03.09.1999 yildagi PF-2385-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT KENGAShINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish jarayonida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirib borishda yuksak maʼnaviyat va maʼrifatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan, demokratik tamoyillar hamda fuqarolik jamiyati asoslarini har tomonlama oʻzlashtirgan, shaxsiy va umummilliy manfaatlarni oʻzaro uygʻun koʻra oladigan erkin shaxs va ongli avlod tarbiyasining oʻta muhimligini hisobga olib hamda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yoʻnalishi ekanligini taʼkidlagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Maʼrifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” jamiyatlari, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mahalla”, “Kamolot”, “Nuroniy”, “Navroʻz”, “Oltin meros”, Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va demokratlashtirish jamgʻarmalari, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, “Tasviriy oyina” uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus, Xalq taʼlimi, Madaniyat ishlari vazirliklari kabi maqsad va vazifalari maʼrifiy-maʼnaviy tarbiya, targʻibot bilan bogʻliq qator davlat va nodavlat tashkilotlarining Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashini taʼsis etganliklari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari tashkil etilgani inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining taʼsis konferensiyasida Kengashning faoliyat dasturi, Nizomi va tashkiliy tizimi (1, 2, 3-ilovalar) tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasiga tayangan holda Kengashga aʼzo tashkilotlarning maʼrifiy targʻibot yoʻnalishidagi imkon va salohiyatlarini birlashtirish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish va zamonaviy talablar asosida tashkil etishda quyidagilarni oʻzining birlamchi maqsad va vazifalari etib belgilagani maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat ahli, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchiligimiz ongiga istiqlol gʻoyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulugʻ va oliyjanob maqsadga eʼtiqod, jasurlik va fidoyilik ruhini yanada chuqur singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy qadriyatlarimiz va ulugʻ mutafakkirlarimiz merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham bahramand boʻlishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, gʻoyalari yosh avlod qalbidan joy olishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir fuqaroda oʻz haq-huquqi, imkoniyati va irodasiga tayanish, oʻz taqdirining bunyodkori boʻlish, mamlakatda kechayotgan yangilanishlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarning maʼno-mohiyati, maqsadini teran anglagan tarzda uning faol ishtirokchisi va kurashchisiga aylanish tafakkurini kamol toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼrifiy targʻibot ishlarining shaklan va mazmunan uygʻunligi va muntazamligini, xalqchil va haqqoniylikka, jamoatchilik fikri va kuchiga, barcha sohalardagi sogʻlom fikrlovchi fuqarolar salohiyati va harakatiga asoslanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari, Kengashning joylardagi boʻlimlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyat, shahar, tuman hokimlari rahbarlikka saylanganliklari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi qarorlarini joylarda amalga oshirish va targʻibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruhga aylantirilgani, “Oltin meros jamgʻarmasi”, “Maʼnaviyat” nashriyoti, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi huzuridagi tashkilotlar sifatida tasdiqlanganidan kelib chiqqan holda mazkur tashkilotlarning nizom hamda meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining hamda uning tarkibidagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining joylardagi boʻlimlari tegishli hudud hokimliklari binosida joylashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonni amalga oshirishni nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchilari T. Alimov va A. Ziyo zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2385-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT KENGAShINING FAOLIYAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ongni, tafakkurni oʻzgartirmasdan turib, biz koʻzlagan oliy maqsad — ozod va obod jamiyatni barpo etib boʻlmaydi. Islom KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigirmanchi asr oxiriga kelib jahon maydonida maʼnaviy salohiyat, aql-zakovat musobaqasi, mafkuraviy kurash yetakchi oʻringa chiqdi. Butun dunyoda insonlarning qalbi va ongiga hukmron boʻlish uchun keskin kurash bormoqda. Tabiiyki, hech qaysi davlat, hech qaysi jamiyat bu jarayondan chetda turolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirdiki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilgʻor texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Endi qurol-yarogʻ bilan emas, balki “fikrga qarshi faqat fikr, gʻoyaga qarshi faqat gʻoya” bilangina kurashib, olgʻa borish mumkin. Bugun kimning mafkurasi, maʼnaviyati, milliy gʻoyasi qudratli boʻlsa, oʻsha yengib chiqadi. Mafkuraviy kurash bir jamiyat, bir mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maʼnoda Prezident Islom Karimov taʼkidlaganidek, “mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallagach, biz murakkab dunyo bilan koʻptomonlama munosabatlar oʻrnatishga kirishdik. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik aloqalari keng yoʻlga qoʻyildi. Ayni vaqtda mamlakatimizga turli yoʻllar bilan har xil mafkuraviy, gʻoyaviy libosdagi axborot oqimlari kirib kelmoqda, xilma-xil diniy mazhablar, sektalar faoliyat yuritib, oʻz taʼsir doiralarini kengaytirishga, jamiyatning shimoiy-siyosiy muvozanatini buzish, maʼnaviy beqarorlikni vujudga keltirish orqali oʻz maqsadlariga erishishga intilmoqda. Kommunistik mafkura tarafdorlari ham hali qurollarini butkul tashlagani yoʻq. Shuningdek, yon-atrofimizda shovinistik qarashlar, bizga imperiya koʻzi bilan qarash kayfiyatlari, mintaqada hukmronlik va zoʻravonlik qilish daʼvolari ham mavjud. Ekstremizm, diniy aqidaparastlik harakatlari, uning vahhobiychilik, “Hizbi tahrir”, “Musulmon birodarlar” kabi turli koʻrinishdagi zararli toʻdalari mamlakatimizning xavfsizligiga, xalqimizning tinchligi, totuvligiga, kelajakka boʻlgan ezgu ishonchiga tajovuz qilishga urinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shunday murakkab vaziyatda har birimizdan, butun xalqimizdan ruhan uygʻoq va sergak boʻlish, davr zimmamizga yuklagan masʼuliyatni teran his qilish, millatimiz, xalqimiz, Vatanimiz ozodligi va baxtu saodati yoʻlida fidokorona kurashish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi (bundan buyon Kengash deb yuritiladi) ana shunday ijtimoiy-siyosiy zarurat talabidan kelib chiqqan holda xalqimizning oʻzi tanlagan taraqqiyot yoʻlidan ogʻishmay olgʻa borishiga erishish, , uni bizning milliy manfaatlarimizga zid boʻlgan turli xil yot va buzgʻunchi mafkuraviy tazyiq va tahdidlardan himoya qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KENGAShNING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning asosiy vazifasi jamoatchiligimiz ongiga istiqlol gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, uning mustaqil tafakkurini yuksaltirishga koʻmaklashish, ayniqsa, oʻsib' kelayotgan yosh avlod qalbida milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun Kengash ularni demokratik tamoyillar, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulugʻlash ruhida tarbiyalash, jismonan sogʻlom, aqlan yetuk, tafakkuri teran fuqarolarni kamol toptirishga qaratilgan keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu maqsadni roʻyobga chiqarish uchun Kengash respublikada faoliyat koʻrsatayotgan tegishli davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlarining Nizom va Dasturlarida koʻzda tutilgan, aholining turli qatlamlari, toifalari va tabaqalari manfaatlarini mujassamlashtirgan holda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya, targʻibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash mamlakat ahlini istiqlol gʻoyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulugʻ va oliyjanob maqsadga eʼtiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga moʻljallangan targʻibot-tashviqot ishlarining strategiyasini belgilaydi, harakat uslublarini ishlab chiqadi va ularni hayotga tatbiq etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash barcha taʼlim-tarbiya muassasalari, aholi turar joylari, ishlab chiqarish sohalarida maʼnaviy-ruhiy muhitni, shaxsning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini oʻrganadi, ularni hisobga olgan holda ijobiy anʼana va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi, mavjud muammolarni, ularning ijtimoiy-siyosiy muhitga taʼsirini tahlil qiladi, bartaraf qilish choralarini tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash maʼrifiy-targʻibot ishlarining shaklan va mazmunan uygʻunligini, muntazamligini taʼminlaydi, yaʼni maʼruza, suhbat va bahs-munozaralar, seminarlar, konferensiyalar oʻtkazish, ommaviy axborot vositalarida chiqish yoʻli bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkirlari qutlugʻ merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham bahramand boʻlishiga, ularning mana shunday maʼnaviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk gʻoyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratadi. Jamoatchilik orasida targʻibot ishlarini dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy toʻplagan hadislar, Naqshbandiy taʼlimoti, Termiziy oʻgitlari, Yassaviy hikmatlari singari madaniy merosimiz asosida olib borishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, taʼsirchan va tushunarli tarzda yetkazish uchun el-yurt orasida obroʻ-eʼtibor qozongan, yuksak saviyali, koʻpni koʻrgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi, haqqoniy soʻzi, yorqin fikri bilan odamlar qalbiga yoʻl topa oladigan fidoyi insonlarga tayanadi va ular orqali ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilikning, peshqadam ziyolilarning tajribasi, bilimi, salohiyatiga tayangan holda jamiyat har bir aʼzosining sogʻlom fikrli boʻlib kamol topishiga sharoit yaratish, yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va keng yoyish yoʻli bilan kuchli davlatdan kuchli jamiyat yaratish tamoyilini roʻyobga chiqarish bosh vazifalardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KENGASh FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALIShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning maʼnaviy barkamolligiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun Kengash aholining maʼrifiy saviyasini, siyosiy, huquqiy, madaniy, ekologik savodxonligini oʻstirishga qaratilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bunda oʻzbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, falsafiy, madaniy va axloqiy merosiga, buyuk qadriyatlariga, milliy oʻzligini anglash orqali yuksalish yoʻlini bosib oʻtgan ilgʻor davlatlarning tajribasiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daxldor vazirliklar, tashkilot va muassasalar, ijodiy uyushmalar, “Maʼrifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” kabi qator jamiyatlar, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Kamolot”, “Umid”, “Ustoz”, “Ekosan”, Amir Temur, Imom Buxoriy, “Oltin meros” va boshqa jamgʻarmalar vakillarini targʻibot ishlariga jalb etib, ularning bilim va tajribalaridan samarali foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash buyuk ajdodlarimizning oʻgitlari, oʻtmish saboqlari, mustaqillik davrida erishilgan zafarlar tahlili asosida jamiyatning har bir aʼzosi qalbida milliy gʻurur tuygʻusini uygʻotish va kamol toptirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu boradagi ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— har bir xonadonda kattalarga izzat-ehtirom, kichiklarga shafqat va eʼtibor barqaror boʻlgan sogʻlom maʼnaviy muhit yaratilishiga, oʻzaro mehr-oqibat jamiyatning ommaviy va ezgu fazilatiga aylanishiga, xalqimizni milliy mafkura asosida birlashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Sogʻlom ona — sogʻlom bola”, “Sogʻlom bola — sogʻlom kelajak” tushunchasini har bir oila, ota-onaning, yigit va qizlarning qalbiga singdirish orqali yalpi oilaviy farovonlikka erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tarbiyaning “oila - bogʻcha - maktab - litsey-kollej - oliy oʻquv yurti - mahalla - jamiyat” tizimini vujudga keltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy va dunyoviy tafakkurni uygʻunlashtirish yoʻlida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jahon fani, madaniyati, maʼrifiy mamlakatlarning tajribasini targʻib etish, jamiyatda ilgʻor andozalarga intilishni ragʻbatlantirish orqali milliy fan va madaniyatning zamonaviy taraqqiyot darajasiga koʻtarilishiga yordamlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy mamlakatlar hayotida roʻy berayotgan ijobiy va salbiy hodisalarning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarni loqayd tomoshabindan faol mushohada yurituvchi, voqelikni teran idrok etuvchi ongli insonga aylantirish uchun koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekistonning tashqi va ichki siyosatda erishayotgan yutuqlarini, bu yutuqlarning bugun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali milliy iftixor tuygʻusini tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Faol fuqarolik munosabatini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— barcha ijtimoiy guruhlar va tabaqalarning huquqiy ongini yuksaltirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga, qonunlariga hurmat hissini tarbiyalash, ayni paytda oʻzining fuqarolik huquqi va burchini chuqur anglagan holda yashashi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy adolat mezonlarining har qanday shaklda tuzilishiga, oʻtmishdan meros illatlar - poraxoʻrlik, oshna-ogʻaynigarchilik, urugʻ-aymoqchilik, mansabparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlikka, qonunbuzarlikning barcha koʻrinishlariga qarshi jamoatchilikning keskin va murosasiz munosabatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatda diniy mutaassiblik va aqidaparastlikning barcha koʻrinishlariga, yurtning tinchligi, osoyishtaligiga raxna soladigan, vatandoshlarimizning imon-eʼtiqodi va ishonchiga putur yetkazadigan har qanday gʻoyalar, nazariyalar va tushunchalarga nisbatan murosasiz kurash muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning oʻziga xos jihatlari va mushtarak maqsadlarini hisobga olgan holda fuqarolararo oʻzaro hurmat, totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fikrlar xilma-xilligi zaminida paydo boʻlgan ilgʻor ijtimoiy fikrlar, tashabbuslarni ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalqning tarixiy anʼanalari, xususiyatlari, milliy ong va turmush tarzining hayotiy tamoyillariga asoslangan holda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, jamoatchilikning taʼsir kuchini jamiyat axloqiy-maʼnaviy hayotining mezoniga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik tarbiyani ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy tarbiyaning uzviy va uygʻun tarkibiy darajasiga koʻtarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KENGASh FAOLIYATINING TAShKILIY JIHATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻz faoliyatining samaradorligiga erishish uchun quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud vaziyatni, yaqin istiqbolimizning rivojlanish tamoyillarini, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis oʻrganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashadi va ularning imkoniyatidan foydalanadi. Bu tashkilotlarning har qanday manfaatdan yoki taʼsirdan xoli boʻlib, real hayot haqida, muayyan ijtimoiy hodisa va voqealarni keltirib chiqaradigan omillar haqida achchiq boʻlsa-da, xolisona, haqqoniy xulosalar berishini tashkil qiladi. Kengash mazkur xulosalar asosida jamiyatni eski asoratlardan xalos etish, dunyoqarashimiz, maʼnaviyatimiz va mafkuramizni yuksak bosqichga koʻtarish yoʻllarini ishlab chiqadi va amaliy takliflar tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning asosiy maqsadi — “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasiga tayangan holda oʻzbek xalqining ongini va qalbini mustabid oʻtmish asoratlari — maʼnaviy mutelik va qoʻrquv, mustaqil fikrsizlik, koʻr-koʻrona sajdabozlik, gʻoyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forigʻ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos koʻnikmalar bilan quvvatlantirish, ayni paytda ozodligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki gʻanimlarning turli niqobdagi gʻarazli niyatlaridan oʻz vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, milliy istiqlol gʻoyalarini, mustaqillik mafkurasini umummillat mafkurasiga — gʻoyaviy, ruhiy va maʼnaviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish, har bir fuqaroda oʻz irodasiga, xalqining kuch -qudratiga, Vatanining yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuygʻusini kamol toptirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va tumanlarda bevosita hokimlar rahbarligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining boʻlimlari tashkil etiladi va Nizomda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash va uning boʻlimlari oʻquv muassasalarida, qishloq va mahallalarda, mehnat jamoalarida, harbiy qismlarda keng koʻlamli, koʻp qirrali, aholining barcha tabaqalari va toifalarining maʼnaviy ehtiyojiga mos keladigan, jahon va mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotiga oid dolzarb savollariga javob beradigan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi, ish uslubini zamon talablariga binoan takomillashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash maktablar, litsey va kollejlarda, oliy oʻquv yurtlarida, mehnat jamoalarida, aholi turar joylarida bevosita maʼnaviyat masalalari bilan shugʻullanadigan mutasaddi mutaxassislarning maʼnaviy saviyasi va bilimini oshirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha oʻquv muassasalarida tahsil olayotgan, ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlayotgan yosh avlodning ongini yuksaltirish, ularni ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli tashkilot va toʻgaraklar tuzishda amaliy yordam beradi. Bu tashkilot va toʻgaraklar oʻgʻil-qizlarimizni oʻzligini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga oʻrgatishi, ularning tafakkurida boʻshliq vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik har bir odam, har qaysi oila, yurtimiz uchun, kelajagimiz uchun nima berdi va nima beradi, degan masalani oddiy hayotiy misollar asosida kishilar ongiga yetkazish, ongiga singdirish orqali ularning dunyoqarashini oʻzgartirish, uni ozod, oʻz haq-huquqini yaxshi biladigan, boqimandalikni oʻzi uchun or deb biladigan, oʻz kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, oʻz shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uygʻun holda koʻradigan komil insonlarni tarbiyalashga koʻmaklashish — Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi faoliyatidan koʻzlangan pirovard maqsad ana shundan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi nasllarga bizdan ozod va obod Vatan qolishini, shu aziz diyorda nafaqat farzandlarimiz, balki nevara-chevaralarimiz, kelgusi avlodlarimiz ham tinch-omon, farovon, baxtli-saodatli, maʼrifiy hayot kechirishini, Oʻzbekiston degan yurt, oʻzbek degan nom dunyo turgunicha turishini istar ekanmiz, uni barcha jabhalarda, jumladan, mafkuraviy kurash sohasida ham himoya qilish, yomon koʻzlardan, gʻarazli niyatlardan, balo-qazolardan asrab-avaylash — har birimizning muqaddas fuqarolik burchimizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi (bundan buyon Kengash) jamiyatimiz aʼzolari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida milliy gʻoya va milliy mafkuraga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini. ulugʻlashga, jismonan sogʻlom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi fuqarolarni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli, keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash muassislari mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan Nizom va Dasturlarida aholining turli qatlamlari, toifalari va tabaqalarining manfaatlarini mujassamlashtirgan, maʼrifiy-maʼnaviy tarbiya, targʻibot tadbirlarini amalga oshirishni oʻzlariga asosiy vazifalardan biri qilib belgilagan davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va ushbu Nizomga binoan faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kengashning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning asosiy maqsadi — “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasiga tayangan holda oʻzbek xalqining ongini va qalbini mustabid oʻtmish asoratlari — maʼnaviy mutelik va qoʻrquv, mustaqil fikrsizlik, koʻr-koʻrona sajdabozlik, gʻoyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forigʻ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos koʻnikmalar bilan quvvatlantirish, ayni paytda ozodligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki gʻanimlarning turli niqobdagi gʻarazli niyatlaridan oʻz vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir fuqaroda oʻz irodasiga, xalqining kuch-qudratiga, Vatanining yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuygʻusini kamol toptirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keng jamoatchilikning, peshqadam ziyolilarning tajribasi, bilimi, salohiyatiga tayangan holda jamiyatning har bir aʼzosining yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat yaratish tamoyilini muntazam targʻib va tashviq etishni uyushtirish, roʻyobga chiqarish Kengashning bosh vazifasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻz faoliyatining samaradorligiga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakat ahlini istiqlol gʻoyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulugʻ va oliyjanob maqsadga eʼtiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga moʻljallangan targʻibot-tashviqot ishlarining strategiyasini belgilash, harakat uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— barcha taʼlim-tarbiya muassasalari, aholi turar joylari, ishlab chiqarish sohalarida maʼnaviy-ruhiy muhitning ahvolini, ommaning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy anʼana va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni, ularning ijtimoiy-siyosiy muhitga taʼsirini tahlil qilish, bartaraf etish choralarini hayotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maʼrifiy-targʻibot ishlarining shaklan va mazmunan uygʻunligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini taʼminlash, yaʼni, maʼruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yoʻli bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkirlari qutlugʻ merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizning ham muntazam va toʻlaqonli bahramand boʻlishiga, ularning mana shunday maʼnaviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk gʻoyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— milliy mafkuraning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy va tushunarli tarzda yetkazish uchun el-yurt orasida obroʻ-eʼtibor qozongan, yuksak saviyali, koʻpni koʻrgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi haqqoniy soʻzi, yorqin fikri bilan odamlar qalbi va ongiga yoʻl topa oladigan fidoyi insonlarni safarbar etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mavjud vaziyatni, yaqin istiqbolimizning rivojlanish tamoyillarini, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis oʻrganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish va ularning imkoniyatlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning maʼnaviy barkamolligiga erishish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻzbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, falsafiy, madaniy va axloqiy merosiga, milliy oʻzligini tanish orqali yuksalish yoʻlini bosib oʻtgan peshqadam davlatlarning tajribasiga tayangan holda milliy istiqlol gʻoyalarini ommaning ongi va qalbiga teran singdirish, mustaqillik mafkurasini umummillat mafkurasiga — gʻoyaviy, ruhiy va maʼnaviy kuch-qudrat manbaiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakat ahlining ayniqsa, yosh avlodning dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, faol fuqarolik va fidoyi vatanparvarlik tuygʻusini kamol toptirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakat ozodligini himoya etish, bosqinchilarga qarshi kurashdagi buyuk ajdodlarning ibrati, oʻtmish saboqlari, mustaqillik davrida erishilgan zafarlar tahlili asosida jamiyatning har bir aʼzosi qalbida milliy gʻurur tuygʻusini uygʻotish va tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— har bir xonadonda kattalarga izzat-ehtirom, kichiklarga shafqat va eʼtibor ustuvor boʻlgan sogʻlom maʼnaviy muhit yaratilishiga, oʻzaro mehr-oqibat jamiyatning ommaviy va ezgu fazilatiga aylanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Sogʻlom ona - sogʻlom bola”, “Sogʻlom bola — sogʻlom kelajak” tushunchasini har bir oila, ota-onaning, yigit va qizlarning qalbiga singdirish orqali yalpi oilaviy farovonlikka erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida koʻzda tutilgan asosiy maqsadlarni, Milliy dasturning har bir fuqaro, oila taqdiri, kelajagi bilan chambarchas bogʻliqligini keng targʻib etish, uning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash, erishilgan yutuqlarni ommaga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- tarbiyaning “oila-bogʻcha-maktab-litsey-kollej-oliy oʻquv yurti-mahalla-jamiyat” tizimining toʻlaqonli va muntazam faoliyat koʻrsatishiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy va dunyoviy tafakkurni uygʻunlashtirish yoʻlida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jahon fani, madaniyati, maʼrifiy mamlakatlarning tajribasini targʻib etish, jamiyatda ilgʻor andozalarga intilishni ragʻbatlantirish orqali milliy fan va madaniyatining zamonaviy taraqqiyot choʻqqisiga koʻtarishga yordamlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning hayotida roʻy berayotgan hodisalarning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning loqayd tomoshabindan faol mushohada va teran idrok etuvchi zamon va makon farzandiga aylanishiga imkon yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekistonning tashqi va ichki siyosatda erishayotgan yutuqlarini, bu yutuqlarning bugun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali milliy iftixor tuygʻusini tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Faol fuqarolik munosabatini rivojlantirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— barcha ijtimoiy guruhlar va tabaqalarning huquqiy ongini yuksaltirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga hurmat hissini tarbiyalash, ayni paytda oʻzining fuqarolik huquqi va burchini chuqur anglagan holda yashashi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi va ishlashiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy adolat mezonlarining har qanday shaklda buzilishiga, oʻtmishdan meros illatlar — poraxoʻrlik, oshna-ogʻaynigarchilik, urugʻchilik, mansabparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlikka, qonunbuzarliklarning barcha koʻrinishlariga qarshi jamoatchilikning keskin va murosasiz munosabatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatda diniy mutaassiblik va aqidaparastlikning barcha koʻrinishlariga, yurtning tinchligi, osoyishtaligiga raxna soladigan, vatandoshlarimizning imon-eʼtiqodi va ishonchiga putur yetkazadigan har qanday gʻoyalar, nazariyalar va tushunchalarga nisbatan ayovsiz kurashchanlik ruhi va vaziyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakatda yashayotgan barcha millatlarning oʻziga xos jihatlari va mushtarak maqsadlarini hisobga olgan holda millatlararo oʻzaro hurmat, totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fikrlar xilma-xilligi zaminida paydo boʻlgan ilgʻor ijtimoiy fikrlar, tashabbuslarni ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalqning tarixiy anʼanalari, xususiyatlari, milliy ong va turmush tarzining hayotiy tamoyillariga asoslangan holda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, jamoatchilikning taʼsir kuchini jamiyat axloqiy-maʼnaviy hayotining mezoniga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ekologik tarbiyani ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy tarbiyaning uzviy va uygʻun tarkibiy qismi darajasiga koʻtarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi, Xalq taʼlim, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklariga qarashli barcha oʻquv muassasalarida, harbiy qismlarda, huquqni muhofaza etuvchi idoralarda, qishloqlar va mahallalar, korxonalar, xoʻjaliklar, barcha turdagi davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlarida olib boriladigan maʼrifiy-targʻibot ishlarining yoʻnalishlarini belgilaydi, muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Kengashning tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi maʼnaviy, maʼrifiy, tarbiyaviy yoʻnalishda faoliyat koʻrsatadigan davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari muassisligida viloyatlar, shahar va tumanlar konferensiyalarida saylangan vakillarning Respublika konferensiyasida ochiq ovoz berish yoʻli bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tarkibiga Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazi, Milliy mafkura ilmiy-targʻibot Markazi kiradi va bevosita Kengash rahbarligida ishlaydi. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining rahbari Kengashning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Maʼnaviyat” nashriyoti, “Oltin meros” jamgʻarmasi, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari tahririyati Respublika Kengashi qoshidagi tashkilotlardir.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazi Kengash qarorlarini joylarda amalga oshiradigan va targʻibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiradigan tashkiliy guruh boʻlib, quyidagi beshta boʻlimdan iborat tarkibda faoliyat koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— targʻibotchilarni muvofiqlashtirish tashkiliy boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy-iqtisodiy targʻibot boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy-siyosiy, huquqiy targʻibot boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— moliya-buxgalteriya boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy mafkura ilmiy-targʻibot markazi istiqlol mafkurasi va milliy gʻoyaning dasturiy asoslari ustida ish olib boradi va keng jamoatchilikning ongiga, qalbiga yetkazishning zamonaviy, taʼsiriy vosita va shakllarini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Kengash boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining oliy organi konferensiyadir. Konferensiya uzogʻi bilan ikki yilda bir marta chaqiriladi. Shuningdek, Respublika Kengashining qarori yoki uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar talabi bilan muddatidan oldin ham chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi konferensiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengashning ish tartibini belgilaydi, rahbar va ishchi organlarini saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash raisini saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengashning Faoliyat dasturi va Nizomini tasdiqlaydi, zarur holatda oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konferensiyalar oraligʻida Respublika Kengashi yuqori rahbar organ hisoblanadi. Kengash ikki yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— konferensiyalar oraligʻida mamlakat miqyosida olib boriladigan maʼnaviy, maʼrifiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yoʻnalishlardagi targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Respublika Kengashi raisining oʻrinbosarlari, Kengash masʼul kotibini saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— quyi kengash rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, ular yuzasidan koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengashga aʼzo davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlarining, quyi kengashlarning shu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazi tavsiyasiga binoan jamoatchi targʻibotchilar roʻyxatini tasdiqlaydi, ularni zarur qoʻllanmalar va tavsiyalar bilan taʼminlash, ishini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazi, uning viloyatlar, shahar, tumanlar boʻlimlarining ishiga bevosita rahbarlik qiladi, moddiy-maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Respublika ilmiy, madaniy va maʼrifiy markazlari, olimlar, adiblar, ziyolilar bilan hamkorlikda targʻibot -tashviqot ishlarining strategiyasini belgilaydi, uni amalga oshirishning zamonaviy va taʼsirchan usullarini tavsiya etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yillik, yarim yillik va qisqa muddatga moʻljallangan dasturlar rejalarini belgilaydi, tasdiqlaydi va amalga oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi, maqsad va vazifalarning, oʻtkazilayotgan tadbirlar, ilgʻor tajribalarning telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, gazeta va jurnallar orqali muntazam yoritib borilishiga erishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash oʻz ommaviy axborot vositalarini taʼsis etish va boshqa ommaviy nashrlarga ham muassislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash yigʻilishi uzogʻi bilan har ikki oyda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash raisi 2 yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash ishiga raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻrinbosarlari, kengash aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ijro intizomini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash tarkibidagi hamda respublikadagi boshqa davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining ishini tashkil etish, faoliyatining yoʻnalishini belgilash, qoʻyilgan vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash raisining oʻrinbosarlari 2 yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisining oʻrinbosarlari Kengashning qarorlari hamda raisning topshiriqlarini bajaradi, vaziyat taqozosiga koʻra Kengash raisining vakolatini bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash masʼul kotibi 2 yil muddatga saylanadi. Kengashning masʼul kotibi bir vaqtning oʻzida Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining rahbari hisoblanadi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengash qarorlarini joylarda amalga oshirish va targʻibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tizim — Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining faoliyatni tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markaz boʻlimlarining ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markazning viloyat, shahar va tuman boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Maʼnaviy, maʼrifiy, tarbiyaviy yoʻnalishlardagi targʻibot ishlarining ahvoli, taʼsirchanligi va natijasini Markaz boʻlimlari orqali tahlil etish, Kengashga tavsiyalar tayyorlash ishiga bevosita rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markazning moliyaviy-xoʻjalik masalalari bilan shugʻullanadi, xoʻjalik hisobi bilan qoʻshimcha mablagʻlar topishni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamoatchi targʻibotchilarni tanlash, Kengash tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga jalb etish, qoʻllanmalar bilan taʼminlash, maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Kengash aʼzolarining huquq va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kengashga Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan, nizom va dasturlarda maʼrifiy - maʼnaviy tarbiya, targʻibot tadbirlarini amalga oshirishni oʻzlariga asosiy vazifalaridan biri qilib belgilagan davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlarining vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat kengashlari raislari 2 yil muddatga saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Kengashning ishchi organlariga saylash va saylanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qabul qilinadigan qarorlar muhokamasida ishtirok etish, takliflar kiritish, tavsiyalar berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashning Nizom va Faoliyati dasturi talablarini, qabul qilingan qarorlarda belgilangan vazifalarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat kengashlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat kengashlari (bundan buyon — viloyat kengashi) muassis tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirokidagi konferensiyalarda ochiq ovoz berish yoʻli bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat kengashining raisi viloyat konferensiyasida, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi viloyat kengashida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat kengashi tarkibiga Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining viloyat boʻlimi kiradi. Boʻlim rahbari kengashning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining viloyat boʻlimi kengash qarorlarini joylarda amalga oshirish va targʻibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruh boʻlib, quyidagi toʻrtta yoʻnalishda faoliyat koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— targʻibotchilarni muvofiqlashtirish tashkiliy guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maʼnaviy - maʼrifiy, huquqiy targʻibot guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy targʻibot guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— moliya - buxgalteriya guruhi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat kengashi bevosita Respublika Kengashi rahbarligida va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining Faoliyat dasturi va Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Shahar va tuman kengashlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar va tuman kengashlari (bundan buyon — tuman kengashi) muassis tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirokidagi konferensiyalarda ochiq ovoz berish yoʻli bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman kengashining raisi tuman konferensiyasida, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi tuman kengashida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman kengashi tarkibiga Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining tuman boʻlimi kiradi. Boʻlim rahbari kengashning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazining tuman boʻlimi kengash qarorlarini joylarda amalga oshirish va targʻibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiradi va uning tarkibida targʻibotchilarni muvofiqlashtirish tashkiliy guruhi faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman kengashi bevosita viloyat kengashi rahbarligida va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining Faoliyat dasturi va Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Kengashning moliyaviy mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Maʼnaviyat va maʼrifat” Markazi hamda Kengash qoshidagi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari doirasida xoʻjalik va ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoatchi targʻibotchilarning safar xarajatlari, maʼruzalar haqi tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar bilan tuzilgan shartnoma asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Kengashning tugatilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi faoliyati konferensiya qaroriga binoan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash faoliyati sud qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash faoliyati tugatilganda uning mablagʻlari Kengashning asosiy maqsad va vazifalari yoʻlida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Kengashning qarorgohi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining qarorgohi Toshkent shahri, Mavoraunahr koʻchasi, 6 uyda joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlarda maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarda maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 242-modda)