Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimining
Qarori
2013-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, ularga soliqlarni hisoblash va imtiyozlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2013-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish, ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni vakolatli idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2012-yil 1-noyabrdan 2013-yil 1-yanvarga qadar “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (S. Qurbonov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni qoʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2013-yil uchun toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarning muddatidan oldin toʻlanishi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida;
tuman “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi (N. Meyliyev), “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” xizmati (B. Tursunov) 2013-yil 1-fevralga qadar 1-ilovaga muvofiq tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman bosh arxitektori (N. Jumanov) 2013-yil 1-fevralga qadar 2-ilovaga muvofiq 2012-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (N. Allayev) 2013-yil 1-fevralga qadar 3-ilovaga muvofiq, tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman mudofaa ishlari boʻlimi (I. Qultonov) ) 2013-yil 1-fevralga qadar 4-ilovaga muvofiq 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi (M. Muhammadiyeva) 2013-yil 1-fevralga qadar 5-ilovaga muvofiq tuman hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi, notarial idoralar rahbarlari (F. Aliqulov, S. Ismatova) 6-ilovaga muvofiq 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Davlat sanitariya - epidemiologiya nazorati markazi (M. Alimardonov) “Veterinariya xizmati” (U. Pirnazarov) 7-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
“Yakkabogʻ tuman gaz” filiali (J. Oqmirzayev) 8-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman “Elektr tarmoqlari” korxonasi (R. Sanayev) 9-ilovaga muvofiq hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (N. Poyanov) va tuman Ichki ishlar boʻlimi (E. Joʻrayev) 10-ilovaga muvofiq hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2013-yil 1-fevralga qadar 1-yanvar holati boʻyicha taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. “Mahalla” xayriya jamoat fondi (I. Xidirov), qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishlari va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
6. Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari raislariga uchastka davlat soliq inspektori va “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Doverov zimmasiga yuklatilsin.
Xokim A. JOʻRAYEV
Yakkabogʻ t.,
2012-yil 4-dekabr,
X-964/12-son
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tuman “Yer resurslari va davlat kadastri” va “Yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastri” xizmati boʻlimi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan mol-mulk obyektlari, yer maydoni miqdori va ularning 1-yanvar holatiga inventarizatsiya qiymatlari toʻgʻrisida maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Yer maydoni (kv.m) |
Mulk qiymati (soʻm) |
Mulk egallangan maydon (kv.m) |
Izoh |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman bosh arxitektori tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan 2012-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisida maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Yer maydoni (kv.m) |
Obyekt manzili | Izoh |
| | | | | | |
| | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Imtiyoz turi | Imtiyoz boshlanishi | Imtiyoz muddati | Izoh |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Tuman mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Urush qatnashchisi va nogironi |
Afgʻon qatnashchisi | ChAES qatnashchisi | Izoh |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozish boʻlimi tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan tuman hududida 2011-2012-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili |
Vafot etgan yili |
| | | | |
| | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Tuman notarial idorasi tomonidan 2012-yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisida maʼlumot:
| T/r | Ijaraga beruvchini ismi sharifi | Ijarachini uy manzili | Ijaraga berilgan obyekt nomi | Ijaraga tuzilgan sana va muddati |
Ijara summasi | Izoh |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Tuman Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorati markazi va “Veterinariya xizmati”boʻlimi tomonidan belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Ruxsatnoma berilgan sana | Maqsadi | Izoh |
| | | | | |
| | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
8-ILOVA
8-ILOVA
“Yakkabogʻ tuman gaz” filiali tomonidan hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Shartnoma tuzilgan sana | Shartnoma muddati | Maqsadi | Izoh |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Tuman “Elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Shartnoma tuzilgan sana | Shartnoma muddati | Maqsadi | Izoh |
| | | | | | | |
| | | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Avtomashina rusumi | Davlat raqami | Izoh |
| | | | | | |
| | | | | | |
Yakkabogʻ tuman hokimining 2012-yil 4-dekabrdagi X-964/12-sonli qaroriga
11-ILOVA
11-ILOVA
Qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻini raislari, uchastka davlat soliq inspektori va “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi xodimlari bilan birgalikda tuzilgan 2012-yil hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi dalolatnoma:
| T/r | Fuqaroning ismi sharifi | Yashash manzili | Yer maydoni |
Mulk qiymati |
Izoh |
| | | | | | |
| | | | | | |