20.09.2012 yildagi Х-765/9-son
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2013-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2012-yil 12-sentabrdagi 214-sonli aloqa xati, shuningdek tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunining 17-moddasi va hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida maxsus ishchi guruhi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish (2-ilovaga muvofiq) xodimlar soni 20 va undan ortiq kishini tashkil etadigan korxonalar uchun jami 7 foiz (210 kishi), shundan nogironlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq 3 foiz (3 kishi) miqdorida va 4 foiz (207 kishi) uchun ish joylarini band qilib qoʻyish yoki barpo etish belgilansin.
Jumladan, umumiy band qilib qoʻyilgan yoki barpo etiladigan ish joylariga nisbatan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar 10 foiz (21 kishi);
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar 50 foiz (105 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar 25 foiz (54 kishi);
nogironlar 3 foiz (3 kishi);
bandlikka koʻmaklashish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar 5 foiz (11 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar 5 foiz (11 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 2 foiz ( 5 kishi)
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
nogironlar uchun – mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatgichlarni hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun – ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa – maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlaydi, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda korxona, muassasa va tashkilotlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etgan korxona, muassasa va tashkilotlar ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi hisobidan qoplash huquqiga ega boʻladi.
7. Korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 3-ilovaga muvofiq axborot berib borish yuklatilsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (I. Atavullayev)ga bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovalarda koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari eʼtiboriga quyidagilar yetkazilsin:
korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
ushbu ish oʻrinlariga qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan korxona, muassasa va tashkilotlarga jarimalar solish toʻgʻrisida yozma axborotni berib borish topshirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F.Islomov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim F. ShARIPOV
Kasbi t.,
2012-yil 20-sentabr,
X-765/9-son
Tuman hokimining 2012-yil 20-sentabrdagi X-765/9-sonli qaroriga
2- ILOVA
Kasbi tumani boʻyicha 2013-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI

T/r ‎‏‎‏

Tashkilot va korxonalar nomi ‎‎‏

Korxonalarda roʻyxatda turgan xodimlar soni ‎‏‎‏

Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori ‎‎

Jami

Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni ‎‎

Haqiqatdan barpo etiladigan ish joylari soni‎‎‎‎

Shundan: ‎‎

nogironlar uchun 3 foiz ‎‎

boshqa toifadagilar uchun 4 foiz ‎‎

nogironlar soni‎‎

boshqa toifadagilar soni ‎‎

nogironlar soni ‎‎

shundan yoshlar uchun soni‎

boshqa toifadagilar (soni) ‎‎

yolgʻiz ota-onalar hamda 14- yoshgacha va nogiron bolali onalar ‎‎

taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar ‎‎

muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar ‎‎

pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar ‎‎

jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar ‎‎

ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari ‎‎

1.‎

Paxta tozalash OXJ

750 23 30 53 3 747 1 23‎ 31 1 7 16 ‎5 2‎
2.‎

Kelajak texnika hamkor-motor MTP

45 0‎ 2‎ 2‎ 0 ‎45 ‎0 1‎ ‎2 1 1
3.‎

Janubgaz unitar korxonasiga qarashli Kasbi tuman filiali

73 0 3 3 0 73 0 3‎ 3 2 ‎1
4.‎

Kasbi “Pilla” MChJ

22 0‎ 1 1‎ 0‎ 22 0 1‎ 1 1
5.‎

Tuman Obodonlashtirish korxonasi

128 ‎0 5‎ 5 0‎ ‎128 ‎0 2‎ 5 2 1 1‎ 1‎
6.‎

Kasbi tibbiyot birlashmasi

2408 72 96 ‎168 5 2398 2 77‎ 96 13 52 25 ‎6
7.‎

Xalq taʼlim boʻlimi

21 ‎0 ‎1 ‎1 ‎0 2‎1 0‎ 0‎ ‎1 1
8.‎ Kasbi iqtisodiyot kolleji ‎181 0 7‎ 7‎ 3 ‎178 0 7 7 5 ‎2
9.‎ Kasbi DSNM ‎88 ‎0 4 4 1 87 0 2‎ ‎4 ‎1 2
10.‎ “Kasbidavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi 55 0‎ 2 2 0‎ 55 ‎0 1‎ 2‎ 1 1
11.‎ “Qishloqxoʻjalikkimyo” tuman filiali ‎74 ‎0 3 ‎3 1 73 0‎ 0‎ 3 1 1‎ 1
12.‎ “Mugʻlon” MTP MChJ ‎33 0 ‎1 1‎ 0 33‎ ‎0 1‎ 1 1
13.‎ Qamashi X. Xoʻjaqulov MMTP 33 0 ‎1 ‎1 0‎ 33 ‎0 1‎ ‎1 1
14.‎ Yuksalish-texnika tayanchi MMTP 41‎ ‎0 2‎ 2 ‎0 41 0‎ 0‎ 2‎ 1‎
15.‎ Sardoba-motor MMTP ‎73 ‎0 3 3‎ 0‎ 73‎ ‎0 1‎ ‎3 1‎ 1‎ 1‎
16.‎ Paxtakor-motor MMTP ‎46 ‎0 2 2 0‎ 46‎ 0‎ 0‎ 2 1 ‎1
17.‎ Talishbe-motor MMTP ‎32 0 1‎ ‎1 ‎0 32‎ 0 1‎ 1 1‎
18.‎ “Maymanoq obi-hayot” SIU ‎25 0 1 1 0‎ 25 0‎ 1‎ 1‎ 1‎
19.‎ Kasbi qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji ‎114 ‎0 5 5 ‎0 114 0‎ 5‎ 5 3‎ 2
20.‎ Maymanoq sanoat kasb-hunar kolleji ‎102 0‎ 4 4 ‎0 102‎ 0‎ 3‎ 4 1 2 1
21.‎ Kasbi agrosanoat kolleji 103‎ 0 4 4 0 103‎ ‎0 4‎ 4‎ 2‎ ‎2
22.‎ Axborot texnologiya kasb-hunar kolleji 87‎ 0 3‎ 3 0‎ 87‎ 0‎ 3‎ ‎3 2‎ 1‎
23.‎ Kasbi oziq-ovqat sanoat kasb-hunar kolleji 76‎ 0 ‎3 ‎3 0 76 0‎ 3‎ ‎3 3
24.‎ Kasbi tuman “Suv oqova” korxonasi 62‎ 0 2‎ 2‎ 0 62 0‎ 2‎ 2 2‎
25.‎ “Mugʻlon obi-hayot” SIU ‎30 ‎0 ‎1 1 0‎ 30‎ 0‎ 1‎ 1‎ ‎1
26.‎ A.Navoiy QVP 23 ‎0 1 1 0 23 ‎0 1‎ 1‎ 1
27.‎ Chovqay QVP 25‎ 0 1 1‎ 0‎ 25 0‎ 0‎ 1‎ ‎1
28.‎ Zumrad QVP ‎29 ‎0 ‎1 1 0‎ 29 0‎ 1‎ 1
29.‎ Xoʻjaxayron QVP-1 ‎32 ‎0 1‎ 1 ‎0 31‎ 0‎ 1‎ 1‎ 1
30.‎ Xoʻjaxayron QVP-2 ‎25 ‎0 ‎1 1 0‎ 25 0‎ 1‎ 1 1
31.‎ Kasbi QVP ‎32 0 ‎1 1 0 32 ‎0 1‎ 1 1
32.‎ Komilon QVP ‎23 0‎ ‎1 1‎ 0‎ 23 0‎ 0‎ 1‎ 1‎
33.‎ Paxtakor QVP 26‎ ‎0 1 1 0 26 0‎ 1‎ ‎1 1
34.‎ Fazli QVP 43‎ ‎0 2 2 0‎ 43 0‎ 1‎ 2‎ 1 1
35.‎ Qamashi QVP-1 ‎40 0‎ 2‎ ‎2 0‎ 4‎0 0‎ 2‎ 2 1‎ 1
36.‎ Xoʻjaxayron QVP-2 ‎37 0 1 1‎ 0 37‎ ‎0 1‎ 1‎ ‎1
37.‎ Maymanoq QVP ‎28 ‎0 ‎1 1‎ ‎0 28‎ 0‎ 1‎ 1‎ 1
38.‎ Reshatogʻ QVP ‎23 ‎0 ‎1 1 ‎0 23 ‎0 1‎ 1‎ 1‎
39.‎ Tal�shbe QVP ‎21 ‎0 1‎ 1‎ ‎0 21 ‎0 1‎ ‎1 1‎
40.‎ Denov QVP ‎52 0‎ 2 2‎ 0‎ ‎52 ‎0 2‎ 2‎ ‎1 1
41.‎ Yuqori Maymanoq QVP ‎28 ‎0 ‎1 1‎ 0‎ 28‎ 0‎ 1‎ ‎1 1‎
5183‎ 95 ‎207 ‎302 13 ‎5170 3 159‎ 207 21 105 54 11 11 5
Tuman hokimining 2012-yil 20-sentabrdagi X-765/9-sonli qaroriga
3-ILOVA
Tashkilot nomi‎‎
_______________________________‎‎
________________________________ Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markaziga taqdim etiladi.‎
Yuridik manzili:‎‎
_________________________________
_________________________________

201____ yilning______ choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida

‎‎AXBOROT

1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni _____ ish oʻrni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun ______ ish oʻrni.

‎‎2. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni:

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari

Hisobot davrining yakuniy holatiga koʻra ishlayotganlar

‎‎Shundan ishga joylashtirilganlar

hisobot chorakda

yil boshidan‎

Jami:‎
Shu jumladan:‎
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar‎
Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar‎
Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
Nogironlar‎

Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar

Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar‎

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari

Решение
хокима Касби‎нского района Кашкадарьинской области
О резервировании рабочих мест на 2013 год для трудоустройства лиц, нуждающихся в социальной защите и испытывающих затруднения в поиске работы
Хоким Ф. ШАРИПОВ
Касби‎нского р.,
20 сентября 2012 г.,
№ Х-765/9