02.05.2013 yildagi 118-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF-4516-son Farmoniga muvofiq yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni, Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlaydigan zamonaviy yuksak texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan 2013-yil 6-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil telefonlar va ularning akssesuarlari bilan ichki isteʼmol bozorini toʻliq toʻldirish va ularni eksport qilishni taʼminlash uchun ularni ishlab chiqarish boʻyicha “ZTE (N.K.) Limited” (Xitoy Xalq Respublikasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akril sanitariya-texnik asboblari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish, terini qayta ishlashda va charm-poyabzal buyumlari ishlab chiqarishda chiqitsiz texnologiyalarni taʼminlaydigan chorvachilik xom ashyosi va ularning ikkilamchi chiqindilarini qayta ishlashning toʻliq sikli zamonaviy liniyalarini tashkil etish boʻyicha “Wenzhou Jinsheng Trade So., Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyalari bilan tuzilgan Investitsiya shartnomalari (keyingi oʻrinlarda investitsiya shartnomalari deb ataladi) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya shartnomalariga muvofiq Xitoyning “ZTE (N.K.) Limited” va “Wenzhou Jinsheng Trade So., Ltd” kompaniyalari oʻz zimmalariga ilovaga* muvofiq majburiyatlar olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilgan investitsiya shartnomalari doirasida xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar soʻzsiz bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Peng Sheng” masʼuliyati cheklangan jamiyat hamda “ZTE (N.K.) Limited” va “Wenzhou Jinsheng Trade So., Ltd” kompaniyalari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar (keyingi oʻrinlarda qoʻshma korxonalar deb ataladi) foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonalar va “Peng Sheng” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan import qilinadigan texnik hujjatlar, mashinalar, maxsus texnika va mexanizmlar, maxsus transport vositalari (yengil avtomobillar bundan mustasno), qurilish materiallari va konstruksiyalar yangi ishlab chiqarish komplekslarini qurish davrida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalar, sanitariya-texnik buyumlar uchun aralashtirgichlar, berkitish armaturasi va butlovchi buyumlar, hayvonlar va parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqarishda, shuningdek chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda foydalaniladigan hamda qoʻshma korxonalar tomonidan import qilinadigan texnologik asbob-uskuna va unga ehtiyot qismlar, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar 3 yil muddatga bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Jizzax” maxsus industrial zonasining maʼmuriy kengashi (R.S. Azimov) bir oy muddatda qoʻshma korxonalar roʻyxatdan oʻtkazilishini va zona hududida joylashtirilishini, ularga belgilangan tartibda “Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchisi maqomi berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga “Peng Sheng” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan 2013-yil 1-aprelgacha olib kelingan tovarlarni, istisno tariqasida, eksport yuk bojxona deklaratsiyasini majburiy taqdim etmasdan bojxonada rasmiylashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan investitsiya shartnomalarini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻshma korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoʻshma korxonalarning buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga malakali xorijiy ish kuchi jalb etilishiga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 236-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)