Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani hokimining
Qarori
TRAKTORLAR, OʻZIYuRAR ShASSILAR, MELIORATIV YOʻL-QURILISh MAShINALARI VA TRAKTOR TIRKAMALARINI MAJBURIY TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yildagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1432, 2004-yil 17-noyabr)ga asosan 2012-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha traktorlar oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha mashinalarning 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Tumandagi barcha mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi (J. Moʻminov) zimmasiga yuklatilsin.
3. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun quyidagi yigʻimlar undirilsin:
traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalariga — eng kam oylik ish haqining 0,08 foizi;
traktor tirkamalariga — eng kam oylik ish haqining 0,04 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilish belgilab qoʻyilsin.
4. Texnik koʻrikni oʻtkazishda:
barcha mashinalarning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus mashinalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
5. 2012-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, mashinalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, tuman hokimligining harakat xavfsizligini taʼminlash komissiyasi tuzilsin.
Komissiya aʼzolarining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
6. Tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi (J. Moʻminov)ga har bir korxona tashkilot va muassasalarda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilishi boʻyicha 2-ilovaga asosan tasdiqlangan reja jadvalni tashkilotlar rahbarlariga yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
7. Tumandagi har bir mashina egalari zimmasiga texnik koʻrik boʻyicha tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasiga kerakli hujjatlarni oʻz vaqtida va toʻliq taqdim qilish yuklatilsin.
8. Tumandagi barcha traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish sugʻurta tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
9. Tuman hokimining 2012-yil 12-yanvardagi № 4-f sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinganidan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Eshniyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. SAMATOV
Qorliq q.,
2012-yil 12-may,
232-son
Tuman hokimining 2012-yil 12-maydagi 232-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Traktor, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
GRAFIK JADVALI
|
T/r |
Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi |
Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi va joyi |
Texnika soni |
| 1 | Alpomish MMTP | 1-2-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
39 |
| 2 | Alpomish SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 5-6-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
90 |
| 3 | Oq-oltin MMTP | 12-13-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
13 |
| 4 | Oq-oltin SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 14-15-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
60 |
| 5 | Paxtakor MMTP | 19-20-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
16 |
| 6 | Paxtakor SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 19-20-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
80 |
| 7 | Bobur nomli MMTP | 26-27-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
16 |
| 8 | Bobur nomli SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 26-27-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
40 |
| 9 | Mehr-muruvvat agrofirma | 29-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
14 |
| 10 | Musallas agrofirma | 29-mart 2012-y Markaziy texnika saroyi |
3 |
| 11 | Ulugʻbek SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 3-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
25 |
| 12 | Chep saxovati agrofirma | 4-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
3 |
| 13 | Shirin MMTP | 6-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
8 |
| 14 | Shirin SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 6-7-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
18 |
| 15 | Qorliq MMTP | 9-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
8 |
| 16 | Sayrak MMTP (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 11-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
5 |
| 17 | Oltinsoy xususiy i/ch korxonasi | 13-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
6 |
| 18 | Shakarqamish MMTP | 16-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
6 |
| 19 | Shakarqamish agrofirmasi (Fermer xoʻjaliklari va shaxsiy traktorlar) | 18-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
25 |
| 20 | Xoʻjasoat MMTP (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 19-20-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
6 |
| 21 | Dugʻoba MMTP | 23-24-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
7 |
| 22 | Dugʻoba SIU (fermer xoʻjaligi va shaxsiy traktorlar) | 23-24-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
20 |
| 23 | Baya Shirin saxovati agrofirma | 26-aprel 2012-y Markaziy texnika saroyi |
2 |
| 24 | Qoʻshchinor MMTP | 3-4-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
4 |
| 25 | K. Vaxshivor MMTP | 10-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
5 |
| 26 | A.Toʻraqulov nomli MChJ | 4-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
2 |
| 27 | Oltinsoy qishloq xoʻjalik kimyo x/j | 7-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
14 |
| 28 | Tuman kommunal, xoʻjalik boshqarmasi, Obodonlashtirish davlat korxonasi | 11-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
2 |
| 29 | Oltinsoy avto OTXJ | 14-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
4 |
| 30 | Oltinsoy agroqurilish taʼmirchi MChJ | 15-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
3 |
| 31 | Gʻolib xususiy agrofirmasi | 17-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
4 |
| 32 | Oltinsoy TET idorasi | 21-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
2 |
| 33 | Oltinsoy MTP AJ | 22-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
14 |
| 34 | Oltinsoy MKJ MChJ | 23-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
4 |
| 35 | Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi | 25-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
6 |
| 36 | Oltinsoy AIB | 28-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
8 |
| 37 | Oltinsoy qishloq xoʻjalik kolleji | 30-may 2012-y Markaziy texnika saroyi |
8 |
| 38 | Maishiy xizmat kolleji | 1-iyun 2012-y Markaziy texnika saroyi |
5 |
| 39 | Oltinsoy xususiy ishlab chiqarish korxonasi | 4-iyun 2012-y Markaziy texnika saroyi |
2 |
| 40 | Texnik koʻrikdan belgilangan muddatda oʻtmay qolgan f/x va shaxsiy texnikalarni koʻrikdan oʻtkazish | Yil davomida Tuman DTN manzilida |
|
| | Tuman boʻyicha jami | | 581 |