Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
Qarori
VILOYATDA DAVLAT MULKLARINI IJARAGA BERISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI IJARA HAQINING ENG KAM MIQDORINI BELGILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 04/16-2401-sonli xatiga asosan viloyatda 2012-yil uchun davlat mulki ijara haqining eng kam stavkalarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 04/16-2401-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatdagi mahalliy hokimliklar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari balansidagi mol-mulkini hamda vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulkini ijaraga berish boʻyicha 2012-yil uchun ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari 1-ilovaga muvofiq, ijara toʻlovining hududiy zonalar boʻyicha koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq, ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda hamda inshootlarda ijarada joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanishi belgilab qoʻyilsin.
4. Termiz shahri va tuman hokimliklari, viloyat davlat mulki boshqarmasi (E. Eshkeldiyev) bilan hamkorlikda har chorakda davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash yuzasidan xatlovlar oʻtkazish, ularning roʻyxatini yuritish hamda tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari boʻyicha ijaraga berilishini taʼminlasinlar.
5. Viloyat moliya boshqarmasi (T. Jumayev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (M. Suyarov), viloyat Nazorat taftish boshqarmasi (Gʻ. Mamatqulov) va viloyat gʻaznachilik boshqarmasi (S. Jumayev) ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ijaraga berilgan davlat mulklari ijara shartnomalarining qonuniy tartibda tuzilishini va ijara haqlarining toʻliq toʻlanib borilishini vakolatlari doirasida nazoratga olsinlar.
6. Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi (A. Pardayev), viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi (T. Arziqulov), viloyat oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (P. Bakirov), viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (A. Boʻriyev) hamda boshqa davlat tashkilotlari va korxonalari har chorak yakunida tizimlaridagi tashkilot va muassasalar boʻyicha foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan bino va inshootlar (xonalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish Markazi”ga taqdim etishlari yuklatilsin.
7. Viloyat hokimining 2011-yil 12-yanvardagi 8-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari P. Madiyev zimmasiga yuklansin.
Hokim v.b N. ChORIYEV
Termiz sh.,
2011-yil 31-dekabr,
267-son
Viloyat hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi 267-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
2012-yilda Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari | |||
| T/r | Tarmoq kodi | Ijaraga beriladigan maydonning amalga oshiriladigan faoliyat turlari | Yillik eng kam stavka 1 kv.m/soʻm |
|
Sanoat | |||
| 1 | 13100 | Kimyo sanoati | 2200 |
| 2 | 13300 | Neftkimyo sanoati | 2200 |
| 3 | 14100 | Mashinasozlik | 2200 |
| 4 | 14200 | Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati | 2200 |
| 5 | 14300 | Hisoblash vositalari sanoati | 2200 |
| 6 | 14400 | Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi | 1600 |
| 7 | 14500 | Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik | 1600 |
| 8 | 14600 | Yengil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy priborlar ishlab chiqarish | 1600 |
| 9 | 14710 | Sanitar-texnik va gaz uskunalari hamda buyumlari ishlab chiqarish | 2200 |
| 10 | 14800 | Metall konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish | 2200 |
| 11 | 14900 | Mashina va uskunalarini taʼmirlash | 2200 |
| 12 | 14780 | Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari | 2200 |
|
Oʻrmon xoʻjaligi, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati | |||
| 13 | 15100 | Oʻrmon xoʻjaligi sanoati | 2200 |
| 14 | 15200 | Yogʻochni qayta ishlash sanoati | 2200 |
| 15 | 15300 | Sellyuloza-qogʻoz sanoati | 2200 |
| 16 | 16100 | Qurilish materiallari sanoati | 2200 |
|
Yengil sanoat | |||
| 17 | 17100 | Toʻqimachilik sanoati | 2200 |
| 18 | 17200 | Tikuvchilik sanoati | 2200 |
| 19 | 17300 | Charm, moʻyna va poyabzal sanoati | 2200 |
| 20 | 17900 | Yengil sanoatning boshqa sohalari | 2200 |
|
Oziq-ovqat sanoati | |||
| 21 | 18100 | Shirin oziq-ovqat sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ, pishloq va sut sanoatidan tashqari) | 2200 |
| 22 | 18200 | Goʻsht va sut sanoati | 2200 |
| 23 | 18300 | Baliqchilik sanoati | 2200 |
| 24 | 19210 | Un yorma ishlab chiqarish sanoati | 2200 |
| 25 | 19220 | Kombikorm ishlab chiqarish sanoati | 1600 |
| 26 | 19700 | Oziq-ovqatning boshqa tarmoqlari | 2200 |
|
Sanoatning boshqa sohalari | |||
| 27 | 19300 | Meditsina sanoati | 2200 |
| 28 | 19400 | Nashriyot sanoati | 6000 |
| 29 | 19740 | Kiyim-kechak va gazlamadan tayyorlangan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash, yuvish va ularga ishlov berish | 2200 |
|
Qishloq xoʻjaligi | |||
| 30 | 21100 | Bogʻdorchilik (shu jumladan issiqxonalar) 1 ga | 880000 |
| 31 | 21200 | Chorvachilik | 1000 |
| 32 | 21300 | Baliq yetishtirish | 1000 |
| 33 | 22200 | Veterinariya xizmati | 2200 |
|
Transport va aloqa | |||
| 34 | 51111 | Umumiy foydalanishdagi yer usti temir yoʻl transporti | 2200 |
| 35 | 51121 | Transport sohasi (avtopark va taksopark, avtomobillar toʻxtash joyi, garaj hamda avtomobillarni yuvish) | 2200 |
| 36 | 52100 | Pochta aloqasi | 2200 |
| 37 | 52200 | Kuryerlik xizmati | 4000 |
| 38 | 52300 | Elektr-radio-uyali aloqa va peydjer aloqasi (antenna-qurilmalarini mahkamlash uchun oʻrnatiladigan moslama-tortqich qoziqlarning umumiy perimetri boʻyicha hisoblanadi, shu jumladan inshootlar) | 18000 |
|
Qurilish | |||
| 39 | 60000 | Qurilish | 2200 |
| 40 | 66000 | Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari | 2200 |
|
Savdo va umumiy ovqatlanish | |||
| 41 | 71100 | Ulgurji savdo | 6000 |
| 42 | 71200 | Chakana savdo | 6000 |
| 43 | 71300 | Umumiy ovqatlanish | 6000 |
| 44 | 71200 | Kitob doʻkonlari | 1000 |
| 45 | 71400 | Madaniy, maishiy xizmat va xoʻjalik buyumlarini ijaraga berish | 6000 |
| 46 | 71500 | Xalq isteʼmol mollari olib-sotishda vositachilik xizmati koʻrsatish | 9000 |
| 47 | 80000 | Moddiy texnika taʼminoti va sotish | 6000 |
| 48 | 82000 | Axborot-hisoblash xizmatlari koʻrsatish | |
| 49 | 82100 | Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmat koʻrsatish | |
| 50 | 83000 | Koʻchmas mol-mulk operatsiyasi xizmati koʻrsatish | |
| 51 | 84300 | Reklama, vakolatxona xizmati | |
| 52 | 84400 | Auditorlik faoliyati | |
| 53 | 84500 | Marketing tadqiqotlari, tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahat xizmati | |
| 54 | 87100 | Tahririyat va nashriyot | |
| 55 | 87300 | Metallolom va chiqindilarni yigʻish boʻyicha tayyorlov tashkilotlari | |
| 56 | 90100 | Turar joy kommunal xoʻjaligi (UJMSh obyektlari) | |
| 57 | 90220 | Mehmonxona xoʻjaligi | |
| 58 | 90300 | Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari | |
| 59 | 90300 | Sartaroshxona, fotosalon, modalar uyi, poyabzal taʼmirlash | |
| 60 | 90300 | Lombardlar | |
| 61 | 90300 | Hammom | |
| 62 | | Sauna | |
|
Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot | |||
| 63 | 91510 | Sogʻliqni saqlash | 4000 |
| 64 | 91600 | Dam olish va sayyohlik | 4000 |
| 65 | 91611 | Madaniy dam olish markazlari (bilyard, oʻyin avtomatlari, diskoteka va boshqalar) | 7000 |
| 66 | 91700 | Jismoniy tarbiya va sport | 2200 |
| 67 | 71212 | Dorixona muassasalari*, optika va tibbiyot anjomlarini sotish magazinlari | 3500 |
|
Taʼlim | |||
| 68 | 92100 | Oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlarni tayyorlash (shuningdek oʻquv kurslari) | |
| 69 | 92200 | Ishchilarni va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish | |
| 70 | 92310 | Bolalar umumtaʼlim maktablari (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) | |
| 71 | | Umumiy ovqatlanish oʻquv taʼlim muassasalari uchun (oshxona, zal va yordamchi xonalar hamda joylar) | |
| 72 | 92400 | Maktabgacha tarbiya (nodavlat umumtaʼlim muassasalari uchun) | |
| 73 | 93000 | Madaniyat va sanʼat | |
| 74 | 93132 | Koʻrgazma | |
| 75 | 93160 | Madaniyat va istirohat bogʻlari | |
| 76 | 93170 | Botanika bogʻlari va zooparklar | |
| 77 | 93620 | Kinostudiya va ovoz yozish studiyalari | |
| 78 | 95000 | Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish | |
|
Moliya-kredit faoliyatlari | |||
| 79 | 96000 | Moliya, kredit va nafaqa (pensiya) taʼminoti (sugʻurta va auditorlik faoliyatlaridan tashqari) | 6000 |
| 80 | 96100 | Bank faoliyati | 6000 |
|
Boshqa faoliyat turlari | |||
| 81 | 96200 | Sugʻurta | 6000 |
| 82 | 97800 | Sud va huquqiy muassasalar | 5000 |
| 83 | 84400 | Hayʼat va advokatlar huquqiy maslahat xizmatlari | 4000 |
| 84 | 98000 | Jamoat birlashmalari | 1500 |
| 85 | 80200 | Omborxonalar | 6000 |
| 86 | | Mulkdan ofis maqsadida foydalanish davlat korxonalari uchun | 2500 |
| 87 | | Mulkdan ofis maqsadida foydalanish xususiy korxonalari uchun | 9000 |
| 88 | | Avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shoxobchalari | 7000 |
| 89 | | Yengil avtotransport va boshqa turdagi transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish | 7000 |
| 90 | | Yer va tuproq tarkibini tadqiqot qilish laboratoriyalari | 4000 |
| 91 | | Non-bulochka mahsulotlari tayyorlash | 6000 |
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-iyundagi № 07/10-41-sonli yigʻilish bayonnomasining 11-bandiga asosan qishloq joylardagi QVP qoshida tashkil etilgan barcha mulkchilik shaklidagi dorixona muassasalariga ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-noyabridagi № 02/12-57-sonli topshirigʻiga asosan Koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining yagona eng kam miqdordagi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining savdo boshqarmalari tarkibida boʻlgan yopiq harbiy shaharlarda va uzoq boʻlgan garnizonlardagi boʻlinmalari nisbatan 50 % kamaytiriladi.
Viloyat hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi 267-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz) | |||
| Guruh t/r |
Shahar va tumanlar nomi | Zonalar | Hududiy zonalar koeffitsiyenti |
| 1. | Termiz shahar | shahar hududi | 2,6 |
| 2. | Denov tumani |
tuman markazi | 2,6 |
| boshqa hududlari | 2,1 | ||
| 3. | Jarqoʻrgʻon tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 4. | Qumqoʻrgʻon tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 5. | Angor tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 6. | Sariosiyo tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 7. | Uzun tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 8. |
Boysun tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 9. |
Termiz tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 10. |
Sherobod tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 11. |
Shoʻrchi tumani |
tuman markazi | 2,3 |
| boshqa hududlari | 1,9 | ||
| 12. |
Oltinsoy tumani |
tuman markazi | 2,1 |
| boshqa hududlari | 1,7 | ||
| 13. |
Muzrabod tumani |
tuman markazi | 2,1 |
| boshqa hududlari | 1,7 | ||
| 14. |
Qiziriq tumani |
tuman markazi | 2,1 |
| boshqa hududlari | 1,7 | ||
Viloyat hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi 267-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi
A. Bino-inshootlarga ijara toʻlovini hisoblash tartibi:
Bino va inshootlarning holati va qurilish turiga qarab qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Bino va inshoatning qurilishiga koʻra (Kk)
1.1. Qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent Kq
alohida turgan bino — 1,5
binoning ichidagi xonalar — 1,3
binoga taqab qurilgan — 1,2
binoning ustki qismi, cherdak — 0,8
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0,5
1.2. Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti Kh
yer maydoni mavjud boʻlganda — 0,7
1.3. Tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti Ko
bozorlar atrofi, avtovokzal, temir yoʻl vokzali — 1,1
asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashishi — 0,9
ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish — 0,7
Bino va inshootning holati va qurilish turiga qarab qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar qoʻshiladi.
Ijara toʻlovini hisoblashda ijara haqining tayanch stavkasi quyidagicha aniqlanadi
Ts=EsxKzx(Kq+Kh+Ko)
Bunda:
Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — 1-ilovaga muvofiq faoliyat turiga koʻra bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi.
Kz— hududiy zonalar koeffitsiyenti
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti
B. Asosiy vositalarga ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi
Ijara toʻlovini hisoblash quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
Kb x Sk x Ok
Asosiy vositalarga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Qayta baholangandan keyingi qiymati (Kb)
2. Soha koeffitsiyenti (Sk) — 0,30
3. Oshirish koeffitsiyenti (Ok):
asosiy vositaning holati yaxshi boʻlsa — 2,5 oshirish koeffitsiyenti
oʻrtacha boʻlsa — 1,4 oshirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
V. Avtotransport vositalarga ijara toʻlovlarini hisoblash tartibi
Ijara toʻlovini hisoblash quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
Kb x Sk x Ok
Avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Qayta baholangandan keyingi qiymati (Kb)
2. Soha koeffitsiyenti (Sk) — 0,30
3. Oshirish koeffitsiyenti (Ok):
avtotransport vositasining holati yaxshi boʻlsa — 2,5 oshirish koeffitsiyenti
oʻrtacha boʻlsa — 1,2 oshirish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
Qoʻshimcha izoh:
Ijaraga olingan davlat mulklaridan foydalanish hamda ijara toʻlovi summalarini belgilash tartibi, bajariladigan qoʻshimcha xarajatlar, kommunal toʻlovlarini va yer soliqlarini toʻlash, ijaraga olingan davlat mulklarini kapital taʼmirlash, qoʻshimchalar qilish ishlari uchun sarflangan xarajatlarni toʻlash tartiblari toʻgʻrisida.
a) Bino-inshoot hamda asosiy vositalar va avtotransport vositalarini kapital taʼmirlash, qoʻshimchalar kiritish ishlarini bajarish uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar “Balans saqlovchi”ga taqdim etilganda va tomonlarni roziligi bilan, ushbu sarflangan mablagʻlar summasi ijara shartnomasi boʻyicha “Balans saqlovchi”ga toʻlanishi lozim boʻlgan ijara toʻlovi summasidan chegirib qolinishi mumkin. Ijara vaqtida olingan mahsulot va foyda “Ijaraga oluvchi”ning mulki hisoblanadi.
b) Belgilangan ijara toʻlovi summasiga yer soligʻi, kommunal xarajatlar (va boshqa turdagi xizmatlar) kiritilmagan boʻlib, ushbu xarajatlar boʻyicha “Ijaraga oluvchi” va “Balans saqlovchi” (mulk egasi) oʻrtasida asosiy ijara shartnomasiga qoʻshimcha alohida shartnoma tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha “Ijaraga oluvchi” mazkur xarajatlarni toʻlash majburiyatini oladi.
v) Oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, akademik litseylar, oʻrta taʼlim maktablarning ichkarisida joylashgan talaba va oʻquvchilarga xizmat koʻrsatuvchi oshxona, bufet va boshqa savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini ijaraga olgan ijarachilar yozgi taʼtil davrida (yilning iyun, iyul va avgust oylari) ijara toʻlovi toʻlashdan ozod qilinadi.
g) “Ijaraga oluvchi” ijara shartnomasida koʻrsatilgan davlat mulkidan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini toʻlash muddati quyidagicha amalga oshiriladi:
ijara shartnomasida ijara toʻlovini xar oyda toʻlab borish belgilanganda, ijara toʻlovi ijara shartnomasi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab har oyning 10-kunidan kechiktirmasdan “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisob-raqamiga yuz foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi;
Ijara shartnomasida ijara toʻlovini har chorakda toʻlab borish belgilanganda, ijara toʻlovi ijara shartnomasi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab har chorakning birinchi oyining 20-kunidan kechiktirmasdan “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisob-raqamiga yuz foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.