Navoiy viloyati hokimining
Qarori
NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI DAVLAT KORXONASI TOMONIDAN NAVOIY, ZARAFShON ShAHARLARI VA UChQUDUQ TUMANLARI TURAR JOY FONDINI HAMDA NOTURAR JOY MAQSADIDA FOYDALANILAYOTGAN TURAR JOYLARNI SAQLASh, UNGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh TARIFLARINI VA AHOLIDAN YIGʻILADIGAN QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI TAShIB KETISh TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 165-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2010-yil 20-apreldagi 5-22/6281-sonli va viloyat moliya boshqarmasining 2010-yil 30-apreldagi 07-97/661-sonli xatlarini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Quyidagilar:
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon shaharlari va Uchquduq tumanidagi turar joy fondini hamda noturar joy maqsadida foydalanilayotgan turar joylarni saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish tariflari 1- va 2- ilovalarga;
Navoiy, Zarafshon shaharlari va Uchquduq tumanida istiqomat qilayotgan aholidan qattiq holdagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmati tariflari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2010-yil 1-iyundan joriy etilsin.
2. Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tizimidagi uy-joy fondini saqlash va unga texnik xizmat koʻrsatish korxonalari aholiga oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan viloyat hokimining 2009-yil 27-avgustdagi 206-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A.Eshonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. TURDIMOV
Navoiy sh.,
2010-yil 21-may,
137-Q-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Navoiy viloyati hokimining 2011-yil 7-iyundagi Q-126-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyat hokimining 2010-yil 21-maydagi 137-q-sonli qaroriga
3-ilova
3-ilova
(2-ilova Navoiy viloyati hokimining 2011-yil 7-iyundagi Q-126-sonli qaroriga asosan 3-ilovaga oʻzgartirilgan)
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi tomonidan Navoiy, Zarafshon shaharlari va Uchquduq tumani noturar joy maqsadida foydalanilayotgan turar joylarni saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish
TARIFLARI
| № | Uy-joy fondining turi | Umumiy uy-joy fondini saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish tariflari (1 m2 uchun soʻm va tiyinda) qoʻshimcha qiymat soligʻisiz | Uy-joy fondi joylashgan joy nomi |
| 1. |
Noturar joy maqsadida foydalanilayotgan turar joy binolari uchun |
639-00 | Navoiy shahri |
| 610-00 | Zarafshon shahri | ||
| 574-00 | Uchquduq shahri |
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Navoiy viloyati hokimining 2011-yil 7-iyundagi Q-126-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)