Navoiy viloyati hokimining
QarorI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI DAVLAT KORXONASI TOMONIDAN NAVOIY, ZARAFShON VA UChQUDUQ ShAHARLARIDA TURAR JOY FONDINI SAQLASh, UNGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh TARIFLARINI VA AHOLIDAN YIGʻILADIGAN QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI TAShIB KETISh TARIFLARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
“Uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qarori, Kommunal xizmatlari vazirligining 1999-yil 30-yanvardagi 17-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 647, 1999-yil 20-fevral) bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarning olib ketish kommunal xizmatlari taqdim etish toʻgʻrisida”gi qoidalari, “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2002-yil 12-avgustdagi 68-sonli (roʻyxat raqami 1173, 2002-yil 13-sentabr) buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va aholi yashaydigan punktlarida uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida”gi nizomlari asosida hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2011-yil 13-apreldagi 5-22/5461-sonli va viloyat moliya boshqarmasining 2011-yil 5-maydagi 01-02-02-233 vx-sonli xulosalarini inobatga olib qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari turar joy fondini saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish tariflari 1-ilovaga*;
Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlarida istiqomat qilayotgan aholidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish tariflari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda 2011-yil 1-iyuldan joriy etilsin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tizimidagi uy-joy fondini saqlash va unga texnik xizmat koʻrsatish korxonalari aholiga oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2010-yil 21 maydagi 137-Q-sonli qarorining 2-ilovasi 3-ilova deb oʻqilsin va 1-, 3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Eshonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. TURDIMOV
Navoiy sh.,
2011-yil 7-iyun,
Q-126-son