06.10.1997 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Malayziya Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INVYeSTISIYaLARNI RAGʻBATLANTIRISh VA OʻZARO HIMOYaLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Malayziya Hukumati, (bundan keyin «Ahdlashuvchi Tomonlar» deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat asosidagi iqtisodiy va sanoat hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashni, xususan bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida eng qulay rejim yaratishni istagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki Ahdlashuvchi Tomonning iqtisodiy ravnaqini taqdirlash maqsadida ikkala Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini himoyalash hamda investitsiyalar toʻplanishi va individual ishchan tashabbusni ragʻbatlantirish zaruratini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) «investitsiyalar» atamasi mulkning barcha koʻrinishlarini anglatadi va jumladan quyidagilarni, ammo istisno emas, oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mol-mulk va koʻchmas mulk hamda ipoteka, chegirib qolish huquqi va garov singari har qanday oʻzga mulkiy huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) kompaniyalarning aksiyalari, qimmatbaho qogʻozlari va qarz majburiyatlari yoki shunday kompaniyalarning mulkidagi huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) pul vositalari boʻyicha talabnomalari yoki moliyaviy qiymatga ega boʻlgan har qanday ijro etish talabnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) intellektual mulk va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlar, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, savdo markalari, sanoat nomlari, sanoat namunalari, ishlab chiqarish sirlari, texnik jarayonlar, nou-xau va gud vil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qonun yoki kontraktga binoan berilgan konsessiyalari, shu jumladan tabiat resurslarni izlab topish, qayta ishlash, qazib olish, ulardan foydalanish uchun konsessiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) «daromadlar» atamasi investitsiyalardan olingan summalarni va xususan, biroq istisno emas, foyda, foizlar, sarmoyalar oʻsishidan kelgan daromadlar, dividendlar, royalti va mukofotlarni bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) «investor» atamasi quyidagilarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) fuqarolikka ega boʻlgan yoki Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq doimiy ravishda yashovchi har qanday jismoniy shaxs; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ana shu Ahdlashuvchi Tomonning amaldagi qonunlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki tashkil etilgan har qanday korporatsiya, shirkat, trest, qoʻshma korxona, tashkilot, uyushma yoki korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) «hudud» atamasi quyidagilarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Malayziyaga nisbatan, Malayziya Federatsiyasini qamrab olgan butun quruqlikdagi hududni, hududiy dengiz, uning tubi hamda er osti boyliklari va undagi havo fazosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, xalqaro huquqqa muvofiq u oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan davlat hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) «erkin muomaladagi valyuta» atamasi AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi, fransuz franki, yapon yeni yoki xalqaro shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun keng qoʻllaniladigan va markaziy xalqaro valyuta birjalarida keng sotib olinadigan hamda sotiladigan har qanday boshqa valyutani bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. (i) 1-band (a)-kichik bandda qayd etilgan «investitsiyalar» atamasi faqat Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlari, qoidalari va milliy siyosatiga muvofiq amalga oshirilgan investitsiyalarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mulk investitsiyalangan shakldagi har qanday oʻzgarish, agar bunday oʻzgarish dastlab investitsiyalangan mulkka nisbatan bildirilgan maʼqullashga xilof boʻlmasa, ularning investitsiya sifatidagi kvalifikatsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining amaldagi qonunlari, qoidalari va milliy siyosatiga muvofiq oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining sarmoyalarini investitsiyalashni ragʻbatlantiradi va ular uchun qulay sharoitlar yaratadi, shunday investitsiyalarga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida adolatli huquqli rejim, toʻla va muvofiq muhofaza va xavfsizlik yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Eng qulay rejim toʻgʻrisidagi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirilgan investitsiyalari uchun uchinchi davlat investorlarining investitsiyalariga yaratilganidan kam boʻlmagan adolatli va teng rejim yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning uchinchi davlat investorlariga yaratilganidan kam boʻlmagan qulay rejim yaratishga taalluqli qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlardan birini quyidagilar tufayli boshqa Tomon investorlariga rejim, preferensiy yoki engillik imtiyozlarini tatbiq etishga majburlovchi omil sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan biri bugungi kunda aʼzosi boʻlgan yoki kelgusida aʼzosi boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday mavjud yoki kelgusida tashkil etiladigan bojxona uyushmasi yoki erkin savdo zonasi, umumiy bozor, valyuta uyushmasi yoki shu singari xalqaro bitimlar yoxud mintaqaviy hamkorlikning boshqa shakllari; yoki shunday uyushmani yoki mantiqiy davr mobaynida hududni tashkil etish yoxud uni kengaytirishga olib keluvchi shartnomani qabul qilish, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlaligicha yoki qisman soliq solishga taalluqli boʻlgan har qanday xalqaro bitim yoki kelishuv yoxud butunlay yoki asosan soliq solishga aloqador boʻlgan har qanday ichki qonun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Zararlar uchun kompensatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududidagi urush, yoki boshqa qurolli toʻqnashuv, inqilob, favqulodda holat, qoʻzgʻolon, fuqarolik tartibsizliklari yoki isyon oqibatida investitsiyalari zarar koʻrgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga birinchi Ahdlashuvchi Tomon uchinchi davlat investorlari uchun yaratganidan kam boʻlmagan restitutsiya, tovon toʻlovi, kompensatsiyani koʻzda tutuvchi rejim yoki tartibga soluvchi boshqa sharoit yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ekspropriatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri quyidagi holatlardan istisno ravishda boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini ekspropriatsiya qilish yoki natsionalizatsiya qilish boʻyicha choralar qabul qilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar choralar huquqiy yoki davlat manfaatlari yoʻlida va zaruriy sud tartibida qoʻllansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar choralar diskriminatsion tarzda boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar choralar kechiktirilmasdan, aynan bir xil va samarali kompensatsiya toʻlovlari bilan birgalikda amalga oshirilsa. Bunday kompensatsiya egalik huquqidan mahrum qilish boʻyicha qabul qilingan choralar eʼlon qilingunga qadar tegishli investitsiyalarning bozor qiymatiga teng boʻlishi va erkin muomaladagi valyutada erkin ravishda oʻtkaziladigan boʻlishi lozim. Agar qonunda oʻzga kurs belgilanmagan boʻlsa, kompensatsiya toʻlovlarining asossiz ravishda har qanday tarzda kechiktirilishi Tomonlar kelishib olgan ustun tijorat kursi boʻyicha foizlar keltirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Pul oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining qonunlari, qoidalari va milliy siyosatiga muvofiq quyidagilarning istalgan erkin muomaladagi valyutada asoslanmagan kechiktirishlarsiz oʻtkazilishiga ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sof foyda, dividendlar, royalti, texnik yordam uchun toʻlovlar, foizlar va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining har qanday investitsiyalaridan olinadigan oʻzga joriy tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining har qanday investitsiyalarini butunlay yoki qisman tugatishdan keladigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikkala Tomon investitsiyalar sifatida tan olgan, bir Ahdlashuvchi Tomonning investorlari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlariga berilgan zayomlar/kreditlar toʻlanadigan fondlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bir Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalari munosabati bilan u erda ishlovchi va ishlash uchun ruxsat berilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining sof foydasi va boshqa kompensatsiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan bunday pul oʻtkazishlar uchun qoʻllaniladigan almashtirish kursi pul oʻtkazilayotgan sanadagi ustun almashtirish kursi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan pul oʻtkazishlari uchun istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalaridan kelib chiquvchi pul oʻtkazishlari uchun yaratiladigan qulay rejimdan kam boʻlmagan rejim yaratish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon bir Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori oʻrtasida yuzaga keladigan, quyidagilarga taalluqli boʻlgan har qanday nizoni Vashingtonda 1965 yil 18 martda imzolash uchun ochilgan Davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi investitsion nizolarni hal etuvchi Konvensiyaga muvofiq yarashtirish yoki arbitraj yoʻli bilan hal etish uchun Investitsion nizolarni hal etuvchi (bundan keyin «Markaz» deb ataluvchi) xalqaro Markazga topshirishga kelishadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ana shu Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investoriga nisbatan shunday investorlarning investitsiyalari xususida qabul qilgan majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) shunday investorning investitsiyalariga nisbatan ushbu Bitimdan kelib chiquvchi har qanday huquqning taxmin qilingan tarzda buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki tashkil etilgan va nizo yuzaga kelgunga kadar aksiyalarining koʻpchilik qismi boshqa Ahdlashuvchi Tomon investoriga tegishli boʻlgan kompaniya Konvensiyaning 25 (2) (b)-moddasiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning kompaniyasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. (i) 1-bandda qayd etilgan har qanday nizo yuzaga kelgan taqdirda, manfaatdor Ahdlashuvchi Tomon va investor uni yarashish va muzokaralar yoʻli bilan hal etishga urinishlari lozim. Agar, nizo 3 oy mobaynida bunday yoʻl bilan hal etilmasa, basharti manfaatdor investor ham Konvensiyaga muvofiq nizoni yarashish yoki arbitraj yoʻli bilan koʻrib chiqish uchun Markazga topshirishga yozma ravishda rozilik bildirsa, manfaatdor investor nizoni ushbu nizodagi tomon xisoblanmish Ahdlashuvchi Tomonning sudi yoki maʼmuriy organiga yoxud vakolatli yurisdiksiyasi sudiga topshirmagan holda, nizodagi istalgan Tomon Konvensiyaning 28- va 36-moddalarida belgilanganidek Markazning Bosh Kotibiga murojaat qilish yoʻli bilan nizoni hal etish tartibotlarini boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Nizoni yarashtirish yoki arbitraj yoʻli bilan hal etish eng maqbul tartibot ekanligiga rozi boʻlmaslik hollarida manfaatdor investorning fikri ustun hisoblanadi. Nizoda tomon hisoblanuvchi Ahdlashuvchi Tomon tartibotning istalgan bosqichida uni yoki qarorning bajarilishini toʻxtatish uchun eʼtiroz, himoya yoki huquq sifatida sugʻurta shartnomasi yoki kafolat shartnomasiga muvofiq nizoda boshqa tomon xisoblanmish investorning etkazilgan ziyon va zararning hammasi yoki ularning bir qismi evaziga tovon toʻlovi yoki oʻzga tarzda kompensatsiya olganligi yoki olishi faktiga asoslanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hech qaysi Ahdlashuvchi Tomon diplomatik vositalar orqali Markazga topshirilgan har qanday nizoni, toki u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Markazning Bosh Kotibi yoki komissiya tomonidan tashkil etilgan yarashtirish komissiyasi yoxud arbitraj sudi nizo Markaz vakolatlari doirasidan tashqarida deb qaror qilgunga qadar; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ii) boshqa Ahdlashuvchi Tomon arbitraj sudining istalgan qaroriga rioya qilmaguncha yoki boʻysunmagunga qadar hal etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllashga taalluqli boʻlgan nizolar imkon qadar diplomatik vositalar orqali hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizoni bunday yoʻl bilan hal etish imkoniyati boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga koʻra u arbitrajga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday arbitraj har bir alohida holat uchun quyidagi tartibda tashkil etiladi. Nizoni arbitrajda koʻrib chiqish uchun soʻrovnoma yuborilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida har bir Ahdlashuvchi Tomon arbitraj sudining bittadan aʼzosini tayinlaydi. Soʻngra bu ikki aʼzo har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning roziligiga koʻra sud raisi etib tayinlanadigan uchinchi davlat fuqarosini saylaydi. Rais sudning boshqa ikki aʼzosi tayinlangan sanadan soʻng ikki oy (2) mobaynida tayinlanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida belgilangan muddat mobaynida zaruriy tayinlovlar amalga oshirilmasa, boshqa kelishuvlar mavjud boʻlmagani holda, istalgan Ahdlashuvchi Tomon zaruriy tayinlovni oʻtkazish uchun Xalqaro Sud Prezidentini taklif qilishga haqlidir. Basharti, Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki oʻzga sabablar qayd etilgan vazifani bajarishga toʻsqinlik qilsa, zaruriy tayinlovni amalga oshirish uchun Vitse-Prezident taklif etiladi. Agar Vitse-Prezident Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, yoki u ham qayd etilgan vazifani bajarolmasa, zaruriy tayinlovni amalga oshirish uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan, Xalqaro Sudning lavozimi yuqoriroq boʻlgan aʼzosi taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arbitraj sudi koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi. Ana shunday qaror har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiydir. Har bir Ahdlashuvchi Tomon arbitraj ishidagi oʻzining sud aʼzosi va vakolatxonasi uchun xarajatlarni toʻlaydi, Rais uchun sarflanadigan va oʻzga chiqimlarni esa Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda toʻlaydilar. Bulardan qatʼi nazar, sud oʻz qarorida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining zimmasiga xarajatlarning koʻproq qismini toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin va bunday qaror har bir Ahdlashuvchi Tomon uchun majburiy hisoblanadi. Sud oʻz tartibotlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki uning vakolatli organi istalgan investorga investitsiyalar borasida berilgan kafolatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon 7-moddaga muvofiq birinchi tomonning huquqlariga ziyon etmagan holda bunday investorning har qanday huquqi yoki maqomi birinchi Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning vakolatli organiga hamda birinchi Ahdlashuvchi Tomon yoki uning vakolatli organi subrogatsiyasi har qanday huquq yoki maqomga oʻtishini tan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Investitsiyalarga qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim istalgan Ahdlashuvchi Tomon hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investori tomonidan uning qonunlari, qoidalari yoki milliy siyosatiga muvofiq ushbu Bitim kuchga kirgunga qadar va u kuchga kirgandan soʻng amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga u kuchga kirgandan soʻng istalgan vaqtda Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ushbu Bitimni istalgan tarzda oʻzgartirish yoki uni modifikatsiyalash, bunday oʻzgartirishlar kiritilgan sanagacha ushbu Bitimdan kelib chiquvchi huquqlar va majburiyatlarga ziyon etmagan holda, ana shunday huquqlar va majburiyatlar butunlay amalga oshirgunga qadar amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Bitimning kuchga kirishi, joriy muddati va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar hukumatlari ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha konstitutsion talablar bajarilganligi xususida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilgan sanadan soʻng oʻttiz (30) kun oʻtgach kuchga kiradi. Soʻnggi xabarnoma joʻnatilgan sana oxirgi sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim oʻn (10) yillik davr mobaynida qonuniy kuchga ega boʻladi va ushbu moddaning 3-bandi qoidalariga muvofiq toʻxtatilgunga qadar oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istalgan Ahdlashuvchi Tomon oʻn yillik muddat tutashidan bir (1) oy avval yoki undan keyingi istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda ushbu Bitimni toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Bitim toʻxtatilgan sanaga kadar amalga oshirilgan yoki qabul qilingan investitsiyalarga nisbatan Bitim qoidalari u toʻxtatilgan sanadan boshlab oʻn (10) yillik davr mobaynida oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlagan holda, oʻz Hukumatlari tomonidan lozim tarzda vakolatli etib tayinlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuala-Lumpur shahrida 1997 yil 6 oktyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, malay va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan xollarda ingliz tilidagi matn asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)