Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018 30.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2419
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2419]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 14-iyundagi 01-02/12-47-sonli “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2419-3, 05.07.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-10-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq davriy bojxona deklaratsiyasidan foydalangan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi o‘rinlarda – import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil tovarlar — ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha tovar kodining o‘nta belgili darajasi bir xil bo‘lgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib o‘tish — bir xil tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko‘p marta bitta yuk jo‘natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o‘tilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo‘yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo‘natilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo‘l yukida va bagajida olib o‘tilayotgan tovar yoki uning bir qismi.
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davriy bojxona deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DBD deb yuritiladi) bir xil tovarlarni import bojxona rejimida ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib o‘tishda rasmiylashtiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) litsenziyalar bo‘yicha import qilinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno).
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-25-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-1, 24.11.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 48-son, 574-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deklarantda bojxona to‘lovlaridan qarzdorlik va ular bo‘yicha penyalar, ushbu to‘lovlar bo‘yicha kechiktirib va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imtiyozi berilganligi uchun foizlar hamda bojxona qoidalarini buzganligi uchun jarimalar mavjud bo‘lgan holatlarda davriy bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarlarning davriy bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda DBD rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda – BYuD deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davriy bojxona rasmiylashtiruvida transport va tovar kuzatuv hujjatlari deklarant tomonidan bojxona postiga DBDda ko‘rsatilgan har bir tovarlar turkumi uchun bojxona ko‘rigi boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. DBDda rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan turkumi DBD rasmiylashtirilgan bojxona postiga taqdim etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DBDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davriy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun DBD bilan birga bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruv davomida taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar deklarant tomonidan bojxona postiga tovarlarning dastlabki turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish paytida taqdim etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron ko‘rinishda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. DBD olib kelingan dastlabki tovarlar turkumining shartnomada ko‘rsatilgan umumiy miqdoriga BYuD blanklarida yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning to‘liq miqdori uchun bojxona to‘lovlari to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning har bir turkumi import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning to‘la ixtiyoriga berilishi ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Kelgusida har bir tovarlar turkumining nazorati va hisobini yuritish uchun bojxona ko‘rigi dalolatnomasi, transport va tovar kuzatuv hujjatlarining nusxalari, tegishli sertifikatlar (sertifikatlanishi majburiy bo‘lgan tovarlar uchun) va ruxsatnomalar bojxona posti yig‘ma jildida saqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovarlarni bojxona ko‘rigini amalga oshiruvchi bojxona postining mansabdor shaxsi DBDning 1 va 4-nusxalarining orqa qismida DBD bo‘yicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona ko‘rigi dalolatnomasi tartib raqami bo‘yicha ma’lumotlarni qayd etib boradi. Mazkur yozuv bojxona posti mansabdor shaxsining shaxsiy raqamli muhri va bojxona postining tegishli shtampi bilan tasdiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. DBD import bojxona rejimiga asosan BYuDni to‘ldirish tartibiga muvofiq, quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) DBDning 1-ustuni birinchi qismida “PE” harfli belgi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 44-ustunida 8-raqam bilan “Tovarlar KK.OO.YYgacha taqdim etiladi” degan qo‘shimcha yozuv yoziladi, bunda KK.OO.YY – (kun, oy va yilning oxirgi ikki raqami) tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona postiga taqdim etishning oxirgi sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 50-ustunda “Taqdim etilgan ma’lumotlar uchun javobgarlik ...” degan so‘zlardan keyin “BYuDni “20__” yil “___”_______gacha taqdim etish majburiyatini olaman” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DBDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. DBDda ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar deklarant tomonidan to‘liq BYuD taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. To‘liq BYuDni taqdim etish muddati DBD rasmiylashtirilgan sanadan 60 (oltmish) kalendar kunidan oshmasligi lozim. DBD rasmiylashtirgan bojxona posti to‘liq BYuDni taqdim etish muddatini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Olib kirilayotgan tovarlarning umumiy miqdori DBDda ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona to‘lovlari summasini hisoblashda, to‘liq BYuDda DBD qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan bojxona to‘lovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kursi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona to‘lovlari summasi DBDda ko‘rsatilgan to‘lovlar summasidan ortadigan bo‘lsa ular qo‘shimcha to‘lanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi o‘rtadagi farqni to‘lovchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi yoki to‘lovchining xohishiga ko‘ra uni keyingi to‘lovlar hisobiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. To‘liq BYuD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBDda ko‘rsatilmagan tovarlar kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan tovarlar turkumi olib kirilganda dastlabki tovarlar turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ko‘rsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tovarlar turkumini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlarni qolgan turkum tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda.
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarda yangi BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kunlik muddat ichida taqdim etilishi shart.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. To‘liq BYuDni rasmiylashtirishda quyidagi xususiyatlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) BYuDga aynan DBDga berilgan tartib raqam qo‘yiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) BYuDning 44-ustunida 8-raqam bilan “PE dan keyingi deklaratsiyalash” degan so‘zlar yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. To‘liq BYuDning “D” ustunida bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarni haqiqatda rasmiylashtirilgan sanasi qo‘shimcha yoziladi (DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning oxirgi turkumining rasmiylashtiruv sanasi).
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 64-modda; 2014-y., 48-son, 574-modda; 2016-y., 14-son, 138-modda)