Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017 24.01.2013 yildagi PQ-1910-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017
Hujjat 10.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash hamda chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga solish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari — yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshirish taqiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida, belgilangan xodimlar soni doirasida, Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha 9 nafar xodimdan iborat maxsus boshqarma hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boʻlimlari tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblarni olib borish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi monitoringini amalga oshirish va nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, shuningdek, belgilangan tartibda chek va talonlarni berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga muvofiq oʻtkazish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda valyuta jinoyatlari va huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va chek qoʻyish, shu jumladan, nazorat xaridi mexanizmi vositasi orqali aniqlash, aniqlangan qoidabuzarlik faktlari boʻyicha materiallarni jinoyat turiga qarab qonunni muhofaza qilish organlariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar va xizmatlar uchun naqd xorijiy valyutada hisob-kitob qilish boʻyicha aniqlangan jinoyatlar va huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik masalalari boʻyicha aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida keng tushuntirish, profilaktika ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarining, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari 2, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 24 -ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha maxsus boshqarma xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tartibi va shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddat ichida Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boʻyicha maxsus boshqarmasi nizomini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Maxsus boshqarma va uning hududiy boʻlimlarini yuqori malakali kadrlar va zarur moddiy-texnika bazasi bilan butlashni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazorat qilish boʻyicha qonun hujjatlari talablarining ijrosini taʼminlash chora-tadbirlarini oʻtkazishda davlat soliq xizmati organlariga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutadigan oʻzgartishlar kiritish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1910-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi PQ-1910-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-sonli qarorining 4 va 4a-ilovalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarorining 1-ilovasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 44-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda)