Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2426]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-yanvar,
2/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/9-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar
Roʻyxati
Roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 14-sentabrdagi 21-A/2-son “Kredit uyushmalari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1179, 2002-yil 7-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 19-son);
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 14-martdagi 6/4-son “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1944, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 216-modda);
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/6-son “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda);
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/6-son “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2084-1, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 214-modda);
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/3-son “Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2208, 2011-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 110-modda);
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-apreldagi 10/9-son “Kredit uyushmalarining aktivlarini tasniflash, aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2227, 2011-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 196-modda);
7.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/6-son “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2234, 2011-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 245-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 97-modda)