Navoiy viloyati hokimining
Qarori
NOTURAR JOY BINO VA INShOOTLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN ENG KAM MIQDORDAGI IJARA HAQI STAVKALARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini koʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan majlisdagi maʼruzasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-yanvarda 869-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini budjet tashkilotlari tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan qaror qilaman:
1. Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulki hisobidagi noturar joy bino va inshootlarni ijaraga berish uchun qoʻllaniladigan eng kam miqdordagi ijara haqi stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur ijara haqi stavkalari noturar joy bino va inshootlar boʻyicha shartnoma qiymatini belgilashda boshlangʻich narx sifatida foydalanilishi koʻrsatib oʻtilsin.
3. Budjet tashkilotlari vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulki hisobidagi noturar joy bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi mahalliy budjetga, 50 foizi budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondiga yoʻnaltirilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ijara haqidan toʻlanadigan toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha budjet tashkilotlari rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
5. Viloyat Davlat mulkini boshqarish hamda Statistika boshqarmalari budjet tashkilotlarining boʻsh turgan noturar joy bino va inshootlarini muntazam ravishda xatlovdan oʻtkazib, ularni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilishini hamda ijara shartnomalarini tayyorlash, ijara munosabatlariga doir konsalting xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etsin.
6. Viloyat Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi noturar joy bino va inshootlarni ijara shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va yagona reyestr asosida hisobi yuritilishini taʼminlasin.
7. Viloyat Moliya boshqarmasi budjet tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulki hisobidagi noturar joy bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan mablagʻlarni mahalliy budjet va budjet tashkilotlarining rivojlantirish fondiga oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda muntazam ravishda viloyat hokimligiga axborot berib borsin.
8. Viloyat hokimining 1999-yil 7-oktabrdagi 338-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Samadov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. TURDIMOV
Navoiy sh.,
2009-yil 6-aprel,
85-Q-son
Viloyat hokimining 2009-yil 6-apreldagi 85-q-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulki hisobidagi noturarjoy bino va inshootlarni ijaraga berish uchun qoʻllaniladigan eng kam miqdordagi ijara haqi
stavkalari
| T/R |
Faoliyatning turi va binolardan foydalanish boʻyicha korxona va tashkilotlarning nomi |
Eng kam oylik ish haqiga nisbatan (koeffitsiyentda) yillik ijara haqi stavkalari (1 m.kv maydon uchun) |
| 1 | Navoiy viloyati hokimligi, shahar va tuman hokimliklari | Vaqtincha ozod etilgan |
| 2 | Davlat budjetidan toʻla taʼminlanadigan tashkilot, korxona va muassasalar | 0,03 |
| 3 | Kutubxonalar, madaniyat uylari, musiqa maktablari va klublar (pulliklardan tashqari) | Vaqtincha ozod etilgan |
| 4 | Maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalari (pulliklardan tashqari) | 0,03 |
| 5 | Rassomlar va haykaltaroshlarning ijodiy ustaxonasi | 0,03 |
| 6 | Ichki ishlar, mudofaa, milliy xavfsizlik xizmati* boshqarmalari, sudlar, prokuratura organlari, adliya idoralari | Vaqtincha ozod etilgan |
| 7 | Advokatura (pulliklardan tashqari) | 0,2 |
| 8 | Kasalxonalar, shifoxonalar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar | 0,08 |
| 9 | Koʻzi ojizlar jamiyatiga qarashli korxonalar | Vaqtincha ozod etilgan |
| 10 | “Navoiykitobsavdo” doʻkonlari | 0,02 |
| 11 | Jamoat tashkilotlari: | |
| |
Mahalla qoʻmitalari | Vaqtincha ozod etilgan |
| Mehr-shafqat jamoat tashkilotlari |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| “Qizil yarim oy” jamiyati |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| Ekologiya fondlari |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| “Sogʻlom avlod uchun” fondi |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| “Ulugʻ vatan urushi qatnashchilari” fondi |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| Nogironlar jamiyati (pulliklardan tashqari) |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| “Baynalminal-jangchilar” qoʻmitasi |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| “Navoiy viloyati Chernobilchilari” qoʻmitasi |
Vaqtincha ozod etilgan | |
| 12 | Savdo doʻkonlari va doʻkonlar (shu jumladan savdo idorasi uchun foydalaniladigan inshootlar) Non mahsulotlari bilan savdo qiladigan doʻkonlar va boʻlimlar |
0,35 0,15 |
| 13 | Aholiga maishiy xizmat koʻrsatadigan korxonalar | 0,2 |
| 14 | Inshootlardan ofis tariqasida foydalanadigan qoʻshma korxonalar, kichik korxonalar, firmalar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, aksionerlik va xususiy korxonalar, tashkilotlar Inshootlarni xizmat doirasida ishlatayotgan davlat korxonalari |
0,35 0,14 |
| 15 | Inshootdan aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilayotgan korxona, tashkilot va muassasalar (mulk turidan qatʼi nazar) Korxonaning ishlab chiqarish sexlari | 0,12 0,05 |
| 16 | Umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, barlar, kafelar va boshqalar | 0,23 |
| 17 | Videosalon, ijaraga video, audio va kompakt disklarni ijaraga berish punkti | 0.76 |
| 18 | Bank muassasalari (davlat tijorat banklari) Tijorat va jamgʻarma banklari |
0,23 0,38 |
| 19 | Aloqa korxonalari: • Tijorat • Aloqa boʻlimlari |
0,27 0,06 |
| 20 | Ombor tariqasida foydalaniladigan inshootlar | 0,23 |
| 21 | Garaj tariqasida foydalaniladigan inshootlar | 0,06 |
| 22 | Dorixonalar, optika va tibbiyot doʻkonlari (tegishli guvohnomasi boʻlgan holda) | 0,24 |
| 23 | Pullik poliklinikalar (tegishli guvohnomasi boʻlgan holda) | 0,14 |
| 24 | Yotoq xonalar | 0,03 |
| 25 | Sport va sogʻlomlashtirish komplekslari | 0,09 |
| 26 | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim oʻquv yurtlari | 0,05 |
| 27 | Oʻyin avtomatlari va bilyardlar uchun foydalaniladigan inshootlar | 0,16 |
| 28 | Mehmonxonalar | 0,15 |
| 29 | Har-xil bino va inshootlar (viloyat hokimi qarorida koʻrsatilmagan): • Ishlab chiqarish yoʻnalishida • Tijorat yoʻnalishida • Boshqa yoʻnalishlarda |
0,05 0,38 0,14 |
*Izoh:
a) noturar joy bino va inshootlarga nisbatan qoʻllaniladigan ijara haqi miqdoriga bino, inshootning ekspluatatsion va kommunal xizmatlari xarajatlari kiritilmaydi.
Ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga (mulk egasiga) bino, inshootning ekspluatatsion va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-yanvarda 869-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Vaqtincha foydalanilmayotgan davlat mulkini budjet tashkilotlari tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
b) eng kam miqdordagi oylik maoshining oʻzgarishi bilan ijara haqi miqdori oʻz-oʻzidan oʻzgaradi.
v) ijaraga olingan binolarning ijara haqi summasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan toʻlanadigan qoʻshimcha qiymat va yer soligʻi kiritilmagan.
g) koʻrsatilgan ijara haqi miqdoriga yuqori koeffitsiyentlarning 1,2 dan 2,0 gacha miqdorda qoʻllanilishi binoning qayerda joylashganligi, ijaraga beriladigan vaqtidagi holati, qurilish holati, savdo maqsadida ishlatilishi uchun qulayligiga bogʻliq boʻladi.