Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 787-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3166-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 8-aprel,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-apreldagi 100-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 51-bandga quyidagi mazmundagi 10-kichik band qoʻshilsin:
“10) Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, shuningdek hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallar, shu jumladan mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini xarid qilish”;
b) 53 va 54-bandlardagi “1, 3—9-kichik bandlaridagi” soʻzlari “1, 3—10-kichik bandlaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari hamda ular doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari yarmarkalari (keyingi oʻrinlarda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi deb ataladi) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan xorijiy xaridorlarni respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida keng xabardor qilish, sheriklarni izlab topishda hamda oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida xoʻjalik shartnomalari, shuningdek mahsulotlarni eksportga yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda yordam koʻrsatish maqsadida har yili oʻtkaziladi”;
b) 7-bandda:
oʻninchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida isteʼmol qilishga moʻljallangan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish”;
oʻn birinchi—oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi—oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 201-modda)