22.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2430
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.02.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2430]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 10-modda) muvofiq, shuningdek futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishda jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir T. KUZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-son

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 22-fevraldagi 162-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 15-son “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 10-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sport inshootlarida futbol boʻyicha sport musobaqalari va tomosha tadbirlarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Sport inshootiga kirish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport inshootiga kirish vaqtida tomoshabinlar (muxlislar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiptaga asosan sport inshootiga kirish va joylashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshooti hududida joylashgan saqlash kameralari, bufet, kafe hamda tashkilotchilar va sport inshooti maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan boshqa xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plastik surnaylar, dastasi plastikdan boʻlgan bayroqchalar, dastasi yoʻq bayroqlar, fotoapparatlar, mobil telefonlarni sport inshootiga olib kirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muxlislarning guruhlariga sport inshootiga ichi kavak (teleskopik) dastali bayroqlarni va barabanlarni olib kelishga ruxsat etiladi. Bunda bayroqning maksimal hajmi – 1 x 2 m, dastasining maksimal uzunligi – 1,2 m boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muxlislarning guruhlari sport inshooti maʼmuriyati va huquqni muhofaza qilish organlarining masʼul xodimlari bilan kelishgan holda katta futbolka va bayroqlarni boʻsh sektorlar va yugurish yoʻlakchalariga joylashtirish, toʻsiqlarga banner-transparantlarni osib qoʻyishlari mumkin. Katta futbolka, bayroqlar, banner-transparantlarda haqoratli yozuvlar, shuningdek qonun hujjatlari talablariga zid boshqa yozuvlar boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomoshabinlar (muxlislar):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootiga kirish jarayonida maxsus nazoratdan (tekshiruvdan) oʻtish vaqtini hisobga olgan holda sport inshootiga tadbir boshlangunga qadar kelishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshooti maʼmuriyati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga chiptalar, taklifnomalar yoki tadbirga kirish huquqini beradigan ruxsatnomalarni koʻrsatishga hamda ularning xavfsizlik va tartibni saqlash boʻyicha qonuniy talablarini bajarishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomoshabinlar (muxlislar) sport inshootiga kirish chogʻida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan maxsus nazoratdan (tekshiruvdan) oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomoshabinlarga (muxlislarga) quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mast holda sport inshootiga kirish, spirtli ichimliklarni olib kelish, tamaki mahsulotlarini yoki boshqa mast qiluvchi vositalarni sport inshooti hududida isteʼmol qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi bilan oʻq otar qurol, tez oʻt oladigan, portlovchi, zaharli, pirotexnik, oʻtkir hidli moddalarni, sanchadigan yoki kesadigan predmetlar, chemodanlar, portfellar, katta oʻlchamdagi oʻramlar va sumkalar, shisha idishlarni, shuningdek boshqa tomoshabinlarga va tadbir oʻtkazishga beruvchi boshqa buyumlarni olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuz yoki tananing boshqa qismlarini boʻyash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirga jonivorlar bilan kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻashga qaratilgan, tadbir ishtirokchilari va boshqa tomoshabinlarni haqorat qiladigan belgi yoki timsol va yozuvlarni olib yurish yoki ochiq namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi hayqiriqlar yoki harakatlar qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar mehmon jamoa muxlislarining joyi uchrashuvni qabul qilayotgan jamoa muxlislari tarafida boʻlsa, sport inshooti maʼmuriyati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uchrashuvni qabul qilayotgan jamoa muxlislaridan mehmon jamoa muxlislari uchun moʻljallangan sektorga oʻtishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlar (muxlislar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay ob-havo sharoitida jamoani turgan holda qoʻllab-quvvatlashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foto va videosʼyomkani amalga oshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyin vaqtida jamoani faol va uyushgan holda qoʻllab-quvvatlashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllab-quvvatlovchi shior va chaqiriqlardan foydalanishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol va uning natijasi bilan bogʻliq axborot olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlar (muxlislar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibi va axloq normalariga rioya etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootining jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa jamoalarning muxlislariga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqalarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishlari, atrofdagilarga xavf soladigan harakatlarni sodir etmasliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali predmetlar va buyumlarni koʻrganda, shuningdek tutun yoki yongʻin sodir boʻlganda zudlik bilan sport inshooti maʼmuriyati yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga xabar berishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tartibni saqlashga masʼul boʻlgan shaxslar koʻrsatmasiga asosan harakat qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ramzlariga, shuningdek Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi, klublar va jamoalarning ramzlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlarga (muxlislarga) quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli buyumlarni futbol maydoniga, futbol musobaqasi ishtirokchilariga qarab uloqtirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashʼala yoki gulxanlar yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol maydoniga chiqish, jamoalar, hakamlar, murabbiylar va zaxira oʻyinchilar joylashgan joyga, doping nazorati xonasiga, rasmiy shaxslar uchun moʻljallangan xona va VIP-lojaga yoki stadionning boshqa maxsus xonalariga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtish joylarida, zinalarda yoki lyuklarda turish, ishtirokchilar va tomoshabinlarning (muxlislarning) harakatlariga xalal berish, oʻrindiq ustiga chiqib olish, toʻsiq va panjaralarga osilish, yoritish qurilmalariga, machtalar, qimirlamaydigan konstruksiyalarga chiqish, sport inshooti mulkiga zarar yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Futbol boʻyicha sport musobaqalari yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Futbol boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muxlislar) sport inshootidan chiqib ketish tartibi toʻgʻrisida axborot olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Futbol boʻyicha sport tadbiri yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muxlislar) belgilangan tartibga rioya qilgan holda sport inshootini tark etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Futbol boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muxlislar)ga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshooti yoki klub maʼmuriyati vakilisiz maydonga chiqish, shuningdek sportchilarning kiyim almashtirish xonalariga, hakamlarning hamda boshqa xizmat koʻrsatish xonalariga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxslarning mulkiga zarar yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbolchilar, murabbiylar yoki tomoshabinlarga, shuningdek ularning transport vositalariga buyumlar uloqtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etmagan yoki unga boʻysunishdan bosh tortgan shaxslar sport inshootiga qoʻyilmaydi yoki chiptaning haqi toʻlab berilmasdan musobaqadan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-fevral

Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti M. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 21-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 113-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)