Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida
“Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimni (Moskva, 2011-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-307-son Qonunini bajarish yuzasidan hamda koʻrsatib oʻtilgan Bitim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan bajarilishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimning amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga amalda maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib hamda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari bilan kelishgan holda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi faoliyatining tegishli qismi boʻyicha, shuningdek Yalpi majlislarda va Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi doirasida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini shakllantirishda ularning vakillarini ekspert sifatida jalb qilishga ruxsat etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining budjetiga Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi ulushini toʻlash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining Yalpi majlislarda va Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi doirasida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda, shu jumladan videokonferensiyalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda mablagʻlarni nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-yanvar,
16-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 4-son, 47-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)