Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023 25.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2453
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2453]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-martdagi 6/2-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikrokredit tashkilotlarida ichki audit xizmatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni hamda uning faoliyatini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2453-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit — mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari faoliyatini ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga va ichki hujjatlarga, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida maʼlumotlar toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishini, korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yoʻli bilan nazorat qiluvchi va baholovchi mikrokredit tashkilotining ichki audit xizmati faoliyati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit xizmati — mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi qarori bilan tashkil etiladigan mikrokredit tashkilotining ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan har bir mikrokredit tashkiloti ichki audit xizmatini tashkil etishi, shuningdek mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi tasdiqlaydigan Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomni hamda ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki audit xizmatining maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki audit xizmati ichki auditni amalga oshirish va uning natijalari toʻgʻrisida mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlariga obyektiv tahlil, baho, tavsiyalar va takliflar taqdim etish, shu orqali mikrokredit tashkilotining samarali faoliyat yuritishini taʼminlashda uning yuqori boshqaruv organiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organini ishonchli axborot bilan taʼminlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari boʻyicha mikrokredit tashkiloti faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi rejasiga muvofiq mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishli tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan ichki auditni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotlarini (oylik, choraklik, yillik) aniqligi va ishonchliligi yuzasidan joriy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti tomonidan tuziladigan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga doir va boshqa xoʻjalik shartnomalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
(6-bandning toʻshrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda mikrokredit tashkilotining tarkibiy boʻlinmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank, mikrokredit tashkilotlari faoliyatiga oid qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari boʻyicha maslahatlar berish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti faoliyatini tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish yuzasidan texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda hamda tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotining ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki audit xizmati ichki auditni amalga oshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi va xodimlaridan mikrokredit tashkiloti faoliyatiga bogʻliq boʻlgan yoki audit predmeti hisoblangan barcha zarur hujjatlarni (rahbar buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, maʼlumotnomalar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni) talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelgan savollar boʻyicha mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi va xodimlaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjatlardan nusxalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda belgilangan tartibda (kelgusida saqlanishi gumon boʻlgan) hujjatlarning asl nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan soʻng tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga va mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki audit xizmati quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki auditni amalga oshirishda mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 21—27-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va statistika hisoboti koʻrsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotiga uning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, bu haqda darhol mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlarni xatlovdan oʻtkazishda va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki audit xizmati qonunchilik hujjatlariga va mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ichki audit xizmati xodimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi taʼlimga tengligi eʼtirof etilgan xorijiy davlat taʼlim muassasasida olingan oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatiga ega boʻlishlari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ishi, mikromoliyalash, buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida (shu jumladan oʻrindoshlik asosida) kamida ikki yillik amaliy ish stajiga ega boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari boʻyicha yetarli bilimlarga ega boʻlishlari, shu jumladan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishlari;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada belgilangan buxgalteriya hisobi hamda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlari qoidalarini qoʻllash boʻyicha bilimlarga ega boʻlishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi ichki audit xizmatiga malakali va yetarli tajribaga ega mutaxassislar ishga qabul qilinishini taʼminlaydi hamda ularning ish faoliyati ustidan bevosita nazorat oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali bajarish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki audit xizmati xodimi lavozimi boʻshagan taqdirda, mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi bir oy muddat ichida ushbu lavozimga boshqa xodim qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki audit xizmati xodimlarining kasbiy malakasi ularni tegishli taʼlim muassasalarida muntazam ravishda oʻqitish orqali oshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi yoki uning qarori bilan mikrokredit tashkiloti muassislari (ishtirokchilari) tarkibidan saylangan komissiya tomonidan ichki audit xizmati xodimlarining qonunchilik hujjatlari talablarini bilishi, axborot tanlash, tekshiruvlar oʻtkazish, xulosalarni baholash va tayyorlash borasidagi kasbiy mahoratlari darajasi har yili baholab boriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ichki audit xizmatining mustaqilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ichki audit xizmati mustaqildir va u bevosita mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlarini lavozimga tayinlash hamda egallab turgan lavozimidan ozod etish, ularga ish haqi miqdorini va boshqa toʻlovlarni belgilash mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki audit xizmati xodimlari ular tomonidan tekshirilayotgan faoliyatlardan mustaqil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ichki audit oʻtkazishga va uni oʻtkazish natijalari boʻyicha yigʻma hisobot tuzishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ichki audit mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadigan auditorlik tekshiruvi rejasiga muvofiq yilning har choragida va hisobot yili yakunlari boʻyicha tekshirilayotgan davr tugagandan soʻng 10 kun muddat ichida oʻtkaziladi. Auditorlik tekshiruvi rejasi va mazkur Nizom talablari asosida batafsil auditorlik dasturi ishlab chiqiladi. Auditorlik dasturini ishlab chiqish va bajarish boʻyicha javobgarlik ichki audit xizmatiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ichki audit xizmati ishining samaradorligini taʼminlash maqsadida auditorlik tekshiruvi rejasi mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organi tomonidan har yili kamida bir marta qayta koʻrib chiqilishi va tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki audit:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishini;
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2453-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini;
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlarning holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratning holatini tekshirish va monitoringini olib borish yoʻli bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻtkazilgan ichki audit tekshirishlari natijalari boʻyicha bevosita uni oʻtkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning bajarilishining miqdor va sifat koʻrsatkichlari tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda aniqlangan sabablar bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilishni tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligi, mikrokredit tashkiloti muassislarining (ishtirokchilarining) qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqarish sohasida qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari bayoni (taʼsis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yigʻilishlar va mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlari majlislari oʻtkazilishi, dividendlar toʻgʻri hisoblanishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi va hokazolar);
(21-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mikrokredit tashkilotining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotini tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan moliya-xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda oʻz vaqtida, toʻliq va aniq aks ettirilishini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va yigʻimlar hisob-kitobi toʻgʻriligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlarni hisoblash va toʻlashning belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish;
(21-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 16-maydagi 11/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2453-1, 10.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishda mikrokredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq yoki nomuvofiqligini baholash va bayon etishni oʻz ichiga olishi lozim;
(21-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan oʻtkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda mavjudligi va saqlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimini va uning faoliyat koʻrsatishidagi mavjud kamchiliklarni bayon etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkiloti tarkibiy boʻlinmalaridagi ijro intizomining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻtkaziladigan audit tekshirishlari boʻyicha barcha hisobotlarda mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi va tarkibiy boʻlinmalari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, tasdiqlaydigan hujjatlarning toʻliq toʻplamini oʻz ichiga oladigan yakuniy qism boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻtkazilgan ichki audit yakunlari boʻyicha, mazkur Nizomning 20, 21 va 22-bandlariga muvofiq, ichki audit rahbari (xodimi) tomonidan imzolanadigan yigʻma hisobot tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yigʻma hisobot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy qismni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy qismni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlaydigan hujjatlarning toʻliq toʻplamini oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yigʻma hisobotning tahliliy qismi mazkur Nizomning 20, 21 va 22-bandlariga muvofiq, ichki audit xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yigʻma hisobotning yakuniy qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga umumiy bahoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha ichki audit xizmatining tavsiyalarini hamda mikrokredit tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirishga, korporativ boshqarishni takomillashtirishga doir umumlashtirilgan takliflarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yigʻma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin 5 kun ichida tugatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yigʻma hisobot bevosita mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organiga uning koʻrib chiqishi va keyinchalik tasdiqlashi uchun taqdim etilishi kerak. Yigʻma hisobot tasdiqlangandan keyin uning 1 nusxasi mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi audit tekshiruvlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ichki audit xizmatining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ichki audit xizmati xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari oʻtkazgan tekshirishlar natijalarini buzib koʻrsatganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga taqdim etilgan yoki xizmat vazifalarining bajarilishi jarayonida ularga maʼlum boʻlgan mikrokredit tashkilotining sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlamaganligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlarini bartaraf etish va mikrokredit tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarga baho berilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mikrokredit tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Markaziy bank lozim boʻlganda mikrokredit tashkilotidan ichki audit xizmati oʻtkazgan tekshirishlar hisobotlarini va ular bilan bogʻliq boshqa axborotni olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 230-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2453-1/0732-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)