Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018 30.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2419
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018
Hujjat 01.12.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2419]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 14-iyundagi 01-02/12-47-sonli “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2419-3, 05.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-10-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq davriy bojxona deklaratsiyasidan foydalangan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi oʻrinlarda – import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayni bir xil tovar — kelib chiqish mamlakati, jismoniy xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) boʻyicha 10 belgili muayyan kodi bir xil boʻlgan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir shaxs tomonidan doimiy olib oʻtish — bojxona chegarasi orqali bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida, bir xil shartlarda, bir yuk joʻnatuvchidan bir yuk qabul qiluvchiga ayni bir xil tovarlarni 60 (oltmish) kalendar kun mobaynida bir martadan koʻp olib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar partiyasi — transport qoidalariga muvofiq bitta transport hujjati (yukxat, konosament va hk.) boʻyicha bir yuk qabul qiluvchiga joʻnatiladigan tovarlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davriy bojxona deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda – DBD deb yuritiladi) ayni bir xil tovarlarni import bojxona rejimida bir shaxs tomonidan doimiy olib oʻtishda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) litsenziyalar boʻyicha import qilinadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno).
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-1, 24.11.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 48-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deklarantda bojxona toʻlovlaridan qarzdorlik va ular boʻyicha penyalar, ushbu toʻlovlar boʻyicha kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imtiyozi berilganligi uchun foizlar hamda bojxona qoidalarini buzganligi uchun jarimalar mavjud boʻlgan holatlarda davriy bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarlarning davriy bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda DBD rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda – BYuD deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davriy bojxona rasmiylashtiruvida transport va tovar kuzatuv hujjatlari deklarant tomonidan bojxona postiga DBDda koʻrsatilgan har bir tovarlar partiyasi uchun bojxona koʻrigi boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. DBDda rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan partiyasi DBD rasmiylashtirilgan bojxona postiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DBDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davriy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun DBD bilan birga bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruv davomida taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar deklarant tomonidan bojxona postiga tovarlarning dastlabki partiyasini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish paytida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron koʻrinishda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. DBD olib kelingan dastlabki tovarlar partiyasining shartnomada koʻrsatilgan umumiy miqdoriga BYuD blanklarida yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda DBDda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdori uchun bojxona toʻlovlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DBDda koʻrsatilgan tovarlarning har bir partiyasi import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxsning toʻla ixtiyoriga berilishi ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi. Kelgusida har bir tovarlar partiyasining nazorati va hisobini yuritish uchun bojxona koʻrigi dalolatnomasi, transport va tovar kuzatuv hujjatlarining nusxalari, tegishli sertifikatlar (sertifikatlanishi majburiy boʻlgan tovarlar uchun) va ruxsatnomalar bojxona posti yigʻma jildida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovarlarni bojxona koʻrigini amalga oshiruvchi bojxona postining mansabdor shaxsi DBDning 1 va 6-asl nusxalarining orqa qismida DBD boʻyicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona koʻrigi dalolatnomasi tartib raqami boʻyicha maʼlumotlarni qayd etib boradi. Mazkur yozuv bojxona posti mansabdor shaxsining shaxsiy raqamli muhri va bojxona postining tegishli shtampi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. DBD import bojxona rejimiga asosan BYuDni toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) DBDning 1-ustuni birinchi qismida “PE” harfli belgi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 44-ustunida 8-raqam bilan “Tovarlar KK.OO.YYgacha taqdim etiladi” degan qoʻshimcha yozuv yoziladi, bunda KK.OO.YY – (kun, oy va yilning oxirgi ikki raqami) tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona postiga taqdim etishning oxirgi sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 50-ustunda “Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgarlik ...” degan soʻzlardan keyin “BYuDni “20__” yil “___”_______gacha taqdim etish majburiyatini olaman” degan soʻzlar bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DBDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. DBDda koʻrsatilgan muddat tugagunga qadar deklarant tomonidan toʻliq BYuD taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toʻliq BYuDni taqdim etish muddati DBD rasmiylashtirilgan sanadan 60 (oltmish) kalendar kunidan oshmasligi lozim. DBD rasmiylashtirgan bojxona posti toʻliq BYuDni taqdim etish muddatini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Olib kirilayotgan tovarlarning umumiy miqdori DBDda koʻrsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona toʻlovlari summasini hisoblashda, toʻliq BYuDda DBD qabul qilingan kunda amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kursi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi DBDda koʻrsatilgan toʻlovlar summasidan ortadigan boʻlsa ular qoʻshimcha toʻlanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi oʻrtadagi farqni toʻlovchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi yoki toʻlovchining xohishiga koʻra uni keyingi toʻlovlar hisobiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻliq BYuD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBDda koʻrsatilmagan tovarlar kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan tovarlar partiyasi olib kirilganda dastlabki tovarlar partiyasini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda koʻrsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tovarlar partiyasini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlarni qolgan partiya tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarda yangi BYuD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 92-moddasida belgilangan 15 kunlik muddat ichida taqdim etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda quyidagi xususiyatlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) BYuDga aynan DBDga berilgan tartib raqam qoʻyiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) BYuDning 44-ustunida 8-raqam bilan “PE dan keyingi deklaratsiyalash” degan soʻzlar yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toʻliq BYuDning “D” ustunida bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarni haqiqatda rasmiylashtirilgan sanasi qoʻshimcha yoziladi (DBDda koʻrsatilgan tovarlarning oxirgi partiyasining rasmiylashtiruv sanasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 64-modda; 2014-y., 48-son, 574-modda; 2016-y., 14-son, 138-modda)