29.01.2013 yildagi PQ-1913-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga noqonuniy olib kirilgan va qalbakilashtirilgan tovarlarni sotishga qarshi kurashni tashqi savdo faoliyatini tartibga solishning xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan usullarini qoʻllash asosida yanada kuchaytirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ichki va tashqi bozorlarda raqobatdoshli boʻlgan, yuqori sifatli isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda import boʻyicha olib kirilayotgan isteʼmol tovarlari roʻyxati va nomenklaturasini tanqidiy koʻrib chiqib, qabul qilingan maqsadli dasturlar doirasida mamlakatimiz korxonalari tomonidan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish koʻlamlari va assortimentini kengaytirishni nazarda tutgan holda, bunday tovarlarni olib kirish hajmi va roʻyxatini keskin qisqartish boʻyicha 1-martgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga maxsus nazorat identifikatsiya belgilari qoʻyilgan isteʼmol tovarlari roʻyxatini qoʻshimcha ravishda kengaytirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirayotgan yoki tranzitini amalga oshirayotgan yuk tashuvchilar chegarani kesib oʻtgan joyidagi bojxona organlariga oʻtkazilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni, shu jumladan ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati, shuningdek Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq ularning kodlari haqidagi maʼlumotni taqdim etishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq respublikaga olib kiriladigan oziq-ovqat tovarlari, shaxsiy gigiyena buyumlari va boshqa isteʼmol tovarlarida ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qoʻyilgan davlat tilidagi tovar markirovkasi boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2013-yilning 1-aprelidan boshlab importyorlar-tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun eksport yuk bojxona deklaratsiyasini majburiy ravishda taqdim etish tartibi joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi avtomobil va temir yoʻl transportida tashiladigan yuklarni puxta bojxona tekshiruvidan oʻtkazishni hamda respublika hududiga tovarlar va qalbakilashtirilgan mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga chek qoʻyishni taʼminlagan holda bojxona chegarasi orqali isteʼmol tovarlari olib kirilishi ustidan bojxona nazoratini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona postlarining rahbarlari ogohlantirib qoʻyilsinki, kelgusida respublika hududiga tovarlarni noqonuniy olib kirish faktlari aniqlangan hollarda ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarning legallashtirilishiga qarshi kurashish departamenti Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qalbakilashtirilgan va noqonuniy olib kirilgan tovarlarning chakana savdoda sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni noqonuniy olib kirish hamda qalbakilashtirilgan va noqonuniy olib kirilgan mahsulotlarni sotish faktlari aniqlangan taqdirda huquqbuzarlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda taqdimnomalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2013-yil 1-martdan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, shuningdek hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalarini oʻtkazish doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari yarmarkalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi zimmasiga Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, shuningdek hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan isteʼmol mahsulotlari yetkazib berish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, shuningdek hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan vatanimizda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini xarid qilish barcha mahalliy isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha tender savdolarini oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda mamlakatimizning isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalarida ISO — 9001 standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafiklarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun 2013-yil 1-martgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1913-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 85-modda ; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 06/17/5223/0198-son; 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)