Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
SURXONDARYo VILOYATINI 2012-2016 YILLARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh HUDUDIY DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvardagi “2011-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yakunlari va 2012-yilda iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida”gi 1-sonli majlis bayonining 5, 10 va 11-bandlari ijrosini taʼminlash hamda viloyat iqtisodiyotini barqaror, mutanosib va jadal rivojlanishini, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholining turmush darajasi barqaror oʻsib borishini, ijtimoiy infratuzilma rivojini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining Termiz shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda “Surxondaryo viloyatini 2012 — 2016-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” boʻyicha ishlab chiqqan dastur loyihasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. “Viloyatni 2012 —2016-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni amalga oshirilishini muvofiqlashtirib boruvchi ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq hamda Dasturning bajarilishini monitoring qilib borish boʻyicha doimiy Monitoring-tahlil guruhi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1, 2, 3-ilovalar berilmaydi.
3. Viloyat muvofiqlashtirib boruvchi Ishchi guruhiga:
dastur monitoringini olib borish boʻyicha doimiy Monitoring-tahlil guruhi tomonidan taqdim etilgan tahliliy maʼlumotlar asosida har oy va chorak yakunlari bilan yigʻilishlar oʻtkazib borilishini va dastur ijrosining muhokama qilinishini;
Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, dasturning bajarilishiga masʼul viloyat tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
4. Dasturning monitoringini olib borish boʻyicha doimiy Monitoring-tahlil guruhi (Xoliqov)ga:
Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, masʼul boshqarma, tashkilot va korxonalar tomonidan dasturning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni umumlashtirib borish, tahlil qilish;
dasturning bajarilishi boʻyicha umumlashtirilgan va tahlil qilingan maʼlumotlarni, yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni har oyning yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar viloyat muvofiqlashtirib boruvchi Ishchi guruhiga hamda viloyat hokimligiga taqdim etib borilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
5. “Viloyatni 2012 — 2016-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”da belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirilishi boʻyicha:
viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi, Statistika boshqarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi Termiz shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda dasturning 1-ilovasida* belgilangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognoz, koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash;
viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi Termiz shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda dasturning 2a-, 2b- va 2v-ilovalariga* asosan ishga tushirilishi belgilangan har bir loyiha boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqilishini hamda tarmoq jadvallariga asosan loyihalarning muddatida bajarilishi boʻyicha monitoring olib borilishini taʼminlash;
*2a, 2b, 2v-ilovalar berilmaydi.
“Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ, “Janub” unitar korxonasi viloyat filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari dasturga asosan viloyat aholisini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlash chora-tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
“Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish davlat korxonasi Moliya boshqarmasi bilan birgalikda dasturda belgilangan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha moliyalashtirish masalalarini hal etish hamda qurilish ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, Davlat mulki boshqarmasi iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni sogʻlomlashtirish hamda viloyatdagi avval xususiylashtirilib, foydalanilmayotgan yoki kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi tumanlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish prognoz koʻrsatkichlarini bajarilishini va dasturda belgilangan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish;
“Amu zang” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi dasturida belgilangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha koʻrsatilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi viloyat moliya, xalq taʼlimi, oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi, sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda dasturga kiritilgan ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlash maqsadida respublika investitsiya dasturiga kiritilishi boʻyicha belgilangan tartibda takliflar tayyorlab borish;
Viloyat Savdo-sanoat palatasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi bilan birgalikda istiqbolli loyihalarga investorlar topish, loyihalarning oʻz muddatida amalga oshirish;
Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi dasturga kiritilgan loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarni doimiy nazoratga olish;
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi Termiz shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda dasturda belgilangan eksport koʻrsatkichlarini bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbir ishlab chiqish va doimiy monitoringini olib borish vazifalari yuklatilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mutasaddi viloyat boshqarma, tashkilotlari dastur bandlarining bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasiga, doimiy Monitoring-tahlil guruhiga har oyning yakuni bilan keyingi oyning 7-sanasiga qadar taqdim etib borishi topshirilsin
6. Termiz shahar va tumanlar hokimlariga:
2012 — 2016-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan hududiy dasturlarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hududiy muvofiqlashtirib boruvchi Ishchi guruhi tarkibini va Dasturlarning bajarilishini monitoring qilib borish boʻyicha doimiy Monitoring-tahlil guruhi tarkibini tuzib, dastur ijrosini taʼminlash hamda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etilishi boʻyicha takliflarni viloyat muvofiqlashtirib boruvchi ishchi guruhiga, viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasiga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
7. Viloyat hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari dasturning ijrosini taʼminlashda yuzaga kelayotgan viloyat miqyosida hal etiladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralarni belgilash, respublika miqyosida hal etiladigan muammolarni hal etish boʻyicha takliflarni viloyat hokimi orqali masʼul tegishli vazirlik, qoʻmita va idoralarga taqdim etilishini tashkil etish topshirilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining tarmoqlar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hokim N. ChORIYEV
Termiz sh.,
2012-yil 4-sentabr,
198-son