Namangan viloyati hokimining
Qarori
VILOYATDAGI BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARI MAʼMURIYATI TOMONIDAN UNDIRIB OLINADIGAN BIR MARTALIK PATTA YIGʻIMLARI, KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR HAMDA BINO, INShOOT VA YER MAYDONLARIDAN UNDIRILADIGAN TOʻLOVLAR MIQDORLARINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-sonli va Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-sonli qarorlariga muvofiq hamda Moliya vazirligining 2012-yil 7-martdagi BT/15-02-32-21/74-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 7-martdagi 26/1-3112-sonli xatlarini, shuningdek, viloyat moliya boshqarmasining 2012-yil 14-martdagi 05-7/379-sonli, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat hududiy boʻlimining 2012-yil 14-martdagi 26/3-410-sonli, viloyat bozorlar uyushmasining 2012-yil 10-martdagi 62/3-sonli va viloyat adliya boshqarmasining 2012-yil 29-martdagi 01-03-734-sonli xatlarini inobatga olib, viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari, koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdorlarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 7-martdagi BT/15-02-32-21/74-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 7-martdagi 26/1-3112-sonli xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida undiriladigan bir martalik patta toʻlovlarining miqdori 1-ilovaga muvofiq;
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida koʻrsatiladigan pullik xizmatlar haqining miqdori 2-ilovaga muvofiq;
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Namangan shahar xokimi (T. Dadabayev), bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat boʻlimi (A. Yusupov), Viloyat bozorlari aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi boshqaruvi (A. Yuldashev):
Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” MChJ hududida qurilgan savdo shaxobchalarini sotilishi toʻliq yakuniga yetkazilgunga kadar, mazkur bozor tomonidan belgilangan bir martalik patta yigʻimlari va pullik xizmat hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning miqdorini ilovalarda koʻrsatilgan tumanlar uchun belgilangan miqdorlarda undirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Shahar va tumanlar hokimlari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (M. Xakimov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat boʻlimi (A. Yusupov), Viloyat bozorlari aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi boshqaruvi (A. Yuldashev) bilan birgalikda:
belgilangan bir martalik patta yigʻimlari va pullik xizmat hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning miqdorini viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslariga yetkazilishi, sotuvchi va xaridorlarga koʻrinarli joylarga joylashtirilishi hamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar;
viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarida savdo oʻrinlari va koʻrsatiladigan xizmatlarning turlariga qarab toʻlovlar undirilishini taʼminlash, shartnoma asosida oldindan patta yigʻim va xizmatlar uchun toʻlovlarni undirishni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. Viloyat moliya boshqarmasi (M. Xadjimatov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat boʻlimi (A. Yusupov) hamda Viloyat bozorlari aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasi boshqaruvi (A. Yuldashev) birgalikda bir martalik patta yigʻimlari, ijara hamda pullik xizmat toʻlovlarining yangi miqdorlaridan kelib chiqqan holda, viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslariga oylik va choraklik tushum rejalarini belgilash, ularni bajarilishi hamda belgilangan tartibda 50 foizini mahalliy budjetga yoʻnaltirilishini qatʼiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
6. Viloyat hokimligining “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari, koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar belgilash toʻgʻrisida” 2011-yil 22-fevraldagi 57-sonli hamda “Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik patta yigʻimlari koʻrsatiladigan xizmatlar hamda bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi 146-sonli qarorlari mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin hamda “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosarlari B. Mamadalliyev va Sh. Shukurov zimmalariga yuklansin.
Hokim B. YUSUPOV
Namangan sh.,
2012-yil 31-mart,
131-son
Viloyat hokimining 2012-yil 31-martdagi 131-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar
miqdorlari
| t/r |
Mahsulot nomi |
Oʻlchov birligi | Namangan shahri hududidagi bozorlarda | Tumanlar hududidagi bozorlarda |
| 1. | Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: | | | |
| 1.1 | Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h.k |
1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| | sitrus va tropik mevalar(apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k) | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4000 |
| | Quruq mevalar va yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, eryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h.k | 1 oʻrin/kunga | 5500 | 4000 |
| | Quruq mevalar sotish (rasta va rastalardan tashqarida) | 10 kg gacha | 1500 | 1000 |
| 1.2 | Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring va x.k hamda pishirilgan joʻxori |
1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| | Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2000 |
| 1.3 | Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 5000 |
| 1.4 | Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar yormalar(krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k |
1 oʻrin/kunga | 3000 | 2000 |
| Don mahsulotlarini sotish (rasta va rastalardan tashqarida) | 15 kg gacha | 1000 | 700 | |
| 15 kg dan 30 kg gacha |
1500 |
1000 | ||
| 1.5 | Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k |
1 oʻrin/kunga | 3000 | 2000 |
| 1.6 | Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k |
1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 1.7 | Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k |
1 oʻrin/kunga | 3000 | 2500 |
| 1.8 | Ziravor va dorivorlar: (zira, murch, qalampir va x.k) hamda asal | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2500 |
| 1.9 | Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 1.10 | Tuxum | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2500 |
| 1.11 | Gullar va koʻchatlar (6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2000 |
| 1.12 | Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 1.13 | Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida qandolatchilik mahsulotlari | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2500 |
| 1.14 | Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar | 1 oʻrin/kunga | 4500 | 3500 |
| 1.15 | Milliy taomlar | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4000 |
| 1.16 | Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar posilka qutilari | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 1.17 | Supurgi | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 1.18 | Tirik baliq | 1 oʻrin/kunga | 4500 | 3000 |
| 1.19 | Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 1.20 | Yumshoq mebel, shkaf, stenka, stol, stul va h.k. (har 6 kv metr) | 1 oʻrin/kunga | 3500 | 2500 |
| 1.21 | Gilam, palos, sholcha va boshqa shu turdagi h.k. (har 6 kv metr) | 1 oʻrin/kunga | 3500 | 2500 |
| 1.22 | Televizor, radio, magnitofon, VUO, USV, disk va kassetalar hamda shu turdagi tovarlar | 1 oʻrin/kunga | 3500 | 2500 |
| 1.23 | Tamaki mahsulotlari va nos | 1 oʻrin/kunga | 4000 | 3000 |
| 1.24 | Asal | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2500 |
| 2. | Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h.k |
1 oʻrin/kunga | 5500 | 4000 |
| 2.1 | submahsulotlar (kalla-pochcha, ichak va h.k.) | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4000 |
| 3. | Mahsulotlarni avtomashinalarda sotish: | | | |
| 3.1 | yengil avtomashinalarda | 1 mashina | 5500 | 3500 |
|
yuk avtomashinalarida |
1 mashina |
8000 | 6000 | |
|
tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlarda |
1 mashina |
10000 | 5000 | |
|
mahsulotlarni erdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida maxsus ajratilgan joylarda (4 metr kvadrat)) |
1 oʻrin/kunga |
4000 | 3000 | |
| 3.2 | ulgurji bozorlarda sotish | | | |
|
yengil avtomashinalarda |
1 mashina |
6500 | 4000 | |
|
yuk avtomashinalarida |
1 mashina |
9000 | 7000 | |
|
tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlarda |
1 mashina |
12000 | 10000 | |
|
mahsulotlarni erdan sotish |
| | | |
|
6 kv metrgacha |
| 7500 | 5500 | |
|
6 — 12 kv metrgacha |
| 9500 | 7500 | |
|
12 — 18 kv metrgacha |
| 12500 | 10500 | |
| 4. | Uy hayvonlari uchun yem ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h.k |
1 mashina | 6000 | 4500 |
| 5. | Qurilish materiallarini sotish: | | | |
| 5.1 | Temir va yogʻoch darvoza (har 4x4 metr joy uchun) | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 5000 |
| 5.2 | Eshik va romlar (har 4x4 metr joy uchun) | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 5000 |
| 5.3 | Kraska, mix va boshqa xoʻjalik mollari hamda qurilish materiallari (1x1,5 metr) | 1 oʻrin/kunga | 4500 | 3500 |
| 5.4 | Qurilish materiallarini avtotransportlarda olib kelish va chiqish | | | |
| | Motorelyorda | 1-marta | 500 | 300 |
| | yengil avtomashinalarda | 1-marta | 2000 | 1500 |
| | yuk koʻtarish hajmi 10 tonnagacha boʻlgan yuk avtomobillarida | 1-marta | 5000 | 4000 |
| | yuk koʻtarish hajmi 10 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida | 1-marta | 10000 | 8000 |
| 5.5 | Mahalliy yogʻoch sotuvchilardan | | | |
| | 15 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 4000 | 3000 |
| | 15 dan — 30 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 4000 |
| | 30 dan — 50 kv. metrgacha (50 kv metrdan ortiq har 5 kv metr joy uchun 400 soʻmdan qoʻshimcha toʻlov undiriladi) | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 5000 |
| 5.6 | import yogʻoch, taxta va boshqa yogʻoch mahsulotlari sotuvchilaridan | | | |
| | 15 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 4000 |
| | 15 dan — 30 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 7000 | 5000 |
| | 30 dan — 50 kv. metrgacha (50 kv metrdan ortiq har 5 kv metr joy uchun 400 soʻmdan qoʻshimcha toʻlov undiriladi) | 1 oʻrin/kunga | 8000 | 6000 |
| 5.7 | Ishlab chiqqan yogʻoch, taxta va boshqa qurilish materiallari sotuvchilaridan | | | |
| | 15 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 4500 | 3000 |
| | 15 dan — 30 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 3500 |
| | 30 dan — 50 kv. metrgacha (50 kv metrdan ortiq har 5 kv metr joy uchun 350 soʻmdan qoʻshimcha toʻlov undiriladi) | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 4000 |
| 5.8 | Fanera ( har 6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 6500 | 4500 |
| 5.9 | DVP, DSP va shu turdagi mahsulotlar ( har 6 ka. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 7000 | 5000 |
| 5.10 | Shifer, tunuka shu turdagi top yopqich mahsulotlar ( har 6 kv. metrgacha) | 1 oʻrin/kunga | 6000 | 4500 |
| 5.11 | Truba, armatura, sim va boshqa metallar | | | |
| | 6 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 4500 | 3000 |
| | 6 dan — 15 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 3500 |
| | 15 dan — 30 kv. metrgacha | 1 oʻrin/kunga | 7000 | 5000 |
| 5.12 | Sement, ohak, mel, alebastr, arzik, qum va h.k. (5 metr kvadrat) | 1 oʻrin/kunga | 5000 | 3500 |
| 6. | Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: | | | |
| 6.1 | Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar | 1 oʻrin/kunga | 2000 | 1500 |
| 7. | Avtotransport vositalarini sotish: | | | |
| 7.1 | Xorijdan keltirilgan avtomashina, mikroavtobus, U��DEU, Shevrolet yengil avtomashinalar | 1 dona | 12000 | 10000 |
| 7.2 | Boshqa yengil avtomashinalar (Rossiyada i/ch) | 1 dona | 10000 | 8000 |
| 7.3 | yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari | 1 dona | 14000 | 14000 |
| 7.4 | mototsikl, motoroller va mopedlar | 1 dona | 3000 | 3000 |
| 7.5 | velosipedlar | 1 dona | 2000 | 2000 |
| 7.6 | Avtomobil yangi ehtiyot qismlari | 1 oʻrin/kunga | 4000 | 3500 |
| 7.7 | Avtomobil eski ehtiyot qismlar | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2500 |
| 8. | Mol bozoriga olib kiriladigan har bir hayvon uchun | | | |
| 8.1 | Ot, toy, tuya, eshak | 1 bosh | 6000 | 6000 |
| | Qulun, boʻtaloq, xoʻtik | 1 bosh | 4000 | 4000 |
| 8.2 | Yirik shoxli qoramol (sigir, gʻunajin, buqa, buzoq, hoʻkiz va x.k.) | 1 bosh | 6000 | 6000 |
| | buzoqcha | 1 bosh | 4000 | 4000 |
| 8.3 | Mayda shoxli qoramol (qoʻy, echki, qoʻzi, choʻchqa va h.k.) | 1 bosh | 4000 | 4000 |
| | qoʻzichoq, uloqcha, choʻchqa bolachasi | 1 bosh | 2000 | 2000 |
| 9. | Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz, quyon | 1 bosh | 600 | 600 |
| | kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz joʻjalari, quyon bolasi | 10 bosh | 600 | 600 |
| 10. | Itlar va mushuklar | 1 bosh | 2500 | 1500 |
| 11. | Manzarali qushlar va baliqlar | 1 oʻrin/kunga | 2500 | 1500 |
| 12. | Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar | 1 oʻrin/kunga | 1200 | 1000 |
| 13. | Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda | 1 oʻrin/kunga | 3000 | 2000 |
| 14. | Poyabzal taʼmirlash xizmati | 1 oʻrin/kunga | 1500 | 1200 |
| 15. | Mahsulotlarni qoʻlda sotish | 1 sotuvchidan | 1500 | 1000 |
| 16. | Peshvo savdo | 1 oʻrin/kunga | 4000 | 3000 |
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda bir oʻrin oʻlchami 1-1,2 p metr deb belgilanadi va ortiqcha har bir oʻrin uchun toʻla miqdorda joy haqi undiriladi.
2. Poliz, gul, koʻchatlar, tara va oʻrov, hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo qilinganda bir oʻrin 6 kv. metr deb belgilanadi. Ortiqcha joy uchun toʻla miqdorda toʻlov undiriladi.
3. 8 kg gacha (togʻora, paqir va hokazo) oʻzlari yetishtirgan kartoshka, sabzavot, hoʻl mevalar va boshqa tez buziladigan q/h mahsulotlarini keltirib sotish orqali tirikchilik oʻtkazayotgan, nafaqadagi, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bir martalik patta toʻlovlaridan ozod etiladi.
4. Oʻzlari yetishgan q/h mahsulotlarini shaxsiy avtomobillarini va uy hayvonlarini sotuvga keltirgan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar 1-martalik patta toʻlovlarini undirishda 50 foiziga imtiyoz beriladi.
5. Taʼriflar roʻyxatida boʻlmagan mahsulotlar egasidan ularning bir qopi yoki idishi uchun mahsulotning 1 kg narxi miqdorida patta undiriladi.
6. Avtomobil bozori tashkil etiladigan kundan bir kun oldin bozor hududiga sotish uchun keltirilgan transport vositalaridan avtomobil bozorining amaldagi ish kuni mobaynida patta toʻlovlari undiriladi.
7. Tadbirkorlik subyektlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlarni inobatga olgan holda hisob-kitob amalga oshiriladi.
Viloyat hokimining 2012-yil 31-martdagi 131-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar
miqdorlari
| t/r |
Mahsulot nomi |
Oʻlchov birligi | Namangan shahri hududidagi bozorlarda | Tumanlar hududidagi bozorlarda |
| 1. | Inventarlarni ijaraga berish: | | | |
| 1.1. | Tosh-tarozilar uchun | 1 kunga | 800 | 600 |
| 1.2. | Katta yuk tortish tarozilari uchun | |||
| | 150 kg gacha | 1 kunga | 2000 | 1500 |
| | 150 kg dan 1500 kg gacha | 1 kunga | 7000 | 5000 |
| 1.3. | Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq voronka, patnis, savat va h.k) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) | 1 kunga | 1200 | 800 |
| 1.4. | Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) | 1 kunga | 500 | 300 |
| 1.5. | Mahsulotlar uchun brezent berish | 1 kunga | 1500 | 1000 |
| 1.6. | Konteyner aravachalar uchun | 1 kunga | 1500 | 1000 |
| 1.7. | Yuk aravachalar uchun | 1 kunga | 2500 | 2000 |
| 1.8. | Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 m2) | 1 kunga | 1000 | 600 |
| 2. | Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari: | |||
| 2.1. | Qishloq xoʻjaligi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: | |||
| | sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k uchun) | 1 kunga | 2000 | 1800 |
| | omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k uchun) | 1 kunga | 1500 | 1200 |
| | Bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobida) | 1 kunga | 1500 | 1200 |
| 2.2. | Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) | 1 kunga | 1500 | 1000 |
| 2.3. | Mahsulotlarni tarozida tortish | |||
| | katta yuk tarozida | 1-marta tortish | 600 | 500 |
| | yirik va mayda shoxli qoramolni tortish | 1-marta tortish | 1500 | 1500 |
| 2.4. | Avtotarozilardan foydalanish: | |||
| | Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: | |||
| | yuk bilan | 1-marta tortish | 1500 | 1000 |
| | yuksiz | 1-marta tortish | 1500 | 1100 |
| | Yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta tortish | 2000 | 1500 |
| | yuksiz | 1-marta tor�ish | 1500 | 1000 |
| | Yengil avtomashinalardan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta tortish | 1000 | 800 |
| | yuksiz | 1-marta tortish | 800 | 600 |
| | Tirkamali yengil avtomashinalardan: | | | |
| | yuk bilan | 1-marta tortish | 1200 | 1000 |
| | yuksiz | 1-marta tortish | 1000 | 800 |
| 2.5. | Mehmonxona xizma�idan foydalanish (1 ta joy uchun) | 1 kunga | 4000 | 3500 |
| 2.6. | Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun: | | | |
| | yengil avtomashinalar uchun | 1 soatiga | 500 | 400 |
| | yuk avtomashinalar uchun | 1 soatiga | 800 | 600 |
| | stoyanka xizmati | 1-marta | 800 | 600 |
Izoh:
stoyanka xizmati toʻlovlari bozorlar va savdo komplekslarida har bir kirish uchun undiriladi agar kirish-chiqish vaqtini hisoblaydigan elektron hisoblagich oʻrnatilgan taqdirda hisoblangan summa undiriladi.
Viloyat hokimining 2012-yil 31-martdagi 131-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan ijara toʻlovi
miqdorlari
| t/r |
Mahsulot nomi |
Oʻlchov birligi | Namangan shahri hududidagi bozorlarda | Tumanlar hududidagi bozorlarda |
| 1. | Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi | | | |
| | nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv. metr uchun | 14000 | 10000 |
| | oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv. metr uchun | 14000 | 10000 |
| | umumiy ovqatlanish | 1 kv. metr uchun | 13000 | 9000 |
| | maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv. metr uchun | 7000 | 5000 |
| | dorixona, paynet | 1 kv. metr uchun | 8000 | 6000 |
| | boshqa turlar (ombor, ofis va x.k) | 1 kv. metr uchun | 5000 | 3000 |
| 2. | Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot qurilmalari egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi | | | |
| 2.1. | Mol-mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan: | | | |
| | nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv. metr uchun | 8000 | 6000 |
| | oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv. metr uchun | 8000 | 6000 |
| | umumiy ovqatlanish | 1 kv. metr uchun | 6000 | 4000 |
| | maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv. metr uchun | 5000 | 3500 |
| | dorixona, paynet | 1 kv. metr uchun | 6000 | 4000 |
| | ombor, ofis | 1 kv. metr uchun | 4500 | 3000 |
| | boshqa turlar (ishlab chiqarish va h.k.) | 1 kv. metr uchun | 3000 | 2000 |
| 2.2. | Yer va mol-mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda: | 1 kv. metr uchun | | |
| | nooziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv. metr uchun | 3000 | 2000 |
| | oziq-ovqat mahsulotlari sotish | 1 kv. metr uchun | 3000 | 2000 |
| | umumiy ovqatlanish | 1 kv. metr uchun | 3000 | 2000 |
| | maishiy xizmat koʻrsatish | 1 kv. metr uchun | 3000 | 2000 |
| | boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k) | 1 kv. metr uchun | 3000 | 2000 |
Izoh:
1. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash xolda yetilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan yeng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
3. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, turgʻun savdo shoxobchalari oldida tashkil etilgan reklama, yoyma va peshvo savdo joylaridan (1-ilovaning 16-bandida koʻrsatilgan miqdorda) qoʻshimcha ijara yoki patta toʻlovlari undiriladi.
4. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, bozorlar va savdo komplekslari hududidagi faoliyat koʻrsatmayotgan turgʻun savdo shoxobchalari va inshootlarning egalaridan ushbu obyekt egallagan yer maydoni uchun amaldagi yer soligʻining 3 barobari miqdorida oylik toʻlov undiriladi.
5. Yuqoridagi 2.1-bandda koʻrsatilgan oziq-ovqat, nooziq-ovqat va umumiy ovqatlanish obyektlarining umumiy egallagan maydoni 100 kv. metrdan ortiq boʻlsa, unda faqat foydalanishda boʻlgan savdo maydoni boʻyicha hisob-kitob amalga oshiriladi.