Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2019 02.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2448
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori , 02.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2448
Кучга кириш санаси
08.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2448]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 11-sentabrdagi 395-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2448-1, 11.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ–1900-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 16-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 20-fevraldagi 13, 7/1-son “Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2085, 2010-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 72-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2013-yil 23-mart,

1-son

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7/12-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 23-martdagi 1, 7/12son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda Bank depozitorlarining Milliy axborot bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda), “Bank siri toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda) va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 230-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ–1900-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayonida Bank depozitorlari Milliy axborotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda BDMAB deb yuritiladi) boʻyicha qarzdorlar va ularning debitorlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ochilgan bank hisobvaraqlarini (keyingi oʻrinlarda bank hisobvaraqlari deb yuritiladi) qidirishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi oʻrinlarda ABM deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sud departamenti BDMABdan elektron soʻrov asosida maʼlumotlarni faqat sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi yoki ularning mol-mulkini xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlgan taqdirda soʻrashga haqlidir. Sud departamenti BDMABga joʻnatiladigan elektron soʻrovning toʻliqligi va haqqoniyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ABMning Sud departamenti bilan maʼlumot almashinuvidagi oʻzaro hamkorligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchining huquqlari amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning tezkor elektron almashinuvini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining bajarilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etishni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Maʼlumotlar almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. ABM Sud departamentining elektron soʻroviga asosan unda koʻrsatilgan qarzdorlarning (yuridik shaxs, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron soʻrovni olgan kunning ertasidan kechiktirmasdan taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarzdor va uning debitorlari toʻgʻrisidagi bank hisobvaraqlarini aniqlash va olish uchun Sud departamenti har bir qarzdor boʻyicha alohida-alohida tarzda ABMga quyidagi maʼlumotlarni elektron soʻrov orqali joʻnatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);

jismoniy shaxslar uchun pasport seriyasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning nomi (jismoniy shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi);

Sud departamentining hududiy boshqarmasi va tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimi nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatini chiqargan organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjati raqami va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. BDMABga elektron soʻrovnoma yuborish va elektron maʼlumotlarni olish tartibi ABM va Sud departamenti tomonidan tasdiqlanadigan maʼlumotlarni almashish bayonnomasi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumotlarning ishonchliligini, toʻliqliligini, toʻgʻriligini va saqlanilishini taʼminlash maqsadida BDMAB maʼlumotlari shifrlangan holda taqdim qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Sud departamentiga deshifratsiya dasturini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning buzib koʻrsatilishi holatlarining oldi olinishini hamda maʼlumot joʻnatuvchining identifikatsiyalanishini taʼminlash maqsadida, maʼlumot elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BDMAB tomonidan uzatiladigan elektron javob quyidagi maʼlumotlardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning nomi (jismoniy shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorga bank hisobvaragʻini ochgan bank nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorga bank hisobvaragʻini ochgan bank kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning bank hisobvaragʻi ochilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning asosiy bank hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorga ikkilamchi bank hisobvaragʻini ochgan bank nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorga ikkilamchi bank hisobvaragʻini ochgan bank kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning ikkilamchi bank hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor asosiy bank hisobvaragʻining boshqa bankka oʻtkazilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor asosiy bank hisobvaragʻi oʻtkazilgan bank kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor bank hisobvaragʻi yopilish asosi belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor bank hisobvaragʻi yopilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. BDMAB maʼlumotlarining Sud departamentiga taqdim qilinishi, banklarni Sud departamenti organlarining yozma soʻrovlariga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdorlarning bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Maʼlumotlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. BDMABdan olingan maʼlumotlardan foydalanish tartibi Sud departamenti direktori tomonidan tasdiqlanadigan Yoʻriqnomaga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sud departamenti tomonidan BDMABdan olingan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud departamenti BDMAB maʼlumotlaridan qonun hujjatlari doirasida foydalanadi va maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud departamenti BDMAB maʼlumotlarini oʻrganib boradi va zarur hollarda ularni mukammallashtirish borasida tegishli takliflarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. ABM mazkur Nizom boʻyicha berilayotgan elektron maʼlumotlarning toʻliqligini va oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elektron maʼlumot almashinuvi bilan bogʻliq xarajatlarni hisob-kitob qilish tartibi ABM va Sud departamenti oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 191-modda)