Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Statistika ishlarini tashkil etishni boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, davlat statistika organlariga axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishni va tizimlarning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimini tugatib, raisning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining 1-ilovaga muvofiq yangi tuzilmasi tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-fevral,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 2-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 86-modda)