Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
DAVLAT CHEGARALARIDAN OʻTKAZISH PUNKTLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida 2000-yil 16-mayda Dushanbe shahrida imzolangan Bitimni rivojlantirib,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida aloqalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida,
Oʻzbekiston—Tojikiston davlat chegaralaridan fuqarolar, transport vositalari, yuk, tovar, hayvonlar va boshqa mulkni oʻtkazish tartibini takomillashtirish zarurligiga asoslanib,
noqonuniy migratsiya, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar kontrabandasini fosh qilish hamda oldini olish, shuningdek epidemiya va epizootiyaning tarqalishini bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlarni birgalikda va oʻz vaqtida olib borish zarurligini tan olib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Oʻzbekiston—Tojikiston davlat chegarasi orqali shaxslar va transport vositalarining kesib oʻtishi, shuningdek yuk, tovar, hayvonlar hamda boshqa mulkning harakatlanishi uchun Tomonlar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan Ilovasi koʻzda tutilgan davlat chegarasi orqali xalqaro va ikki tomonlama oʻtish punktlarini (bundan keyin — oʻtkazish punktlari deb ataladi) belgilaydilar.
Tomonlar davlatlarning milliy qonunchiliklariga muvofiq Tomonlar davlatlari fuqarolarining yengillashtirilgan oʻtkazish punktlari belgilanishi mumkin.
Xalqaro oʻtkazish punktlari shaxslar, transport vositalari, tovarlar, yuk, hayvonlar va boshqa mulkning oʻtishini amalga oshiradi.
Ikki tomonlama oʻtkazish punktlari Tomonlar davlatlarining fuqarolari, transport vositalari, tovarlar, yuk, hayvonlar va boshqa mulkning oʻtishini amalga oshiradi.
Yengillashtirilgan oʻtkazish punktlari Tomonlar davlatlari fuqarolarining Oʻzbekiston — Tojikiston davlat chegarasi orqali piyoda oʻtishini taʼminlaydi.
2- modda
Tomonlar davlatlarining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisida 2000-yil 16-mayda Dushanbe shahrida imzolangan Bitimda koʻzda tutilgan shartlar asosida amaldagi oʻtkazish hujjatlar boʻyicha ushbu Bitimda koʻzda tutilgan oʻtkazish punktlari orqali Tomonlar davlatlarining hududlaridan hududlariga kiradilar va chiqadilar.
3- modda
Oʻtkazish punktlarining ishi (ish tartibi) kechayu-kunduz yoxud Tomonlarning ahdlashuvlariga muvofiq ushbu Bitimning Ilovasiga koʻra kunning yorugʻ vaqtida amalga oshiriladi.
Ish tartibiga rioya qilish ustidan nazorat qilish, shuningdek fuqarolar, transport vositalari, tovarlar, yuklar, boshqa mulk va hayvonlarni oʻtkazish tartibi Tomonlar davlatlarining chegara va bojxona idoralarining kelishuvi boʻyicha belgilanadi.
4- modda.
Oʻtkazish punktlarida fuqarolar, transport vositalari, yuklar, tovarlar, hayvonlar va boshqa mulkni chegara, bojxona va zarur hollarda, boshqa turdagi nazorat qilish (bundan keyin — “nazorat” deb ataladi), Tomonlarning milliy qonunchiliklari hamda ular ishtirok etgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi
Zarur hollarda, Tomonlar birgalikdagi nazorat uchun shart-sharoitlarni yaratadilar.
Birgalikdagi nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibi Tomonlarning chegara hamda bojxona idoralari oʻrtasida alohida ahdlashuvlar orqali belgilanadi.
5- modda
Oʻtkazish punktlarining tegishli faoliyatini taʼminlash uchun Tomonlarning har biri oʻz davlatining hududida zarur infratuzilmani yaratadi.
6- modda
Oʻtkazish punktlarining (jumladan yengillashtirilganlari ham) yangilarini ochish, mavjud boʻlganlarini yopish yoki ularning maqomi va ish tartibini oʻzgartirishni Tomonlar diplomatik kanallar orqali kelishib oladilar va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
7- modda
Favqulodda holatlarda (epidemiya, epizootiya, tabiiy ofatlar va h.k.), Tomonlarning qarorlariga koʻra fuqarolar, transport vositalari, tovarlar, yuklar, hayvonlar va boshqa mulkning chegara orqali oʻtkazilishi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Bunda bunday choralarni qoʻllayotgan Tomon oldindan lekin 24 soatdan kechiktirmasdan boshqa Tomonni bunday choralar qoʻllangani toʻgʻrisida boshqa Tomonni xabardor qiladi.
8- modda
Ushbu Bitim Tomonlar ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalari boʻyicha huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
9- modda.
Tomonlarning oʻzaro roziliklariga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va alohida bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladi.
10- modda
Ushbu Bitimning qoidalarini qoʻllash va talqin qilish borasida bahs va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar ularni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qiladilar.
11- modda.
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarilganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va 5 yil davomida amal qiladi. Tomonlardan birontasi boshqa Tomonni ushbu Bitim faoliyatini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida navbatdagi besh yillik muddat tugashidan kamida 6 oy ilgari yozma xabarnoma yubormasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Toshkent shahrida 2002-yil 12-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadlarida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida Bitimga ILOVA
Davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari roʻyxati
| № | Tojikiston Respublikasi oʻtkazish punktlarining nomi | Tojikiston Respublika sida joylashgan hududi | Oʻzbekiston Respublikasi oʻtkazish punktlarining nomi | Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan hududi | Oʻtkazish punktlarining statusi | Rejim raboti |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 1 | AYVAJ avtomobil yoʻli |
Xatlon viloyati, Shoʻrtuz tumani |
GULBAHOR avtomobil yoʻli |
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 2 | BRATSTVO avtomobil yoʻli |
Tursunzoda tumani |
SARIOSIYE avtomobil yoʻli |
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 3 | FOTEHOBOD avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Matchon tumani |
OYBEK avtomobil yoʻli |
Toshkent viloyati, Bekobod tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 4 | PATAR avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Konibodom tumani |
ANDARXON avtomobil yoʻli |
Fargʻona viloyati, Beshariq tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 5 | SARAZM avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Penjikent tumani |
JARTEPA avtomobil yoʻli |
Samarqand viloyati, Urgut tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 6 | KONIBODOM temir yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Konibodom tumani |
ANDARXON temir yoʻli |
Fargʻona viloyati, Beshariq tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 7 | NOV temir yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Nov tumani |
BEKOBOD temir yoʻli |
Toshkent viloyati, Bekobod tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 8 | HOSHADI temir yoʻli |
Xatlon viloyati, Shoʻrtuz tumani |
AMUZANG temir yoʻli |
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 9 | PAXTAOBOD temir yuli |
Tursunzoda tumani |
UZUN temir yoʻli |
Surxondaryo viloyati, Denov tumani |
Xalqaro | Kechayu-kunduz |
| 10 | RAVOT avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Konibodom tumani |
RAVOT avtomobil yuli |
Fargʻona viloyati, Beshariq tumani |
Ikki taraflama | Kunning yorugʻ vaqti |
| 11 | XASHTYAK avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Nov tumani |
BEKOBOD avtomobil yoʻli |
Sirdaryo viloyati, Xovost tumani |
Ikki taraflama | Kunning yorugʻ vaqti |
| 12 | NAVBUNED avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Asht tumani |
POP avtomobil yoʻli |
Namangan viloyati, Pop tumani |
Ikki taraflama | Kunning yorugʻ vaqti |
| 13 | QUSHTEGIRMON avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Nov tumani |
PLOTINA avtomobil yoʻli |
Toshkent viloyati, Bekobod tumani |
Ikki taraflama* | Kunning yorugʻ vaqti |
| 14 | ZAFAROBOD avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Zafarobod tumani |
XOVOSTOBOD avtomobil yoʻli |
Sirdaryo viloyati, Xovost tumani |
Ikki taraflama | Kunning yorugʻ vaqti |
| 15 | XAVOTOGʻ avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Zafarobod tumani |
UCHTURGAN avtomobil yoʻli |
Jizzax viloyati, Zomin tumani |
Ikki taraflama | Kunning yorugʻ vaqti |
| 16 | URA-TEPA avtomobil yoʻli |
Soʻgʻd viloyati, Istaravshon tumani |
QUSHKENT avtomobil yoʻli |
Jizzax viloyati, Zomin tumani |
Ikki taraflama | Kunning yorugʻ vaqti |
*Ikkala davlatning transport vositalari, yuklar, tovarlar, hayvonlar va boshqa mulkni oʻtkazish sharti va tartibi Tomonlarning chegara va bojxona idoralari oʻrtasida ushbu Bitim kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida imzolangan alohida bayonnoma orqali belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.