Namangan viloyati hokimining
Qarori
VILOYaT HOKIMINING 2012 YIL 10 MARTDAGI “VILOYaT HUDUDIDA JORIY QILINGAN MAHALLIY SOLIQLAR VA YIGʻIMLARNI UNDIRISh TARTIBI HAMDA STAVKALARI TOʻGʻRISIDA”GI 97-SONLI QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1675-sonli qaroriga asosan qaror qilaman:
1. Viloyat hokimining 2012-yil 10-martdagi “viloyat hududida joriy qilingan mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisida”gi 97-sonli qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Viloyat hokimining 2012-yil 10-martdagi 97-sonli qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi yigʻimining oylik stavkasi alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilishga ixtisoslashgan ulgurji sharob savdo bazalariga qarashli savdo doʻkonlari uchun eng kam oylik ish haqining 5 (besh) barobari, Namangan shahrida alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi yuridik shaxslar uchun 4 (toʻrt) barobari, viloyatning qolgan hududlarida 2 (ikki) barobari miqdorida;”
3. Mazkur qaror Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
4. Ushbu qaror “Namangan haqiqati” va “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
Hokim B. YUSUPOV
Namangan sh.,
2012-yil 2-oktabr,
322-son