OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
“Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2027-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 313-V-4, 25-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2027-4, 04.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/5, 31-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2027, 2009-yil 28-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 476-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-fevral,
4/2-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v. b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 16-fevral,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2 va 6-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning muqaddimasidan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda),” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Qoidalarda:
a) 1-banddan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda),” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidan “kredit uyushmasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yigirma birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar – Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar yoki hududlar;”;
v) 4-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;”;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 5-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi), Departamentning vakolatli xodimlari, nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirish va uning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;”;
d) 6-bandda:
birinchi xatboshidan “har yili,” hamda “va tasdiqlashi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi hamda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari mazkur Qoidalarga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan xatarlar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nobank kredit tashkilotining oliy boshqaruv organi yoki kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.”;
e) 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bilish;”;
j) 16-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash va baholash, ularni rasmiylashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
z) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
a) fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishda, jumladan:
grant va tekin taqdim qilinuvchi boshqa mablagʻlarni olganda;
qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);
taʼsischilar (ishtirokchilar, aksiyadorlar) tarkibiga yangi shaxslar kirganda;
mijoz operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;
uchinchi shaxslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini bajarish uchun murojaat qilganida;
b) mijoz eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summada bir martalik maslahat yoki axborot xizmatlaridan foydalanishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
v) shubhali operatsiyalar yoki alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilganda;
g) mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubhalar mavjud boʻlganda.”;
i) 25-banddagi “tanishib chiqishi lozim” degan soʻzlar “tanishib chiqishi va ushbu hujjatdan nusxa olishi shart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
k) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:
mijozning shaxsan oʻzi yoki uning vakili boʻlmagan hollarda xizmat koʻrsatish;
soxta nomdagi shaxslarga xizmatlar koʻrsatish;
mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz kredit va qarz berish hamda faktoring xizmatlarini amalga oshirish;
lombardlarda – mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish.”;
l) 33-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining shuʼba tashkilotlari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan tegishli xalqaro standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;”;
m) 34-bandda:
1-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) uchinchi shaxslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam oylik ish haqining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarining bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning oʻzgarishi);”;
2-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
n) 35-band quyidagi mazmundagi 3-kichik band bilan toʻldirilsin:
“3) mazkur bandning 1 va 2-kichik bandlarida nazarda tutilgan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, mazkur Qoidalar va nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari bilan belgilangan gumonli operatsiyalar toifasiga kirmaydigan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligiga nobank kredit tashkilotida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar.”;
o) VI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI. Xatar darajasini aniqlash va baholash”;
p) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Nobank kredit tashkiloti mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishi boʻyicha xatar darajasini (bundan buyon matnda xatar darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.
Xatar darajasi mijoz taqdim qilgan tegishli hujjatlar asosida, mijozning amalga oshiradigan operatsiyalari turlari va mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar hamda mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini inobatga olgan holda masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.”;
r) 39-bandda:
quyidagi mazmundagi “e1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e1) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam ish haqining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini bajarmoqchi boʻlgan shaxslar;”;
s) 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni hamda xizmat yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga (Markaziy bank va Departament bilan yozishmalar, jumladan taqdim etilgan xabarlarning qogʻoz va elektron shakldagi nusxalari, mijozlarning qogʻoz va elektron soʻrovnomalari, jurnallar va boshqa) kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita masʼul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.”;
t) quyidagi mazmundagi 661-band bilan toʻldirilsin:
“661. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan hujjatlar quyidagi muddatlar mobaynida saqlanishi kerak:
Departamentga taqdim etilgan xabarlarning qogʻoz va elektron shakldagi nusxalari – 5 yil;
gumonli va shubhali operatsiyalarni roʻyxatga olish kitoblari – ular yangisi bilan almashtirilgandan keyin 5 yil;
Markaziy bank, Departament va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan yozishmalar – 5 yil.”;
u) 73-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nobank kredit tashkilotida ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”.
f) 3-ilovada:
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.”;
6-banddan “, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning oʻrinbosari)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 173-modda)