Fargʻona viloyati Toshloq tumani hokimining
Qarori
Tumandagi korxona, tashkilot, muassasa, kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtotransportlar, tirkamalar va yarim tirkamalarni 2013-yilda texnika koʻrigidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Fargʻona viloyati Toshloq tumani hokimining 2014-yil 13-yanvardagi 32-sonli “Tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar hisobidagi avtomototransport vositalarini 2014-yilda texnik koʻrigidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2003-yil 19-fevraldagi 56-sonli buyrugʻi talablarini bajarish maqsadida hamda tuman Ichki ishlar boʻlimining 2013-yil 30-dekabrdagi 39/3421-sonli yozishmasini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Tumandagi korxona, tashkilot, muassasa, kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari hisobidagi avtotransportlar, tirkamalar va yarim tirkamalarni 2013-yil mart — oktyabr oylarida texnika koʻrigidan oʻtkazilsin.
2. Tumandagi xoʻjalik ixtiyoridagi davlat transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq xoʻjaligi ixtiyoridagi davlat transport vositalari va tirkamalarini tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi tomonidan tuzilgan 2013-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumandagi tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillarni, avtobuslarni, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillarini, ogʻir yuk hamda xavfli yuklarni tashuvchi transportlarni va ularning tirkamalarini bir yilda ikki marotaba texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
5. Davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish komissiyasiga transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvaliga qatʼiy amal qilish, transport vositalarini zaruriy asbob-anjomlar bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor berish yuklatilsin.
6. 2013-yil texnik koʻrigi davomida barcha haydovchilarni yoʻllarda harakatlanish qoidalari boʻyicha oʻttiz soatlik oʻqish dasturini oʻtaganligini tekshirib borish, nazorat qilish tuman avtohavaskorlar Kengashi (Sh. Omonov)ga yuklatilsin.
7. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (boshligʻi Sh. Moʻminov) va tuman Mudofaa boʻlimi (boshligʻi A. Qodirov)larga mazkur qarorning bajarilishi yuzasidan 2013-yil 10-noyabr kuniga qadar tuman hokimligiga yozma axborot berish yuklatilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 31-avgustdagi 591-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilib borish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Boboraximov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. UMAROV
Toshloq sh.,
2013-yil 9-yanvar,
9-son
Tuman hokimining 2013-yil 9-yanvardagi 9-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2013-yil Davlat texnik koʻrigini oʻtkazish tuman komissiyasining
tarkibi
| 1. | A. Boboraximov | Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
| 2. | X. Karimov | Tuman YHXG katta inspektori |
| 3. | Z. Sattorov | Tuman YHXG maʼmuriy amaliyot inspektori |
| 4. | S. Joʻrayev | Tuman texnika nazorati inspektori |
| 5. | Sh. Omonov | Tuman avtohavaskorlar jamiyati raisi |
| 6. | M. Toʻxtasinov | Tuman Mudofaa boʻlimi, texnika nazorati mutaxassisi |
| 7. | M. Xolmatov | 75-sonli avtokorxona saf boshligʻi |
| 8. | A. Nishonov | Toshloq yoʻlovchi MChJ direktor oʻrinbosari |
| 9. | J. Turdialiyev | Tuman tabiatni muhofaza qilish inspektori |
| 10. | M. Sobirov | Tuman Oʻzagrosugʻurta boshligʻi |
| 11. | I. Gʻofurov | Tuman QSXB boshligʻi |
Tuman hokimining 2013-yil 9-yanvardagi 9-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Toshloq tumani hududida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi uyushmalar va firmalarda avtobus va mikroavtobuslarni 2013-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan
JADVAL
|
Uyushmalar nomi |
Birinchi bosqich texnik koʻrik oʻtkaziladigan sana | Ikkinchi bosqich texnik koʻrik oʻtkaziladigan sana |
| Toshloq Yoʻlovchitrans MChJ | 12-13.03.2013 | 02-03.10.2013 |
| Toshloq Far-Avto Xizmat MChJ | 14-10.03.2013 | 04.10.2013 |
| Toshloqavtotranspartyor MChJ | 16.03.2013 | 07-08.10.2013 |
| Lochin | 18-19.03.2013 | 09-10.10.2013 |
| Avtomobilchi MChJ | 20.03.2013 | 11.10.2013 |
| Behruz trans | 22.03.2013 | 14.10.2013 |
| Dozrej trans | 23.03.2013 | 15.10.2013 |
| Toshloq Texnotrans MChJ | 25.03.2013 | 16.10.2013 |