Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 1-aprel,
20-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-apreldagi 20-B son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalarining oʻquvchi-talabalarini oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar oʻquvchi-talabalarning oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi barcha taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Taʼlim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Taʼlim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Taʼlim muassasalarida quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra taʼlim muassasasining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda taʼlim muassasasining faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Taʼlim muassasalarida mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Taʼlim muassasasi xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda taʼlim muassasasi xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash taʼlim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Amaliyot davrida oʻquvchi-talabalarning mehnatini tashkil etish
14. Oʻquvchi-talabalar mehnatidan foydalanilganda ularning sogʻligʻi, xavfsizligi va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mehnat sharoiti boʻlgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
15. Oʻquvchi-talabalarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
16. Taʼlim muassasalaridagi oʻquvchi-talabalarni oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan ustaxonalarida olib borilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻquvchi-talabalarning ish joylari zararli faktorlardan ajratilgan holda tashkil qilinishi kerak.
18. Yuklarni tashish bilan bogʻliq ishlar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalarining chegarasini belgilash toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) muvofiq olib borilishi kerak.
19. Oʻquvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan boʻlishi lozim.
20. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, laboratoriyalarda, issiqlik, chang, kimyoviy moddalar taʼsiri kuchli boʻlgan (charxlovchi, oʻyuvchi, silliqlovchi, elektropayvand ishlari va boshqalar) joylarda SanQvaM 0145-03 “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini joylashuvi, tuzilishi va oʻqish jarayonini tashkillashtirishga oid sanitariya qoidalar” talablariga asosan havo almashinishi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
21. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qoʻllarni yuvish uchun issiq va sovuq suv, sovun, maxsus eritmalar hamda qoʻllarini quritishi uchun sochiq yoki elektr quritgich boʻlishi lozim.
4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
22. Taʼlim muassasalari GOST 17.2.3.02 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari, salomatlik uchun xavflilik darajasi hamda kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
24. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
25. Taʼlim muassasasi oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
28. Taʼlim muassasasi rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
6-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
29. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
30. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
31. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va taʼlim muassasasini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
33. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
34. Taʼlim muassasasida quyidagilar taʼminlanishi shart:
Keyingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
35. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
36. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
7-§. Kasbiy tanlov
37. Taʼlim muassasalarida tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Oʻqituvchilar, taʼlim muassasalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
40. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
42. Taʼlim muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Taʼlim muassasasi rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Tibbiy koʻriklar taʼlim muassasasining tibbiy muassasalarida, ular mavjud boʻlmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki tibbiy koʻrik natijalariga koʻra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qoʻyilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik taʼlim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
48. Taʼlim muassasasining hududi va ish xonalarining harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Taʼlim muassasasining ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
50. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
51. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
10-§. Taʼlim muassasasi maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Keyingi tahrirga qarang.
52. Taʼlim muassasasi maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Taʼlim muassasasi maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Taʼlim muassasasi maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Yoz mavsumida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
56. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur.
57. Taʼlim muassasasi hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
59. Taʼlim muassasasi joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
60. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
62. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
63. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi chiqindilar va changlardan oson tozalanadigan boʻlishi kerak.
64. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
65. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
66. Taʼlim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Binolar bir yilda bir marta taʼlim muassasasi rahbari tasdiqlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Xodimlar va oʻquvchi-talabalar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va oʻquvchi-talabalar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
69. Kirish va chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
70. Taʼlim muassasasining ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
71. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
73. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmaslik lozim.
74. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.
75. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22º S dan kam boʻlmasligi kerak.
76. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
13-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
77. Ish joylarida, xonalarda va taʼlim muassasasi hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi ishlar qoʻllanilishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
79. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
14-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
80. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar, suv quvurlari boʻlmaganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
82. Ichimlik suvining harorati 8º S dan 20º S gacha boʻlishi kerak.
83. Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
84. Taʼlim muassasasida kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
85. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
86. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
87. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻymaslik lozim.
88. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
89. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish xonalarida portlash boʻyicha xavfli gaz konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
90. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
91. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi kerak.
92. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
93. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
94. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
95. Taʼlim muassasalari maishiy va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni taʼlim muassasalarining umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
97. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
98. Taʼlim muassasasi atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
99. Taʼlim muassasalarida ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
100. Taʼlim muassasalarida chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi va ushbu idishlar boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
101. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti taʼlim muassasasi rahbari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III bob. Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyot xonalarida bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlarga) qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Keyingi tahrirga qarang.
1-§. Umumiy talablar
102. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
103. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
104. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
105. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Liniyani toʻxtatgandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
106. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
107. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
108. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
109. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
110. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
111. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
112. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
113. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
114. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
115. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
116. Oʻqituvchi va oʻquvchi-talabalar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi hamda ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
117. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish xonalari, omborxona va yordamchi binolarning koʻrinarli joylarida yongʻin xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari boʻlishi kerak.
118. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari oʻrnatilgan xonalarning eshiklari yongʻinga chidamli qilib ishlangan boʻlishi kerak.
119. Taʼlim muassasasi binolarining har bir qavatida yongʻin sodir boʻlganida xodimlarni, oʻquvchi-talabalarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi oʻrnatilishi shart. Chizmada xonalar, yoʻlaklar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlar va oʻquvchi-talabalarning favqulodda holatda zaxira chiqish yoʻllaridan harakat qilish yoʻnalishlari koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
120. Binoda quyidagilar taqiqlanadi:
yertoʻlada yonuvchi suyuqliklar, gaz sigʻimlari, portlash xavfi boʻlgan moddalarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yoʻllari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, boʻyash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yogʻoch panellar bilan bezash hamda turli qoʻshimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmogʻiga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni texnik yoʻriqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish.
121. Yongʻin oʻchirish vositalaridan xoʻjalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
122. Taʼlim muassasasi binolarida oʻrnatilgan ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, maxsus yongʻin qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Yeng va dastaklar yongʻin oʻchirish ichki jumragiga ulab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
123. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
124. Taʼlim muassasalarida elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
125. Elektr energiyasidan foydalanishda taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
126. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha taʼlim muassasasida tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
127. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
131. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
132. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
138. Taʼlim muassasasining barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Qurilish (turlari boʻyicha) tayyorlov yoʻnalishi kasblari amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
141. Dastakli asboblar (arra, bolta, tesha, iskana, randa, ombir, ochqich, belkurak, egov, lom, andava va boshqalar) soz holda dastasi butun va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
142. Amaliyot vaqtida ishlatiladigan asboblar foydalanishga yaroqli, kesuvchi qismlari maxsus tekshiruv va sinashdan oʻtgan, charx dastgohlari muhofaza soyabonlari va muhofaza ekranlari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
143. Mexanizatsiyalashtirilgan har qanday asbobni oddiy va ikki oyoqli narvonlarda turib ishlash taqiqlanadi. Elektr tarmogʻiga yoki siqilgan havo tarmogʻiga ulangan mexanizatsiyalashtirilgan asbobni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
144. Har bir mexanizatsiyalashtirilgan jihozga xavfsizlik texnikasi talablari, eng koʻp yuklama va tezligi, qoʻshimcha bajarishi mumkin boʻlgan operatsiyalar va signallar tizimiiga oid maʼlumotlarni yoʻriqnoma tarzida yozib qoʻyilishi kerak.
145. Beton qorishmasini tayyorlash, yotqizish va zichlash ishlarini bajarishda amaldagi meʼyorlarga muvofiq oʻquvchi-talabalarga maxsus kiyim va maxsus poyabzal bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
146. Suvoq ishlarini bajarayotganda suvoqchi ohak yoki qorishma zarralaridan koʻzini asrashi lozim. Qorishma tarkibida organizmga zararli taʼsir etuvchi omillar boʻlsa, oʻquvchi-talabalar ulardan muhofazalanish uchun doimo qoʻlqop va boshqa shaxsiy himoyalanish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
147. Bino ichida pardozlash ishlarini bajarayotganda oʻquvchi-talabalarga boʻyoqdan chiqadigan kimyoviy va zaharli moddalarning hidlaridan himoyalanish uchun ular respirator, koʻzoynak va zarur hollarda protivogazlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
148. Dastgohning kesish asboblari va harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda yoki biror bir buyum bilan toʻxtatish taqiqlanadi.
149. Dastgohni boshqarish qismlari (bosish tugmalari, richaglar, dastalar) poldan 0,8-1,2 m baland joylashishi va dastgohchidan uzogʻi bilan 0,6 m masofada unga qoʻl bemalol kiradigan boʻlishi kerak. Ularning tasodifan ishga tushish holatlaridan oldi olingan boʻlishi shart.
150. Dastgoh ishlab turganda uni tuzatish, tozalash va moylash taqiqlanadi.
5-§. Toʻqimachilik sanoati va yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi tayyorlov yoʻnalishlari kasblari amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
151. Asosiy mehnat operatsiyalarining bajarilishi koʻrish, eshitish va harakat analizatorlarining kuchayishi bilan bogʻliq boʻlib, tik holatda uzoq turishni va diqqatni talab etadi.
152. Zararli faktorlar oʻquvchi-talabalar organizmiga salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida mashgʻulotlarni havo tortgichlari mavjud boʻlgan ustaxonalarda oʻtkazish lozim.
153. Ish oʻrinlarida zararli faktorlarning miqdori belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
6-§. Oziq-ovqat texnologiyasi (turlari boʻyicha) tayyorlov yoʻnalishi kasblari amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
154. Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-talabalarni oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish maxsus xonalar (sexlar)da, texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
155. Zararli faktorlar oʻquvchi-talabalar organizmiga salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida mashgʻulotlarni havo tortgichlari mavjud boʻlgan ustaxonalarda oʻtkazish lozim.
156. Oʻquvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan boʻlishi lozim.
157. Texnologik jihozlarning joylashuvi (oʻrnatishda) oraligʻi kamida 1 m dan, alohida jihozlar oraligʻi esa 0,8 m dan kam boʻlmasligi lozim.
158. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyoti xonalarining mikroiqlimi GOST 12.1.005-76 “Ish zonasi mikroiqlimi” talablariga asosan taʼminlangan boʻlishi kerak.
159. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarda qatnashuvchi muhandis-pedagog, oʻquvchi-talabalar tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart.
7-§. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi kasblari amaliyotlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
160. Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-talabalarni oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan maxsus xonalar (kichik texnologik sexlar)da, texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
161. Oʻquvchi-talabalarning amaliyotlarini oʻtkazishga moʻljallangan laboratoriya-amaliyot xonasi mexanik shamollatish tizimiga ega boʻlgan, yilning sovuq kunlarida harorat 14 º S dan past boʻlmagan alohida binoda joylashtirilishi lozim.
162. Qishloq xoʻjalik mavsumiy ish davrida ishlab chiqarish amaliyoti ikki smenada tashkil qilinishi, bunda har bir agregatga ikkita oʻquvchi-talaba biriktiriladi va ish vaqti bir smenada olti soatdan oshmasligi kerak.
163. Fermer xoʻjaliklarida oʻquvchi-talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti guruhlarga ajratilgan hollarda ish joyi va texnika bilan taʼminlangan sharoitda tashkil qilinishi va ular bilan doimiy ravishda ishlab chiqarish ustasi shugʻullanishi shart.
8-§. Metallarga ishlov berish mexanigi kasbi amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
164. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari, sex va boʻlimlarda dastgohlardan foydalanishda past boʻyli oʻquvchi-talabalar uchun boʻyiga mos holda balandligi kamida 5–15 sm boʻlgan oyoq ostiga qoʻyish uchun taglik boʻlishi lozim.
165. Dastgohlarni joylashtirishda oʻtish joyining qulayligi koʻzda tutilgan boʻlishi, dastgohlar orasidagi masofa 0,8 m dan va qatorlar orasidagi masofa esa 1,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
166. Ishlov beriladigan detallarning ogʻirligi 8 kg dan va moslamalarning ogʻirligi 20 kg dan ortiq boʻlganda maxsus yuk koʻtaruvchi moslamalardan foydalanish kerak.
167. Metallarga sovuq holda ishlov berishda moylash-sovutish suyuqliklari qoʻllanganda oʻquvchi-talabalarning mehnat xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
moylash-sovutish suyuqliklari sachrashini oldini olish, dastgoh, ishlov beriluvchi detallardan va ishchi asboblardan oqib tushishidan himoyalanish uchun dastgohlar ekran, shit va boshqa moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi;
dastgohlarni tozalash materiallari yuvilgan va dezinfeksiyalangan boʻlishi va undan oʻquvchi-talabalar qoʻllarini artmasliklari;
qoʻlni mineral moylardan tozalashda organik erituvchilardan foydalanmaslik;
moylash-sovutish suyuqliklari taʼsirida terining yalligʻlanishini oldini olish maqsadida ruxsat etilgan yuvuvchi vositalardan foydalanish;
ishdan soʻng ustki va ichki kiyimlarni almashtirish, dush qabul qilish va ish kiyimlarida uyga ketmasliklari.
9-§. Elektronika va radiotexnika tayyorlov yoʻnalishi amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
168. Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-talabalarni oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan hamda texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
169. Ish joyini toza tutish maqsadida qotishma va kanifollar maxsus idishlarga solinishi kerak.
170. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotida oʻquvchi-talabalarning har biri maxsus ish stoli bilan taʼminlanishi lozim.
10-§. Kimyoviy texnologiya, neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi yoʻnalishlari amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
171. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotlarida oʻquvchi-talabalar quyidagi zararli kimyoviy moddalar bilan ishlashi taqiqlanadi:
1-toifaga tegishli (oʻta xavfli) moddalar;
konserogen moddalar (anil boʻyoqlari, baʼzi metallar – xrom, nikel, ular birikmalari, benzol, vinilxlorid va boshqalar);
komulyativ moddalar (simob, qoʻrgʻoshin va boshqalar);
uzoq vaqt ishlash natijasida mutagen, embriotrop, gonadotrop va teratogen taʼsirini keltirib chiqaradigan moddalar (benzol va uning gomologi, mishyak, xloropren va boshqalar);
teri va shilliq pardaga salbiy taʼsir etuvchi va oʻtkir hidli moddalar (merkaptanlar, akrolein, atsetaldegid va boshqalar);
allergiyani qoʻzgʻatuvchi moddalar (ursol, nitro va nitrozo aralashmalari va boshqalar) bilan ishlashi.
172. Diplom oldi amaliyoti chogʻida ish hajmi quyidagicha olib borilishi lozim:
birinchi oyda konveyrda ishlaganda ish (normasi) meʼyori kattalarnikidan 75-80 foizdan kam boʻlishi;
tungi smenadagi ishdan ozod etilishi.
173. Ish joylarining havosini yangilashni nazorat qilib turish lozim.
174. Ishlab chiqarish amaliyotida oʻquvchi-talabalar turli taʼmirlash ishlarida ishtirok etishi va gaz portlashi xavfi bor joylarda ishlashi taqiqlanadi.
11-§. Konchilik ishi tayyorlov yoʻnalishi kasblari amaliyotiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
175. Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-talabalarni oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan hamda texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ustaxonalarda hamda oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish shaxta poligonlarida olib borilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
176. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida ish beruvchilar va ishlab chiqarish taʼlim ustalari tomonidan oʻquvchi-talabalarning organizmi ishlab chiqarish sharoitlariga koʻnikishlarini taʼminlashlari lozim.
177. Ishlab chiqarish amaliyotining birinchi oyida oʻquvchi-talabalarning ishlash meʼyori, ishchining ishlash meʼyorining 60 foizini tashkil etishi, bunda bitta ishchi oʻrniga ikkita oʻquvchi-talaba joylashtirilishi lozim.
178. Shaxtalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oʻquvchi-talabalar shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim va maxsus poyabzal bilan taʼminlanishi lozim.
IV bob. Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalardagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Keyingi tahrirga qarang.
179. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qoʻllaniladigan texnika, mexanizm va uskunalarning konstruksiyasi va texnik holati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
mashina va mexanizmlarning turli tizim va qismlarining texnik holati uni ishlab chiqargan zavod tomonidan qoʻyilgan texnik koʻrsatkichlariga va ishlatish boʻyicha yoʻriqnomasida keltirilgan texnikaviy tavsiflar talablariga toʻla mos kelishi;
mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi hamda aylanuvchi qismlari (kardan, zanjirli, tasmali, tishli uzatmalari va boshqalar) va boshqa xavfli zonalari xavfsizlikni taʼminlaydigan himoya toʻsiqlari bilan toʻsilgan boʻlishi;
mashina va mexanizmlardagi xavfli zonalar toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuv va belgilarning boʻlishi.
180. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida barcha mashina va mexanizmlarda, ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomasida berilgan roʻyxatga asosan, soz va toʻplamdagi asbob-uskunalar toʻliq boʻlishi shart.
181. Oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida mashina va mexanizmlarning konstruksiyasiga ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomasida koʻrsatilgandan tashqari qoʻshimcha jihozlar, ishchi qismlar va boshqa oʻzgartirishlar kiritilishi taqiqlanadi.
182. Chilangarlik ishlarida xavfsizlikni taʼminlashda asbob-uskunalarni toʻgʻri tanlash, texnik holati soz va ularni ishlatish qoidalariga amal qilish lozim.
183. Zarb beriladigan asboblar (zubilo, teshib oʻtgich, kern va boshqalar) yoriqlarsiz, gʻadir-budurlarsiz, parchinlab ulangan joylarisiz tekis qismga ega va qiyshaymagan boʻlishi kerak. Ularning ishlatiladigan uchlari shikastlangan boʻlmasligi kerak.
184. Zubilo 150 mm dan kalta boʻlmasligi, uning tortilgan qismining uzunligi 60–70 mm boʻlishi kerak. Zubiloning oʻtkir uchi 65°–70° burchak ostida charxlangan, kesuvchi qirrasi toʻgʻri yoki salgina doʻngroq chiziq koʻrinishida boʻlishi, shuningdek qoʻl bilan ushlanadigan joydagi yon chekkalarida oʻtkir qirralar boʻlmasligi kerak.
185. Chilangarlik bolgʻalari va boshqa zarb beriladigan asboblarning dastalari qattiq va qayishqoq (qizil, qora qayin, yongʻoq, grab, qayin va boshqalar), koʻz va buralmalarsiz, silliq yuzali quruq yogʻochdan yasalgan va poʻlat ponalar bilan ponalangan boʻlishi kerak. Yumshoq va yirik qatlamli daraxt turlari (archa, qaragʻay va boshqalar)dan yasalgan dastalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Dastalar toʻgʻri boʻlishi koʻndalang kesimida esa oval shaklga ega boʻlishi kerak.
186. Yogʻoch dastalarni kiydiriladigan oʻtkir uchlari boʻlgan egov, shaber va boshqa asboblarni dastasiz ishlatish taqiqlanadi. Dasta darz ketmagan va silliq boʻlishi, uning boʻyni metall halqalar bilan mahkamlab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
187. Metallarni asboblarda kesishda himoya kuzoynaglaridan foydalanish kerak.
188. Verstakga teshikning diametri 3 mm dan katta boʻlmagan va balandligi 800 mm boʻlgan himoya toʻri qoʻyilishi lozim.
189. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga yoki poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
190. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
191. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
192. Oʻzidan chang va har xil qirindilar chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrib oluvchi moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
193. Qayta ishlov beruvchi asbobni kesuvchi qismining (arra pichoq, freza va boshqalar) hududida blokirovka qilingan qoʻzgʻalmas toʻsiq boʻlishi lozim.
194. Arralovchi ramaga 70 mm dan kichik kenglikdagi arra qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Disk arralarining va arra polotnosining yon tomondagi yuzasi tekis va yoriqsiz boʻlishi lozim.
195. Koʻp shpindelli parmalash dastgohlarida parmaning toʻsiqlaridan asbobning ishchi qismi koʻrinadigan boʻlishi lozim.
196. Uzatish mexanizmlarini yuboruvchi qismlari (zanjirlar, itaruvchi tirgovichlar, gusenitsalar, ushlab oluvchilar, siquvchilar va boshqalar) ishonchli ushlab qolish va siqishni taʼminlashi kerak.
197. Frezer, fugoval, lentali arra, dumaloq arra, murakkab va boshqa yogʻochga qayta ishlov beruvchi dastgohlari mexanik uzatkichga ega boʻlmasa, avto uzatuvchi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
198. Dastgohni harakatlanuvchi qismlari (karetka, aravacha, salazka, ramka, stolni supporti) belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi uchun unda tirgovuchlari yoki harakatini chegaralovchi oʻchirgichlari boʻlishi lozim.
199. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirilishi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi lozim.
200. Yogʻoch va metallga ishlov berish ustaxonasida sunʼiy yoritilganlik darajasi lyuminessent lampa – 300 lk, choʻgʻlanma lampa – 200 lk, tikuvchilik ustaxonasida lyuminessent lampa – 400 lk, choʻgʻlanma lampa – 300 lk boʻlishi lozim.
V bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
201. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi taʼlim muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
202. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI bob. Yakuniy qoida
203. Taʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitekqurilish” qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlim markazi va “Oʻzstandart” agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 25-mart
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 25-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 25-mart
Oliy oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2013-yil 25-mart
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2013-yil 25-mart
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 25-mart
Oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlim markazi direktori J. ISMAILOV
2013-yil 25-mart
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 25-mart
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2013-yil 25-mart
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2013-yil 25-mart