaynida bunday tarzda hal etilmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga koʻra, nizo koʻrib chiqish uchun Arbitraj sudiga topshiriladi.
3. Ad hos Arbitraj Sudi kuyidagi tarzda tashkil.etiladi:
Har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan arbitr tayinlaydi, bu ikki arbitr ikkala Ahdlashuvchi Tomon ham diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan uchinchi davlat fuqarosini Rais etib tayinlaydi.
Arbitrlar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri nizoni Arbitraj Sudida koʻrib chiqish uchun topshirish niyati xususida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilgan sanadan boshlab uch oy ichida, Rais esa besh oy mobaynida tayinlanadi.
4. Agar zaruriy tayinlovlar mazkur moddaning 3-bandida belgilangan davrlarda amalga oshirilmasa, boshqa kelishuvlar mavjud boʻlmagan holda, istalgan Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlovlarni oʻtkazish uchun Xalqaro Sud Prezidentini taklif etishi mumkin. Basharti, Sud Prezidenti Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki u boshqa sabablarga koʻra qayd etilgan vazifani bajaraolmasa, zaruriy tayinlovlarni Prezident muovini amalga oshirishi lozim, agar u ham Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki boshqa sabablarga koʻra mazkur vazifani bajaraolmasa, zaruriy tayinlovlarni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan, lavozimi yuqoriroq boʻlgan Sudning aʼzosi taklif etiladi.
5. Arbitraj sudi qonunga, shu jumladan, xususan mazkur Bitimga va Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi boshqa tegishli bitimlarga, shuningdek umumeʼtirof etilgan xalqaro huquqning qoida va prinsiplariga hurmat asosida qaror qabul qiladi.
6. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzga tarzda kelishmasalar, Sud oʻz tartib-qoidalarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Sud qarorlari koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Bunday qaror har ikki Tomon uchun ham tugal va majburiy hisoblanadi.
7. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz arbitri va vakillari uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlaydi. Arbitraj Sudining Raisi uchun sarflanadigan va boshqa chiqimlarni esa Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda qoplaydilar. Ammo Sud oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uchun koʻproq xarajatlar belgilashi mumkin va bunday qaror ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun ham majburiy hisoblanadi.
9-modda
Investor va Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Investor va Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi nizolarni hal etish
1. Ahdlashuvchi Tomon investori va boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida shu investorning investitsiyalari borasida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Bitimga muvofiq boʻlgan majburiyatlariga taalluqli har qanday nizolar nizolashuvchi tomonlar oʻrtasida imkon qadar doʻstona tarzda hal etiladi.
2. Agar bunday nizolar, tomonlardan biri ularni doʻstona tarzda hal etish xususida taklif kiritgan sanadan boshlab olti oy mobaynida hal etilmasa, investor, nizoni koʻrib chiqish uchun hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli sudiga yoki Xalqaro arbitrajga topshirishi mumkin.
Har bir Ahdlashuvchi Tomon bunday nizoni Xalqaro arbitrajga topshirishga rozi boʻladi.
3. Agar nizo Xalqaro arbitrajga koʻrib chiqish uchun topshirilsa, investor nizoni koʻrib chiqish uchun:
a) 1965-yilning 18-martida Vashingtonda imzolash uchun ochilgan «Davlatlar va turli davlatlarning fuqarolari oʻrtasidagi investitsion nizolarni hal etish boʻyicha Konvensiya»ga muvofiq taʼsis etilgan Investitsion nizolarni hal etuvchi Xalqaro markazga arbitraj yoki yarashtirish uchun; yoki
b) BMT Xalqaro Savdo huquqi boʻyicha Komissiyasining Arbitraj qoidalari (YUNSITRAL)ga muvofiq taʼsis etilgan ad hoc Arbitraj Sudiga topshirishi mumkin.
4. Arbitraj sudi mazkur Bitim qoidalariga hamda xalqaro huquqning amaldagi qoida va prinsiplariga muvofiq qaror qabul qiladi. Arbitraj sudining qarori nizolashuvchi ikkala Tomon uchun ham tugal va majburiy hisoblanadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon shu kabi har qanday qarorni kechiktirmasdan bajaradi va bunday qaror uning milliy qonunchiligiga muvofiq bajariladi.
5. Nizoda ishtirok etuvchi Ahdlashuvchi Tomon, Arbitraj tartibotlari yoki qarorni bajarish mobaynida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorining koʻrilgan zararni toʻlaligicha yoki qisman qoplash uchun sugʻurta kontrakti boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari olishiga eʼtiroz bildirmaydi.
10-modda
Boshqa qoidalarni qoʻllash
Boshqa qoidalarni qoʻllash
Agar istalgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligidagi qoidalar yoki xalqaro qonunchilikka muvofiq hozirda mavjud boʻlgan yoxud keyinchalik Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ushbu Bitimga qoʻshimcha ravishda taʼsis etilgan majburiyatlar, boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari amalga oshirgan investitsiyalarga mazkur Bitimda koʻzda tugilgandan koʻra qulayroq rejim huquqini beruvchi umumiy yoki maxsus qoidalarni oʻz ichiga olsa, bunday qoidalar oʻzining yanada qulayroq boʻlgan hajmida, ushbu Bitimga nisbatan ustun hisoblanadi.
11-modda
Konsultatsiyalar
Konsultatsiyalar
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakillari, zaruriy hollarda, mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday masala yuzasidan konsultatsiyalar oʻtkazadilar. Bunday konsultatsiyalar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining taklifiga binoan diplomatik kanallar orqali kelishgan joyda va vaqtida oʻtkaziladi.
12-modda
Qoʻllash
Qoʻllash
Ushbu Bitim, shuningdek bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining mazkur Bitim kuchga kirgan sanagacha amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirgan investitsiyalariga ham tatbiq etiladi.
13-modda
Bitimning kuchga kirishi, joriy muddati va harakatdan toʻxtatilishi
Bitimning kuchga kirishi, joriy muddati va harakatdan toʻxtatilishi
1. Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan qonunchilik tartibotlari tugallanganligi toʻgʻrisida Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlari bilan yozma xabarnomalar almashgan sanadan soʻng oʻttiz kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi. Bitim shu sanadan boshlab oʻn besh (15) yil mobaynida amalda boʻladi.
2. Agar istalgan Ahdlashuvchi Tomon belgilangan muddat tugashidan kamida bir yil avval ushbu Bitimni harakatdan toʻxtatish toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etmasa, mazkur Bitimning joriy muddati oʻz-oʻzidan keyingi oʻn besh yillik davrlarga uzaytiriladi; har bir Ahdlashuvchi Tomon Bitimning joriy muddati tugashidan kamida bir yil avval xabarnoma vositasida uni bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
3. Bundan avvalgi moddalar mazkur Bitim harakatdan toʻxtatilgan kunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan ushbu Bitim harakatdan toʻxtatilgan sanadan boshlab keyingi oʻn besh yil mobaynida kuchga ega hisoblanadi.
Afina shahrida 1997-yil 1-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, grek va ingliz tillarida tuzilgan, barcha matnlar teng autentikdir.
Kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn ustun kuchga ega hisoblanadi.
(imzolar)