Surxondaryo viloyati hokimining
Qarori
VILOYATDAGI DEHQON, BUYuM VA IXTISOSLAShTIRILGAN BOZORLARDA SAVDO JOYI, XIZMAT HAQI VA IJARA TOʻLOVLARINING YaNGI MIQDORLARINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 315-sonli, 2003-yil 28-iyuldagi “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2012-yil 6-martda 2336-raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda mahalliy budjetga daromadlar tushumini koʻpaytirish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyatdagi barcha dehqon, buyum va ixtisoslashtirilgan bozorlarda (yarmarkalarda) sotuvchilardan (xizmat koʻrsatuvchilardan) undiriladigan savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarining yangi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” boshqarmasi viloyat boʻlimi (A. Oynazarov)ga viloyatdagi barcha dehqon, buyum va ixtisoslashtirilgan bozorlarda (yarmarkalarda) sotuvchilardan (xizmat koʻrsatuvchilardan) undiriladigan savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borish vazifasi yuklatilsin.
3. Ushbu qaror tegishli tartibda matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
4. Qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari P. Madiyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.b N. ChORIYEV
Termiz sh.,
2012-yil 30-mart,
68-son
Viloyat hokimining 2012-yil 30-martdagi 68-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Viloyat hududidagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatining
miqdori
|
I. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdori | |||||
| | | | | |
soʻmda |
| T/r |
Mahsulot turi |
Oʻlchov birligi | Termiz shahar | Denov, Shoʻrchi, Jarqoʻrgʻon, Boysun va Sherobod tuman markazidagi bozorlar uchun | Qolgan tuman bozorlari va qishloq joylardagi bozorlar uchun |
| 1. | Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: | ||||
| 1.1 | Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k. |
1 oʻrin/kunga | 2500 | 2400 | 2000 |
| | Sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar | 1 oʻrin/kunga | 4600 | 4500 | 3000 |
| | Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pista, shoʻrdanak va h.k. | 1 oʻrin/kunga | 4600 | 4500 | 3000 |
| 1.2 | Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.q hamda pishirilgan joʻxori | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 2000 | 1800 |
| 1.3 | Poliz mahsulotlari: xandalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv.metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4800 | 4500 |
| 1.4 | Don mahsulotlari: | 1 oʻrin/kunga | 2500 | 2400 | 2000 |
| | Guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k. | 1 oʻrin/kunga | | | |
| 1.5 | Dukkakli don mahsulotlari: mosh, loviya, noʻxat va h.k. | 1 oʻrin/kunga | 2500 | 2400 | 2200 |
| 1.6 | Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1800 | 1600 |
| 1.7 | Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor, sabzi va h.k. | 1 oʻrin/kunga | 2800 | 2600 | 2500 |
| 1.8 | Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h.k.) hamda asal | 1 oʻrin/kunga | 2500 | 2400 | 2000 |
| 1.9 | Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) | 1 oʻrin/kunga | 1800 | 1800 | 1600 |
| 1.10 | Tuxum | 1 oʻrin/kunga | 2400 | 2000 | 1800 |
| 1.11 | Gullar va koʻchatlar | 1 oʻrin/kunga | 1800 | 1600 | 1400 |
| 1.12 | Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k.) | 1 oʻrin/kunga | 1800 | 1800 | 1700 |
| 1.13 | Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolat mahsulotlari | 1 oʻrin/kunga | 2300 | 2200 | 1700 |
| 1.14 | Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar | 1 oʻrin/kunga | 3500 | 3000 | 2000 |
| 1.15 | Milliy taomlar | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4500 | 3000 |
| 1.16 | Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1800 | 1500 |
| 1.17 | Supurgi | 1 oʻrin/kunga | 1800 | 1600 | 1600 |
| 1.18 | Tirik baliq | 1 oʻrin/kunga | 4000 | 4000 | 4000 |
| 1.19 | Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv.metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 2000 | 2000 |
| 2. | Goʻsht mahsulotlari: | ||||
| 2.1 | Goʻsht mahsulotlari doʻkonlarda (koʻy, echki, choʻchqa, parranda va boshqalar) | har bir sotuvchi uchun | 8000 | 7500 | 7000 |
| 2.2 | Mol goʻsht mahsulotlarini doʻkonlarda sotganda | har bir sotuvchi uchun | 10500 | 10000 | 9500 |
| 3. | Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: | ||||
| 3.1 | Yengil avtomashinalardan | 1 mashina | 4500 | 4400 | 4000 |
| 3.2 | Yuk avtomashinalardan | 1 mashina | 8000 | 7500 | 7000 |
| 3.3 | Tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan | 1 mashina | 8000 | 7500 | 7000 |
| 3.4 | Mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqari, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4500 | 3000 |
| 4. | Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalari (har bir tirkama yoki yuk avtomashinalari uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyalari, beda va h.k. | 1 mashina | 6000 | 5600 | 4000 |
| 5. | Qurilish materiallarini sotish: | ||||
| 5.1 | Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: | | | | |
| | 6 kv.metrgacha | 1 oʻrin/ kunga | 5500 | 5200 | 4500 |
| | 6 dan — 15 kv.metrgacha | 1 oʻrin/ kunga | 6000 | 5500 | 4000 |
| | 15 dan — 30 kv.metrgacha | 1 oʻrin/ kunga | 8000 | 8000 | 8000 |
| 5.2 | Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k.) sotish (6 kv.metrgacha) | 1 oʻrin/ kunga | 3000 | 2800 | 2500 |
| 6. | Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: | ||||
| 6.1 | Avtomobillar uchun ehtiyot qismlari | 1 oʻrin/ kunga | 3000 | 2800 | 2500 |
| 6.2 | Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar | 1 oʻrin/ kunga | 2500 | 2400 | 2000 |
| 7. | Avtotransport vositalarini sotish: | ||||
| 7.1 | DAYEWOO yengil avtomashinalari (LASETTI, YERISA, SARTIVA, TASUMA) | 1 joy | 12000 | 12000 | 12000 |
| 7.2 | DAYEWOO yengil avtomashinalari (NEXIA, TISO, DAMAS, MATIZ) | 1 joy | 11000 | 11000 | 11000 |
| 7.3 | Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar | 1 joy | 10000 | 10000 | 10000 |
| 7.4 | Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan eski yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar | 1 joy | 7000 | 7000 | 7000 |
| 7.5 | Yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtarish vositalari uchun | 1 joy | 12000 | 12000 | 12000 |
| 7.6 | ZAZ, GAZ-21, mototsikl, motoroller, moped | 1 joy | 3000 | 3000 | 3000 |
| 8. | Mol bozorlariga olib chiqiladigan har bir chorva mollari uchun | ||||
| 8.1 | Ot, toy, tuya | 1 bosh | 8000 | 7800 | 7000 |
| | Boʻtaloq, eshak | 1 bosh | 5000 | 4800 | 4000 |
| 8.2 | Yirik shoxli qoramol: | | | | |
| | Yirik shoxli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan) | 1 bosh | 6500 | 6400 | 6000 |
| | Buzoq | 1 bosh | 4000 | 3800 | 3500 |
| 8.3 | Mayda shoxli qoramol: | | | | |
| | Qoʻy, Echki (koʻy qoʻzisi, echki ulogʻi bilan va h.k.) | 1 bosh | 4000 | 3800 | 3500 |
| | Qoʻzi, uloq | 1 bosh | 2000 | 1800 | 1500 |
| 8.4 | Choʻchqalar, choʻchqa bolalari | 1 bosh | 3000 | 3000 | 3000 |
| 9. | Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz | 1 bosh | 800 | 800 | 800 |
| | kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz joʻjalari | 10 bosh | 800 | 800 | 800 |
| 10. | Itlar va mushuklar | 1 oʻrin/kunga | 2500 | 2400 | 2000 |
| 11. | Manzarali qushlar va baliqlar | 1 oʻrin/kunga | 2500 | 2400 | 2000 |
| 12. | Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar | 1 oʻrin/kunga | 1000 | 1000 | 1000 |
| 13. | Poyabzal taʼmirlash xizmati | 1 oʻrin/kunga | 1600 | 1500 | 1200 |
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmol mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmol mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turi boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
|
II. Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari | |||||
| | | | | |
soʻmda |
| T/r |
Koʻrsatiladigan xizmatlar turi |
Oʻlchov birligi | Termiz shahar | Denov, Shoʻrchi, Jarqoʻrgʻon, Boysun va Sherobod tuman markazidagi bozorlar uchun | Qolgan tuman bozorlari va qishloq joylardagi bozorlar uchun |
| 1. | Inventarlarni ijaraga berish: | | | | |
| 1.1 | Tosh-tarozilar uchun | 1 kunda | 700 | 600 | 500 |
| 1.2 | Katta yuk tarozilar uchun | | | | |
| | 150 kg.gacha | 1 kunda | 1500 | 1400 | 1200 |
| | 150 kg.dan 1500 kg.gacha | 1 kunda | 5500 | 5000 | 4400 |
| 1.3 | Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k.) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) | 1 kunda | 1000 | 900 | 800 |
| 1.4 | Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) | 1 kunda | 300 | 300 | 200 |
| 1.5 | Mahsulotlar uchun brezent berish | 1 kunda | 1000 | 900 | 800 |
| 1.6 | Aravachalar uchun | 1 kunda | 1200 | 1100 | 1000 |
| 1.7 | Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv.m) | 1 kunda | 1000 | 1000 | 800 |
| 2. | Koʻrsatiladigan xizmat turlari: | ||||
| 2.1 | Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: | ||||
| | Sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) | 1 kunda | 1600 | 1600 | 1600 |
| | Omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) | 1 kunda | 1200 | 1200 | 1200 |
| | Bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) | 1 kunda | 1100 | 1100 | 1100 |
| 2.2 | Buyumlarni omborxonalarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) | 1 kunda | 1200 | 1000 | 800 |
| 2.3 | Mahsulotlarni tarozida tortish: | ||||
| | Katta yuk tarozida | 1-marta tortish | 600 | 600 | 600 |
| | Yirik va mayda shoxli mollar | 1-marta tortish | 1100 | 1000 | 800 |
| 2.4 | Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) | 1 kunda | 3500 | 3500 | 3500 |
| 2.5 | Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: | ||||
| | Yengil avtomashinalar uchun | 1 soatga | 800 | 700 | 600 |
| | Yuk avtomashinalar uchun | 1 soatga | 1000 | 1000 | 800 |
| 2.6 | Hojatxona xizmatidan foydalanish | 1-marta | 300 | 300 | 300 |
| 2.7 | Telefondan foydalanish | 1-marta | 100 | 100 | 100 |
| 2.8 | Radiouzel orqali eʼlon berish | 3-marta takror | 500 | 400 | 300 |
|
III. Bozorlar va savdo komplekslari hududida bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari | |||||
| | | | | |
soʻmda |
| T/r |
Toʻlov turlari |
Oʻlchov birligi (oylik toʻlov) | Termiz shahar | Denov, Shoʻrchi, Jarqoʻrgʻon, Boysun va Sherobod tuman markazidagi bozorlar uchun | Qolgan tuman bozorlar va qishloq joylardagi bozorlar uchun |
| 1. | Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi | ||||
| | Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.me�r uchun | 13000 | 10000 | 7000 |
| | Oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 12500 | 11500 | 6500 |
| | Umumiy ovqatlanish | 1 kv.metr uchun | 13000 | 12000 | 7000 |
| | Maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv.metr uchun | 12000 | 11000 | 7000 |
| | Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) | 1 kv.metr uchun | 11000 | 10000 | 6000 |
| 2. | Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalar egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: | ||||
| 2.1 | Mol-mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda: | ||||
| | Nooziq-o�qat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 7000 | 6500 | 5000 |
| | Oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 7000 | 6500 | 5000 |
| | Umumiy ovqatlanish | 1 kv.metr uchun | 5000 | 4500 | 4000 |
| | Maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv.metr uchun | 5000 | 4500 | 4000 |
| | Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) | 1 kv.metr uchun | 5000 | 4500 | 3500 |
| 2.2 | Yer va mol-mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda: | ||||
| | Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 2000 | 1900 | 1800 |
| | Oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv.metr uchun | 2000 | 1900 | 1800 |
| | Umumiy ovqatlanish | 1 kv.metr uchun | 1400 | 1300 | 1200 |
| | Maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv.metr uchun | 1200 | 1100 | 1000 |
| | Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) | 1 kv.metr uchun | 1200 | 1100 | 1000 |
Eslatma: bozor hududida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy tijorat qurilmalar (oshxona, doʻkon, dorixona, somsaxona va boshqa pullik xizmat koʻrsatuvchi) kommunal toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshiradi. Haftada bir kunlik bozorlarda faoliyat yurituvchi doʻkonlar bir oylik ijara haqining yarmini toʻlaydi.