Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.05.2013 yildagi 133-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013/2014 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni, respublika mintaqalari iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aniq kasblar boʻyicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga amaldagi ehtiyojni tanqidiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan, 2013/2014 oʻquv yilidan boshlab respublika hududlarida 1-ilovaga* muvofiq 26 ta kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirishga doir takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlangan 2013/2014 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning umumiy parametrlari 2 va 2.1 — 2.13-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2 va 2.1 — 2.13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (A.I. Ikramov), respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida ikki hafta muddatda 2013/2014 oʻquv yilida viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini, oʻquvchilar va ular ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga talabini, taʼlim muassasalarida zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlashga alohida eʼtibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga, zarurat boʻlganda, umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2013/2014 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin hamda shu yil 10-avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qabul qilish natijalari boʻyicha yakuniy axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy organlari rahbarlari zimmasiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kelgusida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda umumtaʼlim maktablarining 9-sinflarini bitiruvchi qizlarning kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan qamrab olinishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinflar bitiruvchilarini oʻqitish bilan qamrab olishning yakuniy natijalari toʻgʻrisida joriy yilning 15-avgustigacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013/2014 oʻquv yili uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar taʼminoti uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan va yangidan foydalanishga topshirilayotgan kasb-hunar kollejlarida va filiallarida 2013/2014 oʻquv yili boshlangunga qadar sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, ularda kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv va uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 259-modda)