01.12.2010 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VILOYaTDA YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-avgustdagi “Namangan shahrini 2009 — 2012-yillarda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi” toʻgʻrisidagi PQ-1170-sonli qarori ijrosini taʼminlash, viloyat aholisiga koʻrsatilayotgan avtotransport xizmatini yaxshilash, yoʻlovchi tashish transporti faoliyatini tartibga solish va harakat xavfsizligini taʼminlash hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2010-yil 20-oktabrdagi 24/6-2622-sonli xatini, viloyat adliya boshqarmasining 2010-yil 18-noyabrdagi 01-03-2761-sonli xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga muvofiq qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-avgustdagi “Namangan shahrini 2009 — 2012-yillarda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi” toʻgʻrisidagi PQ-1170-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab Namangan shahri hududida yoʻnalishli taksi va yengil taksi sifatida faoliyat koʻrsatish uchun mikroavtobuslar, “Damas” va shu turdagi boshqa avtomobillarga yoʻnalishdagi taksi sifatida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berilishi toʻxtatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-dekabrdan Namangan shahrida “Damas” rusumli va boshqa yengil avtomobillar faoliyati rejalashtiriladigan yoʻnalishdagi taksi yoʻnalishlarini ochish toʻxtatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar atrofi va viloyat hududidagi shaharlararo yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashishni tashkil etish va ochiq tenderlar oʻtkazish boʻyicha viloyat komissiyasi raisi B. Mamadalliyevga bir hafta muddatda Namangan shahar hokimligi (I. Botirov) “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan hududiy boʻlimi (H. Boydedayev) bilan hamkorlikda shahar yoʻnalishlaridan chiqarilgan “Damas” rusumli avtomobillar oʻrniga kerakli miqdordagi zamonaviy avtobuslarni qoʻyish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, avtobuslarni yoʻnalishlarga biriktirish jadvalini tasdiqlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Namangan shahar va Namangan tumani hokimliklari (I. Botirov, J. Yuldashev)ga bir oy muddatda Namangan shahriga shahar atrofi yoʻnalishlaridan qatnovchi transport vositalari harakatlarini muvofiqlashtirish, yoʻlovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilishi rejalashtirilgan “Taxtakoʻprik”, “Namangan”, “Chortoq”, “Doʻstlik”, “Eshobod” avtoboshbekatlarini qurish va faoliyatini tashkil qilish istagini bildirgan yuridik shaxslarni aniqlash, Bosh rejaga muvofiq qurilish loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlab, avtoboshbekatlarni 2010-yil 1-mart kuniga qadar qurilishini yakunlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimining oʻrinbosari (B. Mamadalliyev) va “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan hududi boʻlimi (H. Boydedayev) shahar va tuman hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda aholiga avtotransport xizmati koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida shahar va tumanlar aholi punktlarini Namangan shahri bilan bogʻlovchi avtobus yoʻnalishlari uchun 2011 — 2015-yillar davomida zamonaviy avtobuslar xarid qilish boʻyicha muddatlari va moliyaviy manbalari koʻrsatilgan dastur ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat hokimining oʻrinbosari (B. Mamadalliyev) va Namangan shahar hokimi (I. Botirov) bir oy muddatda Namangan shahrida yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz yengil taksi avtomobillarida tashishga boʻlgan ehtiyojini inobatga olgan holda kvota asosida zarur transport vositalari sonini aniqlab, yoʻlovchi tashish talablari asosida jihozlangan (yuridik shaxs nomi koʻrsatilgan, shashka, hisoblagich oʻrnatilgan va h.k) yengil (yoʻnalishsiz) taksi avtomobillariga litsenziya berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Toʻraqoʻrgʻonneftbaza” (Sh. Fayziyev) hamda “Uychineftbaza” (H. Dadaboyev) unitar korxonalari “Namangan shahar yoʻlovchi tashish” Davlat unitar avtokorxonasini yonilgʻi-moylash mahsulotlari bilan belgilangan tartibda uzluksiz ravishda taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimligi (B. Mamadalliyev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi D. Fayzullayev), “Oʻzavtodaryotrans” agentligi Namangan hududiy boʻlimi H. Boydedayev), viloyat IIB YHXB (T. Azimov) noqonuniy yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi avtotransport vositalari egalari va haydovchilariga nisbatan oʻrnatilgan tartibda tegishli choralar koʻrib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyat teleradiokompaniyasi (M. Maqsudov), “Namangan haqiqati” (M. Parpiyev), “Namanganskaya pravda” (V. Bichurin) gazetalari yoʻlovchi tashuvchi Transport vositalarining faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar toʻgʻrisida keng targʻibot ishlarini (maxsus ruknlar, davra suhbatlari va h.k.) tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror “Namangan haqiqati”, “Namanganskaya pravda” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin va xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari B. Mamadalliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. YuSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-son