Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-may,
PQ-1965-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-maydagi PQ-1965-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi— OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli qarori 4-bandining birinchi xatboshidagi “kredit uyushmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi PQ-1090-sonli qarori bilan maʼqullangan Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subyektlarining boʻsh pul mablagʻlarini yanada jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksining 16-bandi uchinchi xatboshidagi “va kredit uyushmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati idoralariga soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan idora va tashkilotlar roʻyxatining 6-bandida:
5- kichik bandi chiqarib tashlansin;
6- kichik bandi 5-kichik bandi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 250-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)