Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 20.03.2012 yildagi 288-Q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Samarqand shahar xokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShAHAR HUDUDIDA TRANSPORT VOSITALARINING MAJBURIY TEXNIK KOʻRIGINI TAShKIL ETISh HAMDA UNI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi” toʻgʻrisidagi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining 2003-yil 19-fevral kunidagi 56-sonli buyrugʻiga asosan transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi, transport vositalari sonini, tegishliligini, roʻyxatdan oʻtkazilganliligini, yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar, jinoyatlarning oldini olish, aniqlash hamda barham berish maqsadida shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining 2012-yil 14-yanvardagi 12/1-21-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi, mudofaa ishlari boʻlimi hamda “Samarqandtrans markazi” bilan hamkorlikda shahardagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar ilovaga asosan barcha avtotransport vositalarini va tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkchilik shakli va sigʻimidan qatʼiy nazar, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-martdan 31-oktyabrgacha oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart 30-iyungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvardan 31- avgustgacha tasdiqlangan jadval asosida oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Samarqand shahar hududidagi transport vositalari va boshqa oʻzi yurar mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligi davlat majburiy sugʻurta toʻlovlarini nazorat qilish shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (A.Raximov) hamda shaharda faoliyat koʻrsatayotgan sugʻurta idoralari rahbarlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 54-sonli qarorining 3-qismi talablaridan kelib chiqib, shahar Mudofaa ishlari boʻlimi, shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi xamda Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalarini majburiy texnik koʻriklari uz yuqori tashkilotlarini koʻrsatmasiga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi shahardagi ommaviy axborot vositalari orqali transport vositalarining barcha egalariga, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarga majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yetkazishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari oʻtkazilishini xamda “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik” va “Samarqand” roʻznomalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maqolalar chop etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari S. Saloxiddinov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B.S. SADULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-Q-son